O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


(Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy)


Download 0.78 Mb.
bet29/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

(Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy)
Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy – Vobkent tumaniga qarashli Anjir Fag’ni qishlog’ida tug’ilib, shu yerda vafot qilganlar. Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbog’dir. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy ilmi qol va ilmi holni Hazrat Xoja Orif Revgariydan o‘rgangan. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy qabrlari ustida yangi maqbara, maqbara yonida hovuz va jome masjidi qurildi. Ushbu joy obod ziyoratgohga aylangan. Bu zoti sharif XIII asrda yashab o‘tganlar. Manbalarda yozilishicha, Olloh taolo Xoja Mahmudga ko‘plab karomatlarni ato etgan ekan. Ul zoti sharif zarurat bo‘lganda ulkan qush shakliga kirib ucharkanlar va kerakli manzilga bir zumda yetib borarkan. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy 1286-yil vafot qiladilar va u kishini tug’ilgan qishloqlarida dafn qiladilar. Sho‘rolar zamonasida Xoja Mahmud ziyoratgohlari qarovsiz, xarob edi. Istiqlol sharofatidan yurtimizdagi boshqa ziyoratgohlar qatorida Hazrat Mahmud Fag`naviy majmualari ham obod etildi. Bu yerda yangi darvozaxona, maqbara, jome masjid, quduq, hovuz, katta bog` barpo qilingan.
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
Tasnif nima? Uning mohiyatini nima tashkil qiladi?

  1. Leksemalarning qaysi qirralari orqali tasniflar hosil qilish mumkin?

  2. Ma`noviy belgisiga ko‘ra so‘zlar qanday turkumlanadi?

  3. Leksemalar morfologik tasnifga ko‘ra necha tipga ajratiladi? Ular qaysilar? Har birini izohlang.

  4. Leksemalar sintaktik tasnifida ko‘proq ularning qaysi jihatlari inobatga olinadi?

  5. O‘zbek tilshunosligida fe`l so‘z turkumining tutgan o‘rni haqida qanday tushunchangiz bor?

  6. Nima uchun olmosh taqlidlardan so‘ng o‘rganiladi?

  7. So‘z-gaplarnining qanday ko‘rinishlari bor?

  8. Taqlidlar nima uchun mustaqil so‘z turkumlari qatoridan o‘rin olgan?



GLOSSARIY

O'zgaruvchi so'zlar – morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o'zgalovchi) ning qo'shimchalarini qabul qila oladi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling