Shu o‘rinda Sayyid Ahmad baytda “Bahrom” so‘zini ishlatib, talmeh san’atini qo‘llagan holda uzoq tarixga ishora qiladi.
Beshinchi manzilin Bahroma berdi,
Aning tasxirini Bahroma berdi.
Birinchi misradagi Bahrom - Mars sayyorasini bildiradi; ikkinchi misradagi Bahrom esa o‘tmishdagi hukmdorlardan birining ismi. Bu baytda, Tangri beshinchi sayyorani yaratib, Bahrom ismini berdi, bu sayyorani itoat ettirish layoqatini Bahromga berdi, degan mazmun bor. Bizningcha, sayyorani itoat ettirish layoqatiga ega bo‘lgan Bahrom ismli shoh Sosoniylar sulolasi hukmdori Xurmuzdning o‘g‘li Bahromdir. U laqvodor va mehnatkash, adolatli podshoh bo‘Igan edi.
“Munojot”da shoir Tangriga iltijo qilib, o‘zining bir gunohkor banda, Tangridan boshqa himoyachisi yo‘q, najot beradigan faqat U ekanini so'raydi.
“Na’t” bobida Muhammad payg‘ambar jamiki payg‘ambarlaming sarvari, javonmardlaming shohi ekanini, Odam ato, Nuh, Ibrohim, Muso, Sulaymon, Dovud, Masih kabi hamma payg‘ambarlar undan nur topganini aytadi.
“Kitob sababi” qismini quyidagi bayt bilan boshlaydi:
Tushumda bir necha ko‘rdum sahargoh
Ki, Majnun birla bo‘ldum yo‘lda hamroh.
Majnun —oshiqlik timsoli. Sayyid Ahmadni oshiqlik yo‘Iiga Majnun da’vat qiladi. Majnun oshiqlar maqomini quyidagicha ta’riflaydi:
Ki oshiqlar maqomi Karbalodur,
Kishikim bo‘ldi oshiq mubtalodur.
Majnun Sayyid Ahmadni oshiqlik maqomi to‘g‘risida hikoyat yo- /.ishga da’vat etadi.
“Podshohi islom madhi” bobida Mirzo Ulug‘bekning Faridun, Jams- hid, Sulaymon, Kayhusrav, Iskandar, No‘shiravon kabi podshohlaming Hiuiki fazilatiarini o‘zida mujassam etgan hukmdor ekanini madh qiladi.
Asar qo‘lyozmasining o‘rganilishi. Asaming yagona qo‘lyozma nusxasi XVI asmig 1 yarmiga mansub bo'lib, Britaniya muzeyida saq- lanadi. “Taashshuqnoma”ni nashrga tayyoriagan A.M.Shcherbakning xabar berishicba, asar Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si, Lutfiy- ning devoni, “Gul va Navro‘z”, Mir Haydar-Majzubning “Maxzan ul- asror”i, Yaqiniy, Ahmadiy va Amiriylaming munozarasi, Xo‘jandiyning “Latofatnoma”si bilan bir muqovadadir. “Taashshuqnoma”dan bitta nomani 1927-yili A.N.Samoylovich ilk bor chop ettirgan edi. U yana “Ta- ashshuqnoma” bilan “Muhabbatnoma”ning til xususiyatlarini qiyoslab, bir maqola ham e’lon qilgan. Ingliz turkologi Ch. Ryo ham Said Ahmad- ning “Latofatnoma” asarini o‘z katalogiga kiritgan (Ch. Rieu. Catalogue of the Turkish Manuscripts in the British Museum, p. 288). Ammo u Na- voiyning “Majolis un-nafois”idagi ma'lumotlami inobatga olganmi yoki haqiqatan Sayyid Ahmadning “Latofatnoma”sidan xabardor bo‘lganmi - bunisi ma’lum emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |