O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


MAVZU: SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI


Download 0.78 Mb.
bet24/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

MAVZU: SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI.


Reja:

  1. So‘zlarning serqirraligi va tasniflarning xilma-xilligi.

  2. Leksemalarni ma'noviy, morfologik, sintaktik tabiatiga ko‘ra guruhlash.

  3. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida so‘z turkumlari va ularning tasnifi.

Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Leksemalarning serqirraligi, tasnif va uning mantiqiyligi, mustaqil ma`noli so‘zlar, bo‘sh ishora ma`noli so‘zlar, yordamchi ma`noli so‘zlar, o‘zgaruvchi leksemalar,o‘zgarmas leksemalar, so‘z - gaplar, muchalanuvchilik (gap bo‘lagi bo‘lib kelishi), sonlanish, darajalanish, tartiblanish, ajraluvchilik (gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmaslik ), sintaktik aloqa vositasi.
Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning xususiyati haqida bir oz to‘xtalib o‘tgan edik. So‘zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo‘lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi:
Bo‘g‘in soniga ko‘ra: bir bo‘g‘inli, ko‘p bo‘g‘inli.

  1. Fonemalar miqdoriga ko‘ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali...

  2. Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko‘ra.

  3. Tub-yasamaligiga ko‘ra:tub va yasama.

  4. Yasalish tipiga ko‘ra: diaxronik va sinxronik.

  5. Tuzilishiga ko‘ra: sodda, qo‘shma, juft, takroriy.

  6. Shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra: ma'nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma'noli so‘zlar va paronimlar.

  7. Qo‘llanishiga ko‘ra: aktiv va passiv.

  8. Onomasiologik–nominatsion xususiyatlariga ko‘ra; antroponim, toponim, zoonim...

  9. Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko‘ra: kitobiy, rasmiy, so‘zlashuv.

  10. Lug‘at tarkibidagi qatlamiga ko‘ra: o‘z va o‘zlashgan qatlam,

  11. chegaralangan va chegaralanmagan qatlam.

  12. Emotsional - ekspressiv jihatiga ko‘ra: emotsional - ekspressiv

  13. bo‘yoqdor va bo‘yoqsiz so‘zlar.

So‘zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko‘ra: narsa, buyum,
shaxs, mavjudotlarni atovchi so‘zlar; belgi, xususiyat, munosabat
ifodalovchi so‘zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so‘zlar; o‘rin-payt,
tarz-tus ma'nosini ifodalovchi so‘zlar va h.k.
Demak, so‘zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatlidir. So‘z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o‘rganilib, uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan.
So‘zlar ma'noviy belgisiga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
1. Mustaqil ma'noli so‘zlar:
a) mavjudotlarni atovchi so‘zlar - otlar;
b) belgi - xususiyatni atovchi so‘zlar – sifatlar;
v) harakat - holat ifodalovchi so‘zlar - fe'llar;
g) miqdorni ifodalovchi so‘zlar – sonlar;
d) o‘rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so‘zlar- ravishlar;
e) taqlidni ifodalovchi so‘zlar-taqlidiy so‘zlar.
2. Bo‘sh-ishora ma'noli so‘zlar-olmoshlar.
3. Yordamchi ma'noli so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi fe'llar. So‘zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil holda ma'no ifodalay olish qobiliyatiga ko‘ra belgilanadi.
O‘zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo‘rma-zo‘rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi so‘zlar "sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o‘rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son o‘rnida, balki fe'l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga:
- men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga;
- kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar;
- qanday, bunday, shunday kabi belgiga;
- buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga;
-shunday bo‘lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham kiradi.Ishora so‘zlarning ma'nosi matn ichida oydinlashadi.
Leksemalar morfologik tasnifga ko‘ra ikki tipga ajratiladi:
1. O‘zgaruvchi leksemalar.
2. O‘zgarmas leksemalar.
O‘zgaruvchi so‘zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o‘zgalovchi)ning qo‘shimchalarini qabul qila oladi. O‘zgarmas so‘zlar bunday qo‘shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko‘ra tasnifini quyidagicha beramiz:

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling