Shu voqeadan keyin No‘shiravon tavba qilib, adolat yo‘lini mahkam tutibdi, u adolatli shoh degan nomga munosib bo‘libdi, uning ezgu nomi butun dunyo bo‘ylab yoyilibdi'45
Shu hikoyatdan keyin Nizomiy yana adolatli bo'lish, Haq so‘ziga amal qilish to‘g‘risida o‘git beradi va ikkinchi maqolot nihoyasiga ye- tadi.
Nizomiy o‘z davrining buyuk mutafakkiri ekani keyingi hikoyatlar- da yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shoir adolat, zolim podshohlardan shikoyat, mehnatning foydasi, odamlarga yaxshilik qilish, qiyinchilik- lardan qo‘rqmaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi va baxillikning oqibati kabi hayotiy masalalarga alohida urg‘u qaratadi, hi- koyatlarida davrning muhim ijtimoiy masalalarini ko‘taradi.
Nizomiyning mazkur dostoni Navoiyning “Hayrat ul-abror” dosto- niga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Nizomiyning dostoniga esa XI asming oxiri — X11 asming boshlarida yashab ijod etgan fors shoiri Abdulmajid Majdud ibn Odam Sanoyining “Hadiqat ul-haqoyiq” dostoni ta’siri bor (O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik.1977, 115-b.).
Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” dostoni tuzilishi. Haydar Xo- razmiyning “Maxzan ul-asror” dostoni o‘zbek tilidagi axloqiy-falsafiy
145 Shavx Nizomiy Ganjaniy. Maxzan ul-asror (S irlar xazinasi). Forsiydan in ‘zbekiskon o^alc] shoiri Jamol Kamol toyiimosi. 2Z16, 11Z-b.
dostonchilikning yirik namunasidir. Asar taxminan 1409-1414-yillar oralig'ida yozilgan.
Haydar Xorazmiy bu dostoni bilan o‘zbek adabiyotida hikoyat jan- ri taraqqiyotiga katta ulush qo‘shdi. Jumladan, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”, Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asarlaridagi she’riy va nasriy hikoyat janrini Xorazmiyning hikoyatlari mavzu va g‘oya jiha- tidan boyitdi. Zotan, Xorazmiy hikoyatlarining hammasi, xuddi Nizomiy hikoyatlari kabi, didaktik mazmundadir. U hikoyatlardagi didaktik maz- munni yanada takomillashtirdi. Didaktik janrni o‘z davrining ijtimoiy hayoti bilan bog‘ladi.
Nizomiyning “Maxzun ul-asror” dostonida ko‘tarilgan masalalar mazmunan Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” asarida davom etadi. Shunisi diqqatga sazovorki, Xorazmiy har bir hikoyatga mustaqil, takrorlanmas asar sifatida g‘oya yuklaydi. Xorazmiy o‘z asarida Nizomiy Ganjaviyni hurmat bilan tilga oladi, unga so‘z ganjining podshohi sifatida yuksak ta’rif beradi. Haydar Horazmiyning “Maxzun ul-asror”i Nizomiyning asaridan hajman ancha kichik bo‘lib, 639 baytdan iborat masnaviydir.
Dostonda so‘z va unga yuklangan vazifalar. “So‘z ta’rifining bayoni” bobida muallif inson tili so‘zni yozishga asos bo‘lgani, ya’ni so'znitig insoniyat singari qadimiy ekaniga, so‘z gavharini bilguvchi zot hammadan ustun ekanini madh qilib, muharraf san 'atini qo‘llaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |