O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet125/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Otoyi she’lining lutfini bilsa,
«La to fatnomawd an kechgay Xo‘jandiy.
Xo‘jandiyning “Latofatnoma”si XV asr boshlarida (1411-yillarda) yozilgan bo‘lib, Amir Temuming avlodlaridan biri, Xorazmda hukmron- lik qilgan Sulton Mahmudga bag‘ishlangani to‘g‘risida ko‘p adabiyotlar- da aytiladi.
Latofatnoma”ning “Muhabbatnoma”dan tuzilish jihatidan farqi bor. Farq shundan iboratki, bu nomada har bir nomadan so‘ng g‘azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojot kabi janrlar ham alohida ajrattlmay- di. Ammo Xo‘jandiy bu asarini “Muhabbatnoma”ga javob tariqasida yozganini aytadi:
Muhabbat jomidin ichsang sharobe,
Muhabbatnoma”ga aytsang javobe.
Latofatnoma”ning tuzilishi va mazmuni. Asar Yaratganga hamd bilan boshlanadi. Yaratganning cheksiz qudrati, hamma narsani - insonu jonzotlami, to‘qqiz qavat falakni, yetti qavat yemi, osmondagi qushlar- ni, yer yuzidagi boyliklami va jamiki narsalami U bu olamga keltirgan. Yoqubni ham Yusufning firoqiga duchor qilgan, Yusufning dardida Yo- qubning ko‘zlarini ojiz qilgan, Sulaymonga shamolni itoat ettirgan, Do- vudga sovut yasash iqtidorini ato qilgan ham Yaratganning O‘zidir.
Xo‘jandiy asarining hamd bobida o‘z maslagi va e’tiqodini bayon qiladi. Ilohiy ishq - Xo‘jandiyning a’molu e’tiqodi, uning butun vujudi ishq o‘tiga itoat ettirilgan. Yaratuvchi oshiqlarga jafo beradi, bu jafo- kashlaming sarvari Muhammad Mustafodir. Xo‘jandiy Yaratganga iltijo qilib, bu ishqdan meni ayirmagin, deya so‘raydi:
Xudoyo, ko‘nglum ichra ishq o‘ting yoq,
Xo'jandiy xastaga lutfung bila boq.
Muhabbat jomidin sahbo (qizil may) ichirgil,
Xato ishlar telim qildim, kechurgil.
Xo‘jandiy Yaratganga madhdan so‘ng, payg‘ambarga na’t (maq- tov) keltiradi. Muhammad Mustafoni so‘qir ko‘ngillaming tabibi, sha­riat bog‘ining bulbuli, deb ta’riflaydi. Shuningdek, Muhammad Mustafo payg‘ambarlammg sarvari, avliyolarning rahnamosi ekanini, Xudoning hukrni bilan mojizalar ko‘rsatganini va boshqa ko‘p sifatlarini, fazilat- larini bayon qiladi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling