O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
O'zgarmas so'zlar – bunday qo‘shimchalarni qabul qila olmaydi
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintaktik aloqa vositasi bolib keladiganlar
- MAVZU: MUSTAQIL SO‘ZLAR VA ULARNING SHAKLLARI. FE’L. Reja
- Harakat fe’llari
O'zgarmas so'zlar – bunday qo‘shimchalarni qabul qila olmaydi.Gap bo'lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so'z – gaplar. Gap bo'lagi bolib keladiganlar – hamma mustaqil so'zlar fe'l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so'z olmoshlar. Sintaktik aloqa vositasi bo'lib keladiganlar – ko'makchi, bog'lovchi, yuklama. So'z-gaplar – nutqda boshqa so'zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o'zi mustaqil gap bo'lib kela olish qobiliyatiga ega, ya'ni ajralish xususiyatiga ega. Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Madrahimov I. Oʻzbek tilida soʻzning serqirraligi va uni tasniflash asoslari: filol. fan. nom. diss. avtoref. – Toshkent, 1994. 2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. 3. Замонавий ўзбек тили. Морфология. Дарслик.– Тошкент: Мумтоз сўз, 2008. 4. Abuzalova M., Toirova G. Hozirgi oʻzbek tili (Morfologiya). Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2019. 5. Eltazarov J. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining oʻzaro aloqasi va koʻchishi. filol. fan. dokt. ... diss. – T., 2008. MAVZU: MUSTAQIL SO‘ZLAR VA ULARNING SHAKLLARI. FE’L. Reja: 1. Fe'l. Uning UGMsi. 2. Fe'llarning o‘timli va o‘timsiz turlari. 3. Fe'llarning tasniflovchi kategoriyalari. Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar: Fe`1 turlari, fe`lni o‘zgalash, fe`lning vazifa shakllari, ravishdosh UGMsi, sifatdosh UGMsi, harakat nomi UGMsi, ismi foil, oppozitsiya, kuchli belgili a`zo, belgisiz a`zo, o‘zgalovchi shakllar, o‘zgalovchi shakllarning bo‘lishsiz shakli. Fe’llar ish-harakatni yoki holatni atab keladi. Holatni atab kelganda ham uni jarayon tarzida bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish ma’nosi bilan beradi. Daraxt - ko‘k –sifat-kesim; daraxtning barqaror, turg‘un belgisini ifodalab kelmoqda. Daraxt ko‘kardi– fe’l-kesim, daraxtning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini harakat, jarayon sifatida ifodalab kelmoqda. Shuning uchun harakat, jarayon ma’nosi fe’llarning umumiy ma’nosini tashkil etadi. Bu ma’no barcha fe’llar uchun xosdir. Fe’l nima qilmoq? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: yozmoq, o‘qimoq, bormoq, o‘tirmoq kabi. Fe’l anglatgan ish-harakat, holat biror kimsa yoki narsa tomonidan bajariladi. Bu kimsa yoki narsa harakatning bajaruvchisi deyiladi. Fe’llar harakat va holatning predmet-obyektga munosabatiga qarab ikki turga bo‘linadi: 1) o‘timli fe’llar ; 2) o‘timsiz fe’llar. O‘timli fe’llar kimni?, nimani?, qayerni? so‘roqlariga javob bo‘lib keladigan to‘ldiruvchilar bilan birika oladi: …Va shabboda qurg‘ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini .(H.O.) O‘timsiz fe’llar bunday to‘ldiruvchilar bilan birika olmaydi: Mehmon juda quvonib ketdi. (A.Q.) Sobir hayajonlanib o‘rnidan turdi.(O.) Ba’zi fe’llar matnda qanday so‘zlar bilan bog‘lanib kelishiga qarab o‘timli ham, o‘timsiz ham bo‘lib kela oladi: O‘quvchi masalani ishladi - U bu dargohda ancha ishladi. Keyingi yillarda so‘z turkumlarining semantik tahliliga e’tibor kuchaymoqda. O‘zbek tilshunosligida fe’llarning semantik xususiyatlari, tasnif masalalari tilshunoslarning diqqat markazida turibdi. Bu jihatdan A.Hojiyev, I.Qo‘chqortoyev, K.Xoliqov, M.Sodiqova, R.Rasulov va qator tadqiqotchilarning asarlarini sanash joizdir. Jumladan, K.Xoliqov tomonidan fe’llarning bir necha ma’noviy guruhlari ajratilib: “hali ilmiy tadqiqotga mansub qator fe’l razryadlari mavjud, shuningdek, fe’llarning leksik-semantik tasnifi, ularning o‘zlariga xos grammatik xususiyatlari atroflicha o‘rganilishi zarur” degan fikr o‘rtaga tashlangan. Bu sohada R.Rasulovning olib borgan tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Olim tomonidan holat fe’llari va ularning LMGlari chuqur o‘rganilib tahlil etilgan. Holat fe’llarining yana ichki 9 ko‘rinishi (davomli holat, ijro holati, biologik holat, fiziologik holat, psixik holat fe’llari kabi) ajratilgan. Turkiy tillardagi fe’llarning LMGlarini dastlab N.K.Dmitriyev belgilab chiqqan edi: nutq fe’llari, sezgi fe’llari, faoliyat, harakat fe’llari kabi. Bu tasnif hozir ham amalda qo‘llanilmoqda. Chunki 6-sinf “Ona tili” darsligida ham ushbu bo‘linish mavjud. Fe’llarning LMGlarini belgilab chiqish, har bir guruhni chuqur o‘rganish alohida ilmiy ishlarning obyekti bo‘lib, maxsus tadqiqot talab etadi. A.A.Salkalamanidze ham fe’llarning lug‘aviy-semantik guruhlarini o‘rganar ekan, ularni guruhlashda fe’l valentligini, fe’l valentligini belgilashda esa ularning o‘timli va o‘timsizligini asos qilib oladi [4,18-19;]. Fe’l anglatgan ma’nolar qator mazmuniy guruhlarga ajratiladi, bunda harakatga xos yaratish, buzish, o‘zgartirish, so‘zlash, sezish, yo‘naltirish bilan; holatga xos ruhiy-psixologik, iqtisodiy, tafakkur bilan bog‘liq jihatlar e’tiborga olinadi. I. Harakat fe’llari inson, hayvon, jonsiz predmetlarga xos faoliyatni ifodalaydi. Ular yurish, ta’sir etish, zarb berish kabilar bilan bog‘liq bo‘ladi. Qo‘l, yuz, og‘iz, gavda bilan bog‘liq harakatlarda harakatlantiruvchi obyektlar yaqqol ko‘rinib turadi. Masalan: 1. Oyoq harakati bilan bog‘liq fe’llar. Bu harakat, asosan, “yurmoq” fe’li bilan beriladi. Yurish bilan bog‘liq bo‘lgan: a) yo‘rg‘alamoq - La’li Bo‘ronbek bilan yo‘rg‘aladi (H.G‘ulom); b) pildiramoq-Bola onasining oldiga tushib pildirab ketdi (Oybek); d) chopmoq- Bolalar maydonchaga chopib ketishdi; e) lapanglamoq - Choyni keyin o‘zingiz bafurja ichaverasiz,- dedi u lapanglab o‘rnidan turayotgan Oyshabonuga (H.G‘.); f) gandiraklamoq- U gandiraklab kelib, G‘ulomjonning chiroyli ko‘zlariga tikildi(M.Ism.); g) do‘qong‘lamoq - Soli sovuq do‘qong‘laganiganicha chiqib ketdi (M.Ism.); h) sudralmoq- Orif aka birdan majolsizlangan oyog‘ini bazo‘r sudradi (A.M.); i) bitta-bitta bosmoq- Jannat xola o‘rnidan turdi-da, bitta-bitta bosib ko‘cha eshigidan tashqariga qaradi (S.Ahmad); j) tentiramoq- Bezori tong otguncha qaylardadir bemaqsad tentiradi (A.Q.); k) tisarilmoq- Bexos oldidan chiqqan ilondan cho‘chib ot biroz orqaga tisarildi (H.G‘.); l) o‘rmalamoq - Ufqdan berida o‘rgimchakday o‘rmalab arava kelar edi (A.Q.). Oyoq bilan yana tepish, tepkilash, toptash, depsinish kabi harakatlar bajariladi. “Yurmoq” fe’lining ma’no ko‘chish bilan bog‘liq (Stanok yurdi; soatni yurguzdi; poyezd yurdi kabi) rang-barang voqelanishlari ham mavjud. 2. Qo‘l harakati bilan bog‘liq bo‘lgan fe’llarga quyidagilar kiradi: a) ushlamoq va uning ko‘chma ma’nolari : Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling