O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.78 Mb.
bet32/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

Dardini tortmoq(ayriliq dardini tortmoq)
Azob chekmoq ~ iztirob chekmoq ~ alam chekmoq
O‘rtanmoq
Qaqshab o‘tirmoq
Jigari ezilmoq ~ bag‘ri ezilmoq
Achchiq sharbatini tortmoq va boshqalar.
Ijtimoiy holat fe’llari kishilar hayotining iqtisodiy jihatdan o‘zgarishi bilan aloqador bo‘lgan fe’llarni qamrab oladi: boyimoq, qashshoqlashmoq
Yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, hosil bo‘lmoq, chizmoq, yozmoq, barpo qilmoq, arralamoq, parchalamoq, sayqal bermoq, randa qilmoq, sindirmoq, yemoq, o‘chirmoq… kabi natijali faoliyat fe’llari va o‘ylamoq, xayol surmoq, hukm chiqarmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq kabi tafakkur fe’llari ham mavjud. Bular sodda va qo‘shma holatda bo‘ladi.
Fe’l stilistikasini o‘rgangan olima M.Sodiqova bu o‘rinda munosabat fe’llarini berib, ularni guruhlarga ajratadi:
1.Ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari;
2.Salbiy xarakterdagi munosabat fe’llari.
Birinchi guruhga-erkalamoq, aldamoq, yaxshi ko‘rmoq, maftun bo‘lmoq, rom etmoq, yon bosmoq, o‘rtaga tushmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, e’zozlamoq, parvona bo‘lmoq kabilarni kiritgan. Bular bir qaraganda holat fe’llariga o‘xshab ketadi. Ammo kontekstda (matnda) o‘ziga xos uslubiy xususiyat kashf etadi:U bolalarini sog‘inib qolgan ekanmi, ertadan kechgacha erkalab ardoqlaydi. Ikkinchi guruhga-beti qursin, battar bo‘lsin, xudo olsin, qorasi o‘chsin, ordona qolsin, baloga uchragur, juvonmarg bo‘lgur kabilar kiritilgan. Bunday fe’llarda, ko‘pincha, “-sin” va “-gur” shakllari ko‘p uchraydi. Bu guruh fe’llariga urishish, jerkish, do‘q- po‘pisa qilish bilan bog‘liq fe’llar xosdir. Munosabat fe’llarining uslubiy, fonetik xususiyatlari alohida o‘rganiladigan tadqiqot manbaidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nutqda fe’llar juda ko‘p uchraydi. Ularning qo‘llanishdagi shakli, qurilish jihati xilma-xil. Yana shuni qayd etish kerakki, o‘zbek tilida holat fe’llari ancha chuqur va mufassal o‘rganilgan. R.Rasulov ishida holat fe’llari va ularning leksik - semantik guruhlari aniqlanilgan. Turkiy tildagi holat fe’llarining o‘timlilik - o‘timsizlik tabiati chuqur tahlilga tortilgan [2;4].
Darajalanish hodisasi fe’lning ayrim ma’noviy guruhlariga ham xosdir.Buni quyidagi fe’llar doirasida kuzatish mumkin:
1. Pichirlamoq, shivirlamoq, ming‘illamoq, so‘zlamoq, baqirmoq, dodlamoq.
2. Yo‘nalmoq, odimlamoq, yurmoq, chopmoq.
3. So‘ramoq, iltimos qilmoq, yalinmoq, yolvormoq, o‘tinmoq.
Fe’llar o‘ziga xos yasalish sistemasiga ega. Tilimizdagi fe’llar, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Yasash asosiga qo‘shilib yasama fe’llar hosil qiluvchi affikslarning so‘z yasash darajasi turlicha.
-la, -lan, -lash, -lashtir, -(a)/r,-(a)y kabi affikslar mahsuldor bo‘lib, juda ko‘p miqdorda fe’l yasashga xizmat qiladi.
1. -la affiksi quyidagi qoliplarda yangi leksema hosil qiladi :
[ot+la] – ishla, gulla, tuzla, bog‘la;
[sifat+la] – qorala, tekisla, tezla, tozala;
[ravish+la] – qaytala, hozirla…;
[olmosh+la] – sizla, senla;
[taqlid+la] – gumburla, dukurla… ;
[undov+la] – dodla, voyvoyla, tufla….

  1. -lan, -lash, -lashtir kabi murakkab affikslar –

[ot, sifat, son, +lan] –zavqlan, ajablan, ikkilan…;
[ot, sifat, son+lash] –salomlash, tezlash, birlash…;
[ot+ lashtir] –rejalashtir(moq), gazlashtir (moq), ekranlashtir(moq)… –turli ma’nolarga ega bo‘lgan fe’llar yasaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan affikslar orqali yasalgan fe’llarni ma’no jihatidan guruhlash mushkul, chunki tilimizdagi ovqatlanmoq, kasallanmoq, foydalanmoq, to‘lqinlanmoq; ahdlashmoq, qiyinlashmoq, oydinlashmoq kabi yuzlab fe’llarning har biri rang-barang ma’nolarni o‘zida voqelantiradi.
3. -r/ar, -y/ay affikslari [sifat+r/ar], [ot,sifat +y/ay] qolipida biror belgini qabul qilish ma’nosini ifodalalovchi fe’llar yasaydi. Chunonchi, qisqar (moq); pasay (moq), toray (moq), kuchay (moq)….
4. Fe’l yasovchi -a, -illa, -sira, -k/ik, -q/iq, -ira, -i kabilar kamunum affikslar sanaladi va
[ot, sifat,taqlid +a] –sana, o‘yna, qiyna, ata, bo‘sha, shildira, yiltira;
[taqlid+illa]-chirsilla, chirqilla, mo‘ltilla, guvilla, likilla;
[ot, olmosh+sira]- suvsira, gumonsira, hadiksira, sensira, manmansira, sizsira;
[ot, sifat, son+k/ik]-ko‘zik (moq); kechik(moq), birik (moq);
[sifat+q/iq] - zo‘riq (moq,) zoriq (moq);
[taqlid+ira] - yaltira, miltira, qaltira;
[ot, sifat+i]–changi (moq), boyi (moq), tinchi (moq) qolipidagi fe’llarni yasashga xizmat qiladi. Affiksatsiya usuli bilan fe’ldan fe’l yasalmaydi.
Kompozitsiya usuli bilan, ma’lumki,
[fe’l++fe’l]-olib bermoq, aytib ketmoq, sotib kelmoq, sotib bermoq, olib qochmoq, sakrab turmoq;
[ot+fe’l]-ta’zim qilmoq, bashorat qilmoq, isbot etmoq, kasal bo‘lmoq, fikr qilmoq, zikr etmoq;
[sifat+fe’l]-xursand bo‘lmoq, shod etmoq, xafa qilmoq, obod qilmoq, juft bo‘lmoq, zada bo‘lmoq kabi qo‘shma fe’llar yasaladi.
Fe’l nisbatlari o‘zbek tilshunosligida ancha mufassal tavsiflangan. Fanimizda fe’l nisbatlariga bag‘ishlab yozilgan S.Ivanov, S.Mamatqulov, H.Ne’matov, F.Saidov, S.Sultonsaidova, U.Tursunov, S.Ferdaus, E.Fozilov, A.G‘ulomov, A.Hojiyev va boshqalarning tadqiqotlarida nisbat shakllari mufassal o‘rganilgan. Umumturkiyshunoslik adabiyotida fe’l nisbatlari masalasi N.A.Baskakovning qoraqalpoq tiliga bag‘ishlangan tadqiqotida, E.Sevortyanning fe’l so‘z yasalishiga bag‘ishlangan katta monografiyasida, A.Sherbakning turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasiga bag‘ishlangan qator ishlarida tahlil qilingan. Fe’l nisbatlari deganda nima tushuniladi? Formal (shakliy) yo‘nalishda fe’l o‘zaklaridan keyin, yasama fe’llarda esa fe’l yasovchi qo‘shimchadan keyin o‘zak-negizga qo‘shilib keladigan -t,-iz,-ir,-ar,-sat,-dir(-tir),-l(-il),-n(-in),-sh(-ish) kabi qo‘shimchalar nisbat shaklini yasovchilar va shunday qo‘shimchali hosilalar fe’l nisbatlari deb aytiladi. Chunonchi,
Yuvmoq ishlamoq to‘qimoq
Yuvdirmoq ishlatmoq to‘qitmoq
Yuvilmoq ishlanmoq to‘qilmoq
Yuvinmoq
Yuvishmoq ishlashmoq to‘qishmoq
Ushbu paradigmada fe’llar nisbat paradigmasini yuzaga chiqargan.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling