O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet228/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Sig‘tab ko‘zi o'rtulur.
Mazmuni: Alp Er To‘nga o‘limiga achinib odamlar bo‘ridekuvlash- dilar, yoqa yirtishib baqirishdilar. Ba’zan cholg‘uchilar chalg‘usining ch.inqirig‘i kabi baqirishadilar. (Ular shuncha yig‘lashdilarki, ko‘z yosh- lari) ko‘zlarini qopladi.
«Dunyo begi» vafot etsa-da, barcha uni yodida tutadi, ezgu sifat- lar bilan eslaydi, fojiali musibatdan qayg‘uradi. Butun tushkunlikning, ko‘ngil cho‘kishining sababi - uning bevaqt dunyoni tark etishi. Umu- man, Alp Er To‘ngani doimiy qo‘msash ruhi butun marsiya bo‘ylab hukmronlik qiladi:
Ko‘nglum ichun o'rtadi,
Yctmish yashig‘ qartadi.
Kechmish uzuk irtadi,
Tun-kun kechib irtalur.
Mazmuni: tushgan musibat bilan ko‘nglim o‘rtandi, bitgan yaramni tirnab, yangilatdi, o‘tgan kunlarimni istatdi, kecha-kunduz izlatdi.
Marsiya barmoq vaznida yaratilgan bo‘lib, murabba’ shaklidagi bandlararo a-a-a-b, v-v-v-b qofiyalanish tartibiga ega. To‘rtliklaminghar bir misrasi yetti bo‘g‘indan tashkil topgan.
Qadimgi turkiy she’riyatning yirik bilimdonlaridan biri l.V.Stebleva Alp Er To‘nga haqidagi marsiyadan tashqari, yana 4 ta to‘rtlikni bir- lashtiradi va unga «Noma’lum qahramon haqida marsiya» deb nom qo‘yadi',S2. To‘rtliklarda qahramon jangchining o‘iimidan afsuslanish ruhi yetakehidir. Demak, ulami bemalol marsiya janri namunalari de- yish mumkin. Muallifning noma’lum qahramon deb atashi bejiz emas. Chunki uning kimligi haqiqatan ham noma’lum. To‘rtIiklaming uchta- sida uning vatanparvarligi, mardligi, bahodirligi, dushmanga nisbatan beayovligi to‘g‘risida gap boradi:
Yag‘i o‘tin o‘ehurgan,
To‘ydin ani ko‘churgan,
Ishlar uzub keehurgan,
182 Стеблева И.В. Развитие тюркских поэтических форм XI века. Москва, Наука, 19 71. С. 159-161.
Tegdi o‘qi o‘ldirur.
Mazmuni: u urush olovini o'chiravchi, ularni (dushmanlami) askar safidan haydab chiqaruvchi, shu bilan birga, qiyin ishlarni bajaruvchi edi. Unga halok qiluvchi zamon o‘qi tegdi.
Marsiyaning ikkinchi bandida qahramonning sifatlari uiug‘lanadi. Olijanoblik, doimo ezgu ishlaming boshida turish, ijobiy fazilatlar bilan boshqalarga namuna bo‘lish uning o'ziga xos xususiyatlari ekanligi es- lanadi va ana shunday odamning o‘limiga afsus va nadomat chekiladi:
Turg‘an ulug‘ ishlaqa,
Tirki urub ashlaqa,
Tumlug‘ qadir qishlaqa,
Qo‘zti erig umduru.
Mazmuni: U odam ulug‘ ishlarga chidam bilan turish beradigan edi. Dasturxoni qattiq qishlarda ochiq edi, odamlami o‘zining yaxshiliklari- dan umidvor qilib tashlab ketdi.
Marsiyaning vazni, qofiyaianishi, bo‘g‘iniar tizimi Alp Er To'nga marsiyasiga mos keladi. Har ikkala marsiyadagi lirik qahramonning iztirobi bayoni Enasoy bitiglarini yodga soladi. Chunki Enasoy yod- nomalarida ham kishining iztirobi bayoni tasviri asosiy o‘rin tutadi va bu ulaming yig‘i janri asosida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi. Enasoy yodnomalari vafot etgan kishining tarjimai holi bilan bog‘langan bo'lib, unda marhumga xos bo‘lgan xususiyatlar tasviri yetakchidir183: «Avlod- larim, siziardan ayrildim. Oh, uydagi xonzodalarimdan ayrildim. Sakkiz o‘g‘limdan ayrildim-ey. Xoqonim, elim xizmatida bo‘ldim, dono hukm- dorimga xizmat qildim, do‘stlarimga xizmat qildim. Bu men uchun sha- rafdir. Xoqonim uchun, Bilga Chiqshan xoqoniga xizmat qildim, ey xal- qim, yigitlik sharafim uchun davlatimga xizmat qildim. Tangriga xizmat qildim. Endi ajoyib do'stlarimdan ayrildim. Bu mangu toshimdir. Men alamli Chiksinman»’i4.
«Chako‘1 yodnomasi» mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u marhum hayotiga aloqador ma’lumotlar bayonidan iborat bo‘lib, I shaxs tilidan hikoya qilinyapti. Enasoy yodnomalarining I shaxs, ya'ni marhum tilidan 168 169 hikoya qilinishi, ular bilan Urxun yodnomalari o‘rtasidagi uyg‘unlikni keltirib chiqaradi: «Turk bo‘dun qanin bo‘lmayin Tabg‘achda adrilti, qanlanti. Qanin qo‘dub Tabg‘achqa yana ichikdi. Tangri ancha temish arinch: qan bartim, qaningni qo‘dub icbikding, ichikduk uchun teng­ri o‘l temish, arinch. Turk bo‘dun o‘lti, alqinti, yo‘q bo‘lti. Turk sir bo‘dun erinta bo‘d qalmadi»1!i5. Mazmuni: Turk xalqi o‘zining xoni bi­lan bo‘lmay, Tabg‘ach xoqonligiga qo‘shildi, xonlik bo‘ldi. O‘z xoni- ni qo‘yib, yana Tabg‘ach xoqonligiga qo‘shildi. Tangri shunday degan ekan: Xon berdim. Xoningni qo‘yib, taslim bonding. Tabg‘achga taslim bo‘lgani uchun Tangri o‘l, degan shekilli. Turk xalqi o‘ldi, yo'q bo‘ldi, tugadi. Turk sir xalqi yerida birorta ham urug‘ qolmadi.
Kul tigin bitigidagi tasvir To‘nyuquq bitigidan farqli o‘!aroq, Bilga xoqon tilidan olib boriladi. Bu esa tasviming I shaxs tilidan hikoya qilinis­hi hodisasi barcha Urxun yodnomalariga ham xos emasligini ko‘rsatadi: «O‘gim qatun ulayu o'glarim, akalarim, kalingunim, qunchuylarim buncha yama tirigi kung bo‘ltachi arti, o‘lugi yurtda yo'lta yatu qaltachi artigiz! Kul tigin yo‘q arsar, qo‘p o‘ltachi artigiz! Inim Kul tigin kargak bo‘lti, o‘zim saqintim; ko‘rur ko‘zim ko‘rmaztag, bilir biligim bilmaztag bo‘lti, o‘zim saqintim. 0‘d tangri yasar, kisi o‘g‘li ko‘p o‘lgali to‘pimis. Ancha saqintim ko‘zda yash kalsar, atida ko‘ngulta sig‘it kalsar, yanturu saqintim, qatig‘ di saqintim: aki shad ulayu iniyu gunim o‘g‘lanim beg- larim budunim ko‘zi qashi yablaq bo‘ltachi tip, saqintim»1116. Mazmuni: Onam xotun, keyingi onalarim, opalarim, kelinlarim, xonzodalarim, tiri- gingiz cho‘ri bo‘lar edi, oTigmgiz cho‘lu biyobonda, yo‘lda yotib qolar edingiz! Kul tigm bo‘lmasa, butunlay о Tar edingiz. Inim Kul tigin vafot etdi, vujudim alam chekdi. Ko‘rar ko‘zim ko‘rmayotganday, bilar aqlim bilmayotganday boTdi (es-hushimdan ajraldim), jonim azobda qoldi. Dunyoni tangri yasaydi, inson bolalari hammasi oTadigan qilib yaratil- gan. Shunchalik alam tortdimki, ko‘zga yosh kelganda, ko‘ngilga yig‘i kelganda, qayta g‘am chekdim, qayta qayg‘urdim. Ikki shad, keyingi ini-jiyanim, o‘g‘illarim, beklarimning ko‘zi, qoshi yomon bo‘ladi, deb qayg‘urdim.
Mazkur parchani o‘rganar ekan, professor N.Rahmonov undagi Kul tigin tasviriga e’tiborni. qaratadi va qahramonning g‘ayri tabiiy faoliva-
Матов С.К Памятники древнетюркской письменности. Москва — Ленинград, Наука, 1951. С. 61.
’X Малов С.К. Уша китоб. Б. 33.
tini xalq og'zaki ijodiga xos xususiyat sifatida baholaydi170. Darhaqiqat, obrazlardagi mubolag‘ali tasviming boshqa Urxun yodnomalarida ham uchrashi bitiktoshlaming yozma adabiyot sifatida shakllanishida folklor- ning ta’siri borligidan dalolat beradi.
Urxun bitiglaridagi yig‘i yodnomalar tarkibida uchraydi va ular to‘liq mazkur janr asosiga qurilmagan, balki tarixiy qahramonlik dos- tonlaridir. Enasoy yodnomalarining asosini esa yig‘i janri tashkil etadi. Bu jihatdan ular o‘zaro farqlanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, marsiya Enasoy yodnomalarida I shaxs - marhum tilidan aytiladi. Bu usul mar- siyaning alohida shakli hisoblanadi. U qadimgi shomonlikcha inonch tasavvurlaming mahsuli bo‘lib, marhumning ruhi tirikdir, degan qarash asosida shakllangan.
Yig‘i janri namunalari turkiylaming tarjima adabiyotida ham mav- jud. Mazkur fikrning tasdig‘ini xitoychadan o'girilgan «Oltun yorug‘» dostonida ko‘rish mumkin. «Oltun yorug‘»dagi «Shahzoda va bars» afsonasida kichik shahzoda - Mag‘astvining o‘zini qurbon qilishi ush- bu janmi yuzaga chiqaradi: “Na ada arti adayim. ko‘rklakaya o‘gukum. 0‘lmak amgak nachukin, o‘ngra kalip artturti. Sintida o‘ngra o‘lmakig bulayin ay kunkayam. Ko‘rmayin arti munitag ulng‘ achig‘ amgakig...”171
. Mazmuni: Qanday kulfat bo'idi-yi, qo‘zichog‘im, jonim-
dan aziz erkatoyim! 0‘lmoq azobi nima uchun (senga) barvaqt kelib olib ketdi. Sendan oldin o‘limni (men) topsam (bo‘lmasmidi), ey quyoshim! (Shunda) ko'rmas edim bunday og‘ir, achchiq azobni!
Ko‘rinadiki, parchadagi onaning iztirobi bayoni tasviri uni yuqorida keltirilgan namunalarga yaqinlashtiradi va yig‘i janrining turkiy adabi- yotda o'ziga xos shakllanish yo‘liga ega ekanligini bildiradi.
Yig‘i janrining taraqqiyoti masalalarini tadqiq etish qadimgi turkiy adabiyotda yig‘i tasvirining ikki yo‘nalishda amalga oshirilganligini ko‘rsatadi:

  1. Yig‘i marhum tilidan bayon qilingan (Enasoy yodnomalari).

  2. Yig‘i o‘zga kishilar, asosan, marhumning yaqinlari tomonidan bayon qilingan (Kul tigin bitigi, «Oltun yorug‘» dostonidagi yig‘i, Alp Er To‘nga marsiyasi).

Lekin har ikkala holatda ham yig‘i janrini epiklashtirish holati ku- zatiladi. Bu jarayon qadimgi turkiy adabiyotda janrlar tizimining odat va marosimlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Janrning keyingi vaqtlardagi takomili davrida asta-sekin yig‘ining marhum tilidan aytilishi hodisasi yo‘qola borgan va uning o‘miga bosh- qa hayotiy shaxslar tomonidan ijro etilishi janr mezonlaridan biriga ay- langan.
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, yozma adabiyotda yig‘i sof janr sifatida Enasoy yodnomalari orqali yuzaga chiqdi. Urxun yod- gorliklarida esa boshqa janrlar bilan aralash holda yashadi. Keyingi ri- vojlanish bosqichlarida shakllanib, o‘ziga xos qoidalarga ega bo‘ldi va marsiya degan atama orqali nomlandi. Janrning arabcha nomlanishi is- lomdan avvalgi davrlarda adabiyotshunoslik ilmining taraqqiy etmagan- ligi bilan izohlanadi.
QASIDA
Qasida lirik tur janrlaridan biri bo‘lib, bu so‘z arabchadan o‘zbekchaga o‘girilganda maqsad, niyat kabi ma’nolarni anglatadi. Uning namunalarini Sharq adabiyotida keng tarqalgan janrlardan biri sifatida arab, fors, turkiy tilda qalam tebratgan shoirlar ijodida ham uch- ratish mumkin. Manbaiarda qasida haqida gap ketganda, u biror tarixiy shaxs, mashhur arbob yoki qahramon, muhim voqea kabilarga bag‘ishlab yozilgan tantanali uslubdagi asar ekanligi qayd etiladi. Shuningdek, tabi- at, cholg‘u asboblari, ijtimoiy-falsafiy mavzulardagi qasidalar ham mav- judligi alohida ta’kidlanadi. Qasida g‘azalga o‘xshab qofiyalanadi. Hajm jihatidan kattaligi bilan g’azallardan farqlanadi. Qasidalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: qasidai torn va qasidai mujarrad (qasidai mahdud yoki qasidai muqtazab). Qasidai tom, ya’ni to‘liq qasida tarkibida na- sib (kirish qismi), gurizgoh (asosiy qismga tayyorlovchi bo‘lim), madh (tasvirlanayotgan shaxs, voqea yoki narsa maqtovi) va qasd (muallif- ning maqsadi bayoni) qismlari mavjud bo‘ladi. Qasidai mujarrad - to‘liq bo‘lmagan qasidada esa yuqoridagi qismlardan ayrimlari (madhdan tash- qari) bo‘lmasiigi mumkin.
Har qanday janrning har bir xalq adabiyotida o‘ziga xos shakllanish tarixi mavjud. Qasida ham turkiy adabiyotga o‘z-o‘zidan kirib kelgani yo‘q. Uning ildizlari awalo turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari aso- sida paydo bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida “qo‘shug‘” atamasini “she’r”, “qasida”, “qo‘shiq” sifatida ishlatganligj ma’lurn:
Turkan qatun qutunga,
Tegur mendin qo‘shug‘,
Ayg‘il sizing tabug‘chi, 0‘tnur yangi tabug‘.
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) yetkur va xodimingiz yangi xizmatlaringizga tayyor, deb ayt'x9.
Bu atama “Qutadg‘u bilig” dostonida ham mavjud ekanligiga o‘z vaqtida mutaxassislar e’tibor qaratishgan".

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling