O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-topshiriq . Matnni o‘qing. Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping. Shaxs ma’naviyatining botiniy alomatlari
- Qalb tozaligi.
- Mehr-shafqat.
- 6-topshiriq.
4-topshiriq. Quyidagi hikmatlarni o‘qing. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping.
1. Dunyoda baxt degan narsa ba’zan juda adolatsizlik bilan taqsim qilinar ekan. 2. Hech narsa ko‘z yoshiday kishining yuragini bo‘shatmaydi. 3. Qalbimizga vijdon otli nuri ilohiy joylashtirilgandir. 4. O‘z qalbingni qusurlardan tozala, odamlarning qalbini ardoqla. 5. Mahzun tabassumda maftun etuvchi cheksiz bir narsa bor. 5-topshiriq.Matnni o‘qing. Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping. Shaxs ma’naviyatining botiniy alomatlari Shaxs ma’naviyatining botiniy alomatlari qalb tozaligi, halollik, samimiylik, mehr-shafqat, hayo, oqko‘ngillik, adolatparvarlik, iymon, diyonat, taqvo, or-nomus kabi axloqiy tushunchalrni qamrab oladi. Quyida ularning har biriga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Qalb tozaligi. Qalb yurak, dil ma’nolarini bildiradi. Kishining ruhiy yoki ma’naviy dunyosi, ichki his-tuyg’ulari markazi ramzidir. Halollik. Vijdon bilan insof yuzasidan ish tutish, to‘g’rilik, soflik, vafodorlik. Halollik har qanday martabani bezaydi. Halollik, to‘grilik-katta baxt. O‘z halolligini namoyish etish ko‘proq xushxulq odamga yarashadi. Harom, haromxo‘rlik buning teskarisidir. Samimiylik. Sidqidillik, chin qalbdan, yurakdan, dilning peshonasiga yoyilgan belgidir (D. Didro).Samimiylik- og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma’naviy odobni talab etadi (V.V.Veresayev). Samimiylik sofdillikdir. Bu fazilat kamdan kam odamda bor. Mehr-shafqat. Mehr insonning o‘z tug’ishganlariga, yaqin kishilarga va umuman, odamga bo‘lgan samimiy muhabbati, shafqati, rahmdilligi; shafqat- biror kimsaga achinish, ayash, rahmdillik, mehribonlik kabi ma’nolarni bildiradi. Mehr- muhabbatli, shafqatli ma’nolaridan tashqari, ba’zan egizak, qo‘shaloq holda ishlatilib, yetim-yesirlarga, nogironlar, qarovsiz qolgan qariyalar, g’ariblarga, muhtojlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam berishdir. 6-topshiriq. Berilgan hisob so‘zlarini quyidagicha mikrosistemalarga ajrating. Bosh, nafar, dona, nusxa, tup, jon, dasta, to‘da, to‘p, sentner, misqol, qadoq, botmon, kosa, varaq, luqma, parcha, poy, siqim, tilim, tomchi, to‘g‘ram, chaqmoq, chimdim, shingil, qultum, piyola, qop, qoshiq, quti, shoda, quchoq, hovuch, asr, yil, tiyin, miri, paqir, dinor, kun, kecha-kunduz, karra, qatla, daf’a, sidra. Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Predmetni butun yoki to‘daning qismi sifatida hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Predmetni to‘dalab, guruhlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Predmetning og‘irlik o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Predmetning uzunlik va masofa o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Vaqt o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Qiymat o‘lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Harakat miqdorini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling