O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: RAVISH, TAQLID SOʻZLAR, OLMOSH. Reja
- Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
- Payt ravishlari
- Holat ravishlari
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. 2. Замонавий ўзбек тили. Морфология. Дарслик.– Тошкент: Мумтоз сўз, 2008. 3. G‘iyosov S. Oʻzbek tilida subyektiv baho sifatlarining semik tahlili. // OʻTA, 1986. №2. 4. Abuzalova M., Toirova G. Hozirgi oʻzbek tili (Morfologiya). Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2019. MAVZU: RAVISH, TAQLID SOʻZLAR, OLMOSH. Reja: 1. Ravish va uning ma'noviy va grammatik (o‘zgarmaslik) belgisi. 2. Ravishlarning ma'noviy turlari va ularning so‘z yasash qo-liplari. 3.Taqlidlarning mustaqil so‘zlar tizimidagi o‘ziga xos ma'no, tarkib, qurilish va vazifa xususiyatlari. 4. Olmosh – boʻsh ishora ma’noli soʻz. Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar: Taqlidlar, taqlidlarning ma`nosi, taqlidlar ― mustaqil so‘z turkumi, ma`noviy g‘ayrioddiylik, taqlid so‘zlar orasida darajalanish, tovushga taqlid so‘zlar, harakat-holatga (ko‘rinishga) taqlidlar , taqlidlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, taqlidlarning sintaktik qo‘llanilishi, taqlid so‘zlar orasida ma`nodoshlik, shakldoshlik, ko‘pma’nolilik, tasviriy so‘zlarning leksik xususiyatlari. Olmosh, ”bo‘sh” ishora ma`noli so‘z, zamir (yashirin ma`noli) so‘zlar, kishilik olmoslari, ko‘rsatish olmoshlari, o‘zlik olmoshlari, so‘roq olmoshlari, gumon olmoshlari, bo‘lishsizlik olmoshlari, belgilash (jamlash) olmoshlari, kishilik olmoshlarida ko‘chma ma`no, ot-olmoshlar, olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari, olmoshlarda shaxs ma`nosi, olmoshlarda hurmat, miqdor, munosabat ma`nolari, olmoshlarning morfologik tabiati, olmoshning sintaktik xususiyatlari, olmoshdan yasalgan turkumlar Ravishlar tilshunoslikda hamisha muammo bo‘lib kelgan. Ravish so‘z turkumini Evropa tilshunosligi tarixida atroflicha o‘rgangan olim V.Vinogradov "mustaqil so‘zlarning hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘zlar ravish turkimiga yig‘ilgan " deb yozgan edi.1 Ravishlarning ma'no va fazifasi jihatidan ot, sifat, son, olmoshlarga yaqin turushi arab va Evropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g`arb tilshunoslari ravishlarni ma'no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa mustaqil so‘zlarning birortasiga xos bo‘lmagan belgi ― o‘zgarmaslik belgisi bilan ismlardan farqlaydilar. O‘zbek tili grammatik qurulishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan ko‘plab ilmiy adabiyot va dasrliklarda ravishlarning o‘zgarmaslik tabiatiga amal qilinmagan. Tilshunoslar ravishni ruscha "наречие" ning o‘zbekcha muqobili sifatida talqin qilganlar va natijada kecha, kunduz, tong, oqshom kabi payt otlari; barvaqt, kech kabi payt sifatlari; atrof, o‘rta, u yerda, bu yerda, old, orqa kabi o‘rin otlari; oz, mo‘l, butun, to‘la kabi miqdor sifatlari; keyin, past, baland, yuqori kabi o‘rin sifatlari ravish turkumiga kiritilgan. Bu esa ravishlarni o‘rganishda qator chigalliklarni yuzaga keltirgan. Ravishlar mustaqil ma'noli o‘zgarmas so‘zlardir. Ular belgini, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma'nolarini ifodalaydi va bu jihatdan ot, sifat, sonlarga yaqin turadi. Ammo ulardan farqli tomoni shundaki, so‘z o‘zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan birika olmaydi, otlar- lar ko‘plik qo‘shimchasi bilan, sifatlar -roq daraja qo‘shimchasi bilan erkin birika oladi. Chunonchi: tongda, oqshomda, kunduzlari, ko‘proq, ozroq, balandroq. Ayrim til birliklarida uchraydigan egalik, kelishik shakllari ravishning o‘zak qismida soddalashgan, ya'ni yaxlitlanib qolgan: birdan, zumdan, to‘satdan va boshqalar. Bu qo‘shimchalardan tashqari qadimgi davrlarda keng ishlatilgan -ra qo‘shimchasi (so‘ngra, uzra), -a qo‘shimchasi (qayta, ko‘tara), -in(-un) qo‘shimchasi (birin-ketin, ostin-ustun) ham so‘zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan. Ravish so‘z turkimini talqin qilishda uning o‘zgarmaslik xususiyatiga tayanish ushbu so‘z turkumi tarkibini belgilashda bo‘lgan qator qarama-qarshiliklarga nuqta qo‘ydi. Ilmiy adabiyotlarda eng, juda nihoyat (da), g‘oyat (da), lang, g‘irt kabi so‘zlar kuchaytiruv ravishlari deb ko‘rsatiladi.1 Bu shakllar sifatlar oldidan kelib belgi ma'nosini kuchaytirishga (juda chiroyli, benihoya keng) va pasaytirishga (sal tor, xiyol keng) xizmat qiladi. Keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu elementlarning ravish bo‘lolmasligini, ularning ravish kabi mustaqil lug‘aviy ma'noga ega emasligini ta'kidlab, ushbu shakllarni kuchaytiruv yuklamalari tarkibiga kiritishni ma'qul ko‘radilar. Ravishlarning holat, miqdor-daraja, o‘rin, payt ravishlari kabi to‘rt asosiy ma'noviy guruhi bor. 1.Payt ravishlari ish-harakatning vaqtini, muddatini bildiradi: endi, saharlab, hali, doim, boya, indin va sh. k. Payt ravishlari gapda, ko‘pincha hol, ba'zan kesim vazifasida keladi: Bugun erta turib tongni ko‘rdim… (Uyg‘un.) 2.O‘rin ravishlari ish-harakatining yuzaga chiqish o‘rnini ifodalaydi: olg‘a, uzra. Yuqorida aytilganidek, o‘rin ravishlarini o‘rin ma'nosini ifodalaydigan otlardan farqlamoq kerak, chunki atrof, o‘rta, uchkari, tashqari, o‘ng, chap kabi o‘rin otlari morfologik jihatdan o‘zgara oladi. O‘rin ravishlari esa o‘zgarmas. Chunonchi, atrofimiz, o‘rtada, ichkarida, o‘ngdan, chapda, oldida, u yerdan va boshqalar. 3.Holat ravishlari ish-harakatning bajarilish usulini bildiradi. Tarz-tus ravishlari deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil, majburan, qavatma-qavat, mardlarcha, yigitchasiga, o‘zbekona. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling