O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring


Download 0.78 Mb.
bet61/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

1-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring.
1. Ot sinonimlar berilgan qatorni toping.
A. odam-inson-kishi-kimsa-bashar
B. avval-ilgari-burun-oldin-qadim
C. hamma-barcha-bari-jami-butkul
D. uyatsiz-benomus-behayo-hayosiz
2. Qaysi qatordagi so‘zlar faqar ot turkumiga mansub?
A. kelma,o‘qima,tugma
B. gazlama,childirma,ko‘rsatma
C. yasama,qaynatma,to‘qima
D. yigirma,sekinlama,surma
3. Qaysi qatorda faqat otlar berilgan?
A. uchqun,to‘lqin,bilimdon,qalamdon
B. yong’in,toshqin,tuzdon,kuldon
C. tuyg’un,keskin,qumdon,xumdon
D. so‘lg’in,turg’un,suvdon
4.Qaysi javobda otga xos bo‘lgan sintaktik vazifa noto‘g’ri ko‘rsatilgan?
A. ega vazifasida keladi
B. kesim vazifasida qo‘llanadi
C. undalma vazifasida kelmaydi
D. to‘ldiruvchi vazifasida keladi
5.Ot qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar bilan birika olmaydi?
A. ot,sifat
B. olmosh
C. ravish,fe’l
D. ot mustaqil so‘z turkumlarining barchasi bilan birika oladi
6.Otlarning gaplarda bajaradigan vazifalari to‘g’ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A. undalma bo‘lib keladi
B. bosh bo‘lak vazifasini bajaradi
C. ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib ketadi
D. A,B,C javoblar to‘g’ri
7.Qaysi qatorda “oy”so‘zi ot turkumiga xos sintaktik vazifani bajargan?
A. Oy osmon dengizida suzib bormoqda.
B. Uydan oy yuzli qiz chiqib keldi.
C. Oy borib, omon kel,o‘g’lim!
D. Bva C javoblar to‘g’ri
8. Iste’dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil To‘xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she’rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar.
Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan hamda ularning nechtasi yasama hisoblanadi?
A. 5ta shaxs oti ishtirok etgan,ulardan 5tasi yasama
B. 3ta shaxs oti ishtirok etgan,ulardan 2tasi yasama
C. 5ta shaxs oti ishtirok etgan,ulardan 2tasi yasama
D. 8ta shaxs oti ishtirok etgan,ulardan 7tasi yasama

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling