O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.78 Mb.
bet64/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

28. Chama sonni toping.
A. Ularning har ikkalasi ham shu to‘g’rida o‘ylar edi.
B. To‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi.
C. Lekin ular yiqqan kitoblar chol yiqqan kitoblarning o‘ndan biriga ham teng kelmaydi.
D. Hozir ular bo‘lajak shiyponning to‘rtinchi ustunini tayyorlashyapti.
29. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. Shu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini belgilang.
A. kesim B. ega C. to‘ldiruvchi D. aniqlovchi
30. Qaysi qatorda sonlarni yozishda imlo xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A. bitta,ikkita B. uchchala, to‘rttala
C. besh- o‘n, ellik-oltmishtacha D. uchdan bir, beshdan uch
2-topshiriq. Matndan atoqli otlarni toping, ularning yozilishiga alohida e’tibor bering.
Nosir Xisrav
Mashhur shoir va davlat arbobi Nosir Xisrav 1004-yili hozirgi Tojikistonning Qobodiyon shahrida tug’ilgan. Ona yurtida xat-savodini chiqargan Nosir Xisrav Balx va Marv shaharlarida madrasada tahsil ko‘rgan. Saljuqiylar saroyida 17 yil soliq mahkamasining boshlig’i bo‘lib ishlagan. 1040-yil vazifasidan iste’fo bergan Nosir Xisrav 7 yil Sharq mamlakatlarini kezib chiqadi, uch marotaba piyoda hajga boradi. 1063-yil ko‘p sarsonliklardan so‘ng Tog’li Badaxshonning Yumg’on qishlog’ida o‘rnashib, muallimlik qiladi, ilmiy, badiiy ijod bilan mashg’ul bo‘ladi. 1088-yili shu yerda vafot etadi.
Nosir Xisrav Sharqda adolat, xalqparvarlik, ma’rifatparvarlik g’oyasini dadil kuylagan shoir, jasoratli fiqh donishmandi sifatida shuhrat topgan. Undan bizga qadar arab va forsiy tillardagi she’rlar devoni, “Zodul musofirin” (Musofirlarning yo‘l oziqasi), “Ro‘shnoinoma”, “Saodatnoma”, “Safarnoma” hamda din va so‘fizm nazariyasiga doir bir necha risolalar meros bo‘lib qolgan. Nosir Xisravning ayrim she’rlari professor Sh. Shomuhamedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
3-topshiriq. Ot yasovchi qo‘shimchalarni toping.
Bilim, ishonch, darsxona, talabgor, tortma, tilagim, boshga, etik, qalbingga, seni, sevinch, yuksak, sirdosh, mehnatkash, quvonch, to‘kinlik, chiqindi, bolaligim, guldon, boshlovchi, yog’ingarchilik, loyihalash, sezgi, ko‘zgular, mashinadan.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling