Nuqta bilan nuqta topib intizoj,
Qo‘ydi alif farqina shohona toj.
Tushgach alif qomatining soyasi,
Topti ham ul soyani ham soyasi.
Toj zilli, nuqta alif zillini,
Ismi alif, na’ti alif lomini.
Shoir so‘zning qudratiga baho berib, oqiilar va oriflarning so‘zdan foydalanish maqsadiga to‘xtaladi: oqi I lai'- so‘zlami tizib, ma’nili ma’no, ifoda paydo qiladi. Oriflar esa so‘zlaganda o‘sha so‘zlarda o‘zlarini na- moyon qiladilar, so‘zda ifodalangan tub mohiyatga e’tibor beradilar. Ma’no va mohiyat birgalikda qudratga ega bo‘ladi.
Xorazmiy oqillar va oriflarning so‘zga munosabatini, har ikkala to- ifaning so‘z qiymatini baholashda qaysi nuqtai nazardan qarashini alo- hida ta’kidlaydi. Shoir oqillarga nisbatan “ahli nazar”, oriflarga nisbatan “nuri basar” iboralarini qo‘llar ekan, ular zohiriy va botiniy ilmga erish- gan, bu ilmlami o‘zlarida namoyon etgan zotlar ekanligiga ishora qiladi:
Ahli nazar shevasini so‘z bila,
Nuri basar mevasini ko‘z bila.
So‘z ko‘zidur ulki ko‘rar holni,
0‘z so‘zidur ulki so‘rar qolni.
So‘zda ko‘zu so‘zlaguchida nazar,
Yo‘q esa so‘z kizlaguchida xabar.
Zohiru botin xabari so‘zdadur,
0‘zgada yo‘q, har neki bor o‘zdadur.
Bu o'rinda “hoi”, “qol” so‘zlari ostidagi tushunchalar yuqoridagi “ahli nazar” va “nuri basar” iboralarini to‘ldirib keladi. Zotan, “hoi” ahli - nuri basarlardir, ulaming tasavvurlari ilohiy jamolni mushohada qila boshlaydi, ular tili bilan emas, dili bilan so‘zlay boshlaydi (Kornilov N. Yuqoridagi asar, 30-b.). Ayni paytda “qol” ahli - ahli nazarlardir. Ular zohiriy ilmlar, jumladan, shariat ilmi sohiblaridir. Zohir ham, botin ham so‘zda ifoda topishiga Xorazmiy alohida urg‘u berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Xorazmiy, qimmatli umr o‘tib ketadi, so‘z - durdir, so‘z dunyoda zurriyot kabi qoladi, deb bu bobni tugatar ekan, o‘z asarining mazmun- mohiyatini alohida ta’kidlayotganday bo‘ladi.
“Musannifning vasfi xoli” bobida shoir oldingi bobdagi mahzun kayfiyatni davom ettiradi. Xorazmiyning mahzun kayfiyatiga sabab - g‘am bilan oshno bo‘lganida, ulfati va hamsuhbati g‘am ekanligida. Shu bois uning ko‘z yoshidan - boda, bag‘ridan - kabob, yurak dardidan - nuql (gazak), fig‘onidan - rubob kuyi yaralgan va keyingi baytlarda ham shu ruh davom etgan.
Ammo Xorazmiy shu kayfiyat bilan cheklanib qolmaydi. Uning o‘git va nasihatlari mahzun kayfiyatiga hamohang emas. Bu kayfiyatdan maqsad - “mo‘jizatek so‘z” yoki “anglagutek ko‘z” orqaii ilohiy sirlami anglashga da’vat qilishdir. Quyidagi bayt bu maqsadni yanada ochiqroq ifoda etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |