O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘q edi faryodina faryodras, Kuydi aning nolasidin xoru xas...
- Savol va topshiriqlar “Qissayi Yusuf’ va “Yusuf va Zulayho” dnstn“lgri“i“u ildizi qa- yerga borib taqaladi
Har biri zanbur kibi urdi nish,
Bo‘ldi oning gul badani jumla resh. Har biri tashlodi anga mushtu lagad, Ya’inki Ya’qub seni der valad. Har biriga sig‘inib eltur panoh, Yo‘q edi Yusufqa kishi uzrxoh. Bo‘ldi aning gul tanidin xun ravon, Nolau zori qilur erdi fig‘on. Yo‘q edi faryodina faryodras, Kuydi aning nolasidin xoru xas... Dostonda tush va kurash motivlari. “Qissayi Yusuf’ va “Yusuf va Zulayho” dostonlarida ham voqealar Yusufga bog‘lanadi, u dostonning bosh qahramoni, dostonning barcha qahramonlari ham Yusuf obraziga bog‘langan. Shunday bo‘isa-da, obrazlar tizimida alohida o‘ziga xoslik- lar bor. Doston obrazlari yo an’anaviy tarzda voqealar davomida Yusuf obraziga kelib tutashadi yoki muallif o‘sha qahramonni ataylab oldin- dan tayyorlaydi. Jumladan, har ikkala dostondagi Maliki Tojir obrazida ayni ana shu o‘ziga xoslikni kuzatish mumkin. Qul Ali dostonida Maliki Tojir Musoning “Ibtido” kitobidagi voqealar bilan o‘xshash, ya’ni Qul Ali an’anaviy syujetga tayanadi. “Ibtido”da Maliki Tojir o‘mida ismoiliy savdogarlari bor. 0‘zbek tilidagi “Yusuf va Zulayho” dostonida esa muallif Yusufning kelajagini oldindan belgilaydi va dostonga tush motivini olib kiradi. Bu motiv dostonda muhim vazifa bajarib, asosiy maqsadni - bosh qahramon Yusufning kelajak taqdirini belgilashga xizmat qila- di. Muallif dostonga eng qulay va kitobxonga tanish boTgan usulni - xalq og‘zaki ijodi detalini olib kirgan. Shuningdek, Yusuf bilan Zulayho bir-birlarini tushlarida ko‘rib sevib qolganlari (Qul Alida faqat Zulayho Yusufni tushida ko‘radi)da ham bu motivning vazifasi yanada oydinlas- hadi. Tush motivi doston syujetida hal qiluvchi vosita sifatida faoliyat ko‘rsatib, epik motivga asos bo‘ladi va dostonning dunyoviy ishq mav- zusida yaratilishiga xizmat qiladi. Doston so‘ngida kurash motivi bor. Yusufning o‘g‘li Meshom Ya- hudo, Sham’un va boshqa aka-ukalar bilan yakkama-yakka olishadi. Xalq og‘zaki ijodidagi an’anaviy motivlardan “Yusuf va Zulayho” mu- allifi unumli foydalanibgina qolmay, muallif syujetning tarmoqlanishi va kengayishi uchun asosiy omil sifatida bir necha motivni dostonga olib kirgan. Zotan, motivlar majmui syujetni hosil qilgan146. Barcha motivlar “Yusuf va Zulayho” dostoni muallifining pozitsiyasini belgilaydi. Muallif dostonni dunyoviy ishq mavzusida yaratishni maqsad qilib qo‘ygan. Yuqoridagi motivlar dostonga qahramonlik motivlari kirib kelishiga ham zamin bo‘lgan. Shu motivlar tufayli doston dunyoviy sevgini kuylovchi asar sifatida o‘zbek adabiyoti tarixidan alohida o‘rin oldi. Qul Alining “Qissayi Yusuf’ dostoni syujetining nihoyasi esa tamo- mila o‘zgacha: voqea romantik tasvir bilan yakunlanadi, bunday tasvir Yusufning tabiatidan kelib chiqqan holda yaratilgan. Yusuf Qul Alining dostonida hamma o‘rinda itoatkor, u qul, qullarning tabiatiga xos itoat- korlik dostonga qahramonlik yoki kurash motivlarini olib kirishga yo‘l qo‘ymaydi. Yusufda akalariga nisbatan dushmanlik kayfiyati yo‘q. Qis- sa so‘ngidagi saroy devoridagi san'at asarlari tasviri ana shu kayfiyatga barham bergan. “Qissayi Yusuf’ va “Yusuf va Zulayho” dostoni voqealaridagi yu- qoridagiday ayrim farqlar, shubhasiz, geografik sharoit, adabiy muhit- ning ma’lum darajada izga tushgani va adabiy aloqalar, ijodkorlarning o‘z davri jamiyatidagi ijtimoiy voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liq. Salim Sulaymonning “Yusuf va Zulayho” dostoni. Dostonning folklor variantlari. Umuman olganda, dunyo xalqlarida tarqalgan “Qissayi Yusuf’ hamda “Yusuf va Zulayho” dostonlari, garchi bir syujetga asoslangan bo‘lsa ham, bir qolipda yaratilgan emas. Ijodkorlar bu mav- zuga murojaat etar ekanlar, xalq og‘zaki ijodi motivlarini olib kirib, ki- tobxon didiga yaqinlashtirishga harakat qilganlar. Hatto ayrim xalqlarda doston syujeti shunchalik ommalashganki, yozma adabiyotdagi “Yusuf va Zulayho” dostonlari asosida xalq og‘zaki ijodi variantlari ham paydo bo‘ldi. Jumladan, kurd xalqida “Yusuf va Zulayho” dostonlarining folklor variantlari buning bir namunasidir. XVI asrda yashagan kurd shoiri Salim Sulasmonninn “Yusuf va f u- layho” dostomni qisqgrtiriih (hamd va na’tni, qahramonlami“g tashqi qiaofgsi va ichki kechinmalari tasvirini tushirib qoldirish) orqali bu dostonning o‘“ ikkita folklor varianti aaratilga“I‘l4. Har bir varianti taxminan bir ertak hajmiga teng keladi. Ammo gsosia syujet liniyala^ri - akalammg Yusulga hasadi va Yusufni ondirish “iyati, Yusuf^ng qvdvqqa tashla- nishi va h. unqeglar deyarli hamma folklor uaria“tlgridg bor. “Yusuf va Zhlaaho” dostonining folklor vgriantidgn, qoUversa, o‘zbek tilidagi “Yusuf va Zulayho”ni muallif xalq tilida ygratgamdan va folklor motiularidgn unumli foydala“gg“ida“ ma’lum bo‘ladiki, keng xalq ommasi uchun bu doston tom mg’“odggi ishq dostoni bo‘lgan. Savol va topshiriqlar “Qissayi Yusuf’ va “Yusuf va Zulayho” dnstn“lgri“i“u ildizi qa- yerga borib taqaladi? Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling