O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Malik Tojir Yusufni bozorga olib chiqadi. Zulayho o‘sha yerda Yu- sufiiing go‘zalligini ko‘rib, xushidan ketadi. Misr azizi


Download 2.59 Mb.
bet178/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Malik Tojir Yusufni bozorga olib chiqadi. Zulayho o‘sha yerda Yu- sufiiing go‘zalligini ko‘rib, xushidan ketadi. Misr azizi Yusufni ko‘p ol- tin evaziga sotib oladi va Zulayhoning tarbiyasiga topishiradi.
Zulayho Yusufga har kuni shoyi va ipak kiyimlar kiydiradi, uning uzun sochlarini tarab, xushbo‘y moddalar surtadi. Nihoyat. sevgi alanga- si yuzaga chiqadi. Zulayhoning enagasi maxsus saroy soldirib, Zulayho o‘ylaganday bezatadi va Yusufga bo‘lgan sevgisini u bilan maslahat qi- ladi. Y usuf Zulayhoning xonasidan qochib chiqayotganda, uning ortidan Zulayho tashlanadi. Buni aziz ko‘rib qoladi. Zulayho Yusufni ayblaydi, aziz esa Yusufni himoya qiladi. Yusufning o‘zi ham gunohsizligini ayta- di. Ammo Zulayho Y usufni zindonga tashlatadi.
Yusuf zindonda yotgan paytda, Zulayhodagi sevgi o‘ti so‘nmasdan, tobora alanglanadi. Misr azizi endi bu olamdan o‘tgan, Zulayho tul qol- gan, yuzlarini ajin bosgan, ko‘zlari ham ko‘rmay qolgan. Hamon Yusuf­ga bo‘lgan muhabbati bilan yashayotgan edi.
Mamlakat boshqaruvi Malik Rayyonga qoladi. Bir payt u ham tush ko‘radi va ko‘rgan tushidan qattiq bezovta bo‘ladi.
Yusuf Malik Rayyonga tushini ta’birlab beradi: yetti yil to‘qchilikdan keyin yetti yil ocharchilik bo‘lishini, xazinada don g‘amlash kerakligi- ni aytadi. Yusufning aqlliligini ko‘rib Malik Rayyon mamlakatni idora etishni Yusufga topshiradi. Endi Yusuf Zulayhoga uylanadi.
Kan’onda ham ocharchilik boshlangach, Yoqub o‘g‘illarini don olib kelish uchun Misrga yuboradi. Akalari ikkinchi marta kclishiga Yusuf saroy qurdirib qo‘yadi va boshidan o‘tgan voqealami devorlarga surat qilib ishlatadi. Akalari bu suratlami ko‘rib, Yusufni taniydilar. Yusuf otasini ham Misrga oldirib keladi.
Qul Alining “Qissayi Yusuf” asarining qisqa mazmuni ana shundan iborat. Yusuf bilan bog‘liq an’anaviy synjet bu qissaning zaminida yot- gani aniq sezilib turadi.
Qissayi Yusuf’da haqiqiy ishq tasviri. Yusufning Zulayhoga, Zulayhoning Yusufga bo‘lgan sevgisi ilohiy ishq timsolidan dalolat- dir. Qui Ali Zulayhoning Yusufga boTgan muhabbatini tasviriar ekan, hamma narsadan, hammaning har qanday so‘zidan faqat “Yusuf!” degan sado keiadi. lshqning, Haq ishqining mukammai timsoiini Qui Aii quyi- dagicha ta’riflaydi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling