O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Kumush inju qilib gul yaprog‘ini resh


Download 2.59 Mb.
bet193/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Kumush inju qilib gul yaprog‘ini resh,
Asal ustinda ari chayqadi nesh.
Tong otquncha ayoq tutmoq, bosh urmoq,
Yuzuk o‘ynamoqu barmoq yoshurmoq.
Baliq bo'g'zidin oqti durri marjon,
Sadaf qursog‘idin sachradi marjon...
Bu baytlar Lutfiyga nisbat berib kelinayotgan “Gul va Navro‘z” dostonida aynan shu shaklda beril gan (Lutfiy. Devon. Gul va Navro'z. Doston. Toshkent. Badiiy adabiyot nashriyoti. 1965, 435-b.). Faqat nash- rlarda marjon so‘zi o‘miga haryon so‘zi qo‘llangan.
Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur “Aruz risolasi” asarida Haydari Turkiyning “Gul va Navro‘z.” dostoni borligini aytadi va undan misol keltiradi. Mavlono Haydar, Haydari Turkiy - bitta shaxs, ya’ni Haydar Xorazmiydir
Gul va Navro‘z” dostoni romantik dostonlar turkumiga kiradi. Doston hamd, na’t, madh, “Sababi nazmi kitob” va 120 bobdan iborat. Doston Iskandar Mirzoga bag‘ishlangan, deb aytiladi. “Gul va Navro‘z” dostonining oxirida ko'rsatilishicha, u 814/ 1411-12 yillarda yozilgan.
Gul va Navro‘z” dostonining qisqacha mazmuni. Navshod mamlakatining shohi Farrux befarzand edi. Nihoyat, xotini yukli bo‘lib, navro‘z kuni o‘g‘il tug‘di. Bola navro‘z kuni tug‘ilgani uchun uning is- mini Navro‘z qo‘yadilar. Navro‘z aqlli, ko‘p hunar egasi, bilimii bo‘lib o‘sadi. Kunlarning birida Navro'z do‘stlari bilan dunvo go‘zallari haqi- da suhbatlashib o'tirgan edi, qadahidagi mayga qarab, o‘zining aksini ko‘rib, o‘z go‘zalligiga mahliyo bo'lib qoladi. Navro'z oyna so'raydi. Uning qo'Iiga oyna beradilar, Navro'z oynadagi o‘z aksiga qarab, hus- hidan ketib yiqiladi. Shundan keyin Navro'z tushida Farxor mamlaka­tining malikasi Gulni ko'radi. Navro'z Gulni qidirib topadi. Ammo bu paytda Gul Chin xoqoniga uzatilayotgan edi. Navro‘z Gul bilan qochib ketadi. Ular kemada ketayotganlarida dengizda bo‘ron koTarilib, kema halokatga uchraydi. Dengiz to‘lqini Navro'zni Yaman mamlakatiga. olib ketadi. Gulni esa toTqinlar Adan mamlakati tomonga oqizib ketadi. Gul to'fondan sog‘-omon sohilga qutulib chiqadi.
Gul dengizdan qutulib ehiqqandan keyin Adan mamlakati chegara- siga borib qoladi. Uni odamlar, Adan mamlakatiga boradigan yo'Ilar xa- tarli, deb ogohlantiradilar. U yo‘!da arslonlar uya kurgan yerdan chiqib qoladi va yirtqich arslonlami yengadi.
Adan va Y aman mamlakatlari bir-biriga azaldan dushman edilar. Gul nihoyatda tadbirli, jasur qiz bo‘lgani uchun, Adan g‘avvoslarini vahshiy hayvonlar hujumidan qutqarib qoladi. Gulning ko‘rsatgan jasoratlariga Adan shohi Badi’ qoyil kolib, uni o‘z qo‘shiniga bosh qilib tayinlaydi va Yaman davlatiga qarshi urushda. foydalanmoqchi bo‘ladi. Yaman shohi Rafi’ ham Navro‘zni qo‘shiniga lashkarboshi qilib tayinlaydi va Yaman davlati qo‘shinlariga qarshi jangga otlantiradi. Ikki davlat o‘rtasida jang boshlanadi. Gul jang oldidan Yaman tomonga choparlar yuboradi. Ya­man shohining Bahrom degan lashkarboshisi bor edi. Uning «qonxo‘r» laqabi bor edi. U Navro‘zga hasad qilib yurardi. Shuning uchun birinchi bo‘lib jang maydoniga chiqadi. Jang paytida Bahromni Gul qilich bi­lan chopib tashlaydi. Shu payt Navro‘z na’ra tortib maydonga otiladi. Ikki sarkarda yakkama-yakka olishuvga tayyorlanadilar. Olishuv avjiga chiqqan paytda Gul Navro‘zni ovozidan tanib qoladi va hushidan ketib yiqiladi. Niqobdagi lashkarboshi Gul ekanini Navro‘z sezib qoladi va qilichini uloqtirib, o‘zini yerga otadi.
Bu voqeadan keyin Yaman va Adan podshohlari urushni to‘xtatadilar. Har ikkala mamlakat shohlari Gul bilan Navro‘zga qattiq bog‘!anib, ularga suyanib qoladilar. Shu orada farzandlarini yurtma-yurt izlab yurgan Navro‘z bilan Gulning otalari kelib qoladilar. Har ikkala sevishgan yoshlar qayerda yashashlari kerakligi to‘g‘risida hammalari uzoq bahslashadilar. Shunda Navro‘zning otasi Farrux bahslashayotgan shohlarga mamlakatlami birlashtirib, hamjihat bo‘lib yashashni talxlif qi- ladi. Hukmdorlar Farruxning maslahatini qabul qiladilar. Farxor, Adan, Yaman va Navshod davlatlari birlashadi va Navro‘z shoh bo‘ladi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling