O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaba yirtinchug bir yintem ider tuymayur.
Savol va topshirqlar
Sayyid Qosimiyning qaysi dostonlari bizga yetib kelgan? “Majma’ ul-axbor”ning tuzilishini ayting. “Haqiqatnoma” dostonining tuzilishini aytib bering. “Haqiqatnoma” dostonining tuzilishi haqida sobzlab bering. “Ilohiynoma” dostoni kimning asari ta’sirida yozilgan? Attor bilan Qosimiy “Ilohiynoma”laridagi farqlarni ayting. Husayn Boyqaro ijodining asosiy xususiyatlari nimalardan ibo- rat? XULOSA Biz o‘zbek mumtoz adabiyotining eng qadimgi davrlardan XV asming birinchi yarmigacha boigan tarixini sizlarning e’tiboringizga havola qildik. Mazkur qo41anmada ilk marta islomgacha bo‘lgan davr turkiy, ya’ni o‘zbek adabiyotining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyoti tamomila yangicha qarash va tahlil usullari orqali o‘rganildi va talaba- lar, ilm ahli, qolaversa, keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Biz asosan, davming yoki badiiy asarda ilg‘anmaydigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga emas, balki badiiy matnga asosiy e’tibomi qaratdik. Tala- bada ham, oddiy kitobxonda ham badiiy didni tarbiyalash hamma davr- dagi badiiy asaming birinchi vazifasidir. Agar adabiyot shu vazifasini bajarmasa, o‘z-o‘zidan e’tibordan chetda qoladi va adabiyot maydoni- dan chiqib ketaveradi. Shuningdek, “Qisasi Rabg‘uziy”, “Nahj ul- fa- rodis”, “O‘g‘uznoma”, “Jome’ut-tavorix”, “To‘rt ulus tarixi” kabi bir qator e’tibordan chetda qolib kelgan badiiy, tarixiy-adabiy asarlar, Abu Rayhon Beruniy kabi qomusiy olimlaming adabiyotshunoslik faoliya- ti, Ibn Sinoning “Hayy bin Yaqzon” kabi falsafiy asarlari va b. ko‘plab ijodkorlarning siyosiy nuqtai nazardan badiiy asar sifatida inkor qilingan yoki qoralangan asarlari oliy o‘quv yurtlari dasturiga kiritildi va mazkur qo‘llanmadan ham joy oldi. Badiiy asar tushunchasi kengdir. Har bir davr adabiyotining o‘z badiiy mezonlari, qoidalari bor bo‘lib, albatta, keyingi davr adabiyoti uchun zamin bo‘lgani shubhasiz. Biz o‘zbek adabiyoti tarixini Sho‘ro davridagidan tamomila farqli ravishda ilgari o‘zimiz ishlab chiqqan ta- moyillar asosida davrlashtirdik. Biz o‘zbek adabiyotini davrlashtirish tamoyillari haqida alohida monografiya ham yaratdik. Albatta, hali mazkur qo'llanmada jiddiy o‘rganilishi, yoritilishi zarur bo‘lgan masalalar bor. Kelgusida bu masalalar takomillashtirib boriladi. Biz mazkur qo‘llanma yuzasidan takliflami va mulohazalarni bajo- nidil qabul qilamiz. Bizning elektron manzilimiz: nasimhon_r@mail.ru ILOVA O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI VA AYRIM JANRLAR TAKOMILI O‘zbek adabiyoti tarixiga nazar solganda, shubhasiz, uning jahon- dagi ko‘pgina xalqlar adabiyoti kabi boy adabiy merosga ega ekanligi ko‘zga tashlanadi. Bu adabiyotning ildizi uzoq davrlarga borib taqaladi. Uning shakllanishi va taraqqiyoti bevosita qadimgi turkiy adabiyot bilan mustahkam bog‘liq. Chunki o‘zbek adabiyoti qadimgi turkiy adabiyot negizida rivoj topgan. «Qadimgi turkiylar davridagi adabiy an'ana iz- siz yo‘q bo ‘lib ketmadi, balki o'zida murakkab estetik-adabiy tizimni gavdalantiradigan mumtoz turkiy she’riyatga kirib keldi»148. Qadimgi turkiy moniylik she’rlari, turkiy buddaviylik adabiyoti, Urxun-Enasoy obidalari, «Devonu lug‘otit turk»da saqlanib qolgan badiiy ijod namuna- larining shakliy-poetik xususiyatlari ilk klassik davrdagi turkiy adabiyot- da davom etganligi turkiy adabiyotning uzluksiz ravishda taraqqiyotda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Turkiy adabiyotda she’r qadimdan mavjud. She’ming shakllanishi turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari asosida paydo bo4gan. Bu xu- susiyat uning janrlar tizimida yaqqol ko‘rinadi. Qadimgi turkiy adabi- yotdagi ayrim janrlar to‘g‘risida «... so‘z yuritilganda, hozirgi janrlar haqidagi tasavvurlardan bir oz chekinishga to‘g‘ri keladi. Aks holda, qadimgi turkiy adabiyotdagi janrlarning paydo boTishi va o‘ziga xosli- gini, ilk klassik davrdagi adabiy janrlardan farqlarini ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi»149. Har qanday janming har bir xalq adabiyotida o‘ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo‘li mavjud. Janrlar qotib qolgan narsa emas, ular ham ma’lum bir davrda tug‘iladi, shakllanadi va boshqa janrlarning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi. «Har bir janr avvalo aralash (sinkre- tik) tarzda yashaydi, tabaqalanish shundan keyin boshJanadi. Shuning uchun ham janr shakllangan narsa, bungacha u silliqlanadi, tarashlanadi, tekislanadi, unga jilo va pardoz beriladi. Barqarorlikkina emas, balki ta- rixiy shakllangan bo‘lish ham janrlarning muhim belgisidir. Bundan do- imo yangi janrlar tug‘ilib turishi mumkin degan xuiosa kelib chiqadi»150 Janrlaming takomilida ijodkorlarning ham alohida xizmatlari bor. Chunki har bir shoir qaysi bir janrda qalam tebratmasin, birinchi nav- batda, o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyish etadi. Ikkinchidan, ular o‘sha janrlaming takomiliga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Demak, ijodkoming individual mahorati orqali janrlardagi o‘ziga xoslik ham na- moyon bo‘la boradi. Shoir uchun faqat bitta emas, bir nechta janrda asar yaratish imkoniyati mavjud. Bu bevosita uning iste’dodi bilan bog‘liq tarzda yuzaga chiqadi. Badiiy adabiyotning taraqqiyoti birgina shoirda bir necha janrlarda ijod qilishga sharoit yaratadi. Bizgacha yetib kelgan qadimgi turkiy adabiyot namunalarini o‘rganish, yakka. ijodkorlarning asosan sanoqli bitta yoki ikkita janrlarda asarlar yaratganligidan dalo- lat bersa, ilk klassik davrdan boshlab, shoirlaming janrlardan foydala- nishida o‘ziga xos keng qamrovlilik kuzatila boshlaydi. Masalan, katta hajmdagi asar muallifi bo‘lgan Yusuf Xos Hojib doston janri rivojiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, biroq u “Qutadg‘u bilig” tarkibida bir necha janrlardan mahorat bilan foydalangan. Dostondagi masnaviy, to'rtlik, qasida elementlari shundan dalolat beradi. Bu an’ana Adib Ahmad ijodida ham davom ctadi. “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham to‘rtlik, masnaviy bilan birgalikda g‘azalga xos belgilar mavjud. Nasriy asarlar tarkibida kichik lirik janrlaming uehrashi va, shuningdek, nomalar asosi- da yaratilgan badiiy ijod namunalarida ham bir nechajanrlardan samarali foydalanish yozma adabiyotning o‘sha davrlardagi ichki qonuniyatlari bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan hodisa sanaladi. Umuman, bunday x us us i yat qadimgi turkiy adabiyot uchun bcgona emas. Xususan, bitik- toshlar matnida ham shunday holat kuzatiladi. Qolaversa, bunday an’ana og‘zaki adabiyotda ham bor. Bir shoirning bir necha janrga murojaat etishi va ularda alohida-alo- hida mustaqil she’r yozishi keyingi asrlardan boshlab, tabiiy jarayonga aylana bordi. Bu hodisani yakka individual ijodkorda Sayfi Saroyidan boshlab kuzatish mumkin. Undan bizgacha yetib kelgan adabiy meros ko‘lami unchalik ham ko‘p bo‘lmasa-da, biroq borlarining o‘zi ham sho- iming anchagina sermahsul ijodkor bo‘lganligidan darak beradi. Jumla- dan, Sayfi Saroyi g‘azal, masnaviy, mboiy, cbiston, qasida kabi kichik lirik janrlar bilan bir qatorda doston janrida ham o‘zini sinab ko‘radi. Hattoki, tarjima bilan shug‘u!lanadi. Bunday keng qamrovlilik keyingi davrlarda yashagan Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Hofiz Xoraz- miy kabi barcha shoirlarda ham bor. Ular bir necha janrlarda ijod qilish uchungina emas, balki janrlarning imkoniyatini kengaytirish, ulaming takomili va mashhur bo‘lishini ta’minlash, ularda she’r yozish badiiy ijod olamida o‘ziga xos an’anaga aylanisbi uchun ham xizmat qildilar. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu davrlardan boshlab, ayrim janrlarning yetakchiligi ko‘zga tashlana bordi. Xususan, g‘azal haqida shunday fikr aytish mumkin. Urauman, janrlarning taraqqiyoti badiiy adabiyotning rivoji bilan bir qatorda shoirlarning individual mahoratiga ham bog‘liq ravishda amalga oshishini unutmaslik lozim. TO‘RTLlK To'rtliklar qadimdan turkiy xalqlar she’riyatida keng qoMlanilib ke- ladi. Hozirgi mavjud manbalarga tayangan holda aytish mumkinki, biz- gaeha to‘rtliklaming turkiy yozma adabiyotdagi eng qadimgi namunalari Moniy va Budda muhitida yaratilgan she’rlar orqali yetib kelgan. Mazkur she’rlar buddaviylik va moniylik dini g‘oyalari bilan sug‘orilganligi sa- babli g‘oyaviy jihatdan keyingi davr she’rlaridan farqlanadi. Har ikkala diniy oqimdagi mavjud she’rlarni shakliy-poetik tomondan kuzatish ularda to‘rtliklaming yetakchi mavqega ega ekanligini tasdiqlaydi. Bizgacha yctib kelgan moniylik151 ta’siridagi ijod namunalari mazmunan madhi- yalardan, diniy-axloqiy she'rlardan iborat. Mazkur she’rlaming yozilish vaqti Turk xoqonligi tugab, uning o‘miga turkiylaming eng katta qavm- laridan biri uyg‘urlarning hokimiyatni egallagan davri — VIII asming ikkmchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Darhaqiqat, dastlab Eronda shakllangan moniylik oqimi turkiy urug‘ va qabilalar orasidan uyg‘ur xoqonligida rasmiy davlat dini darajasiga ko‘tarildi. Uyg‘urlar moniylikni «... qabul etib, o‘z madaniyat va hayotlarini bir qadar o‘zgartirdi!ar. Urxun alifbosi o‘miga so‘g‘dcha asosida shakllangan yozuvni (uyg‘ur yozuvini) oldilar va qayd etish kerakki, ularning jangovarligi ancha susaydi»152. Mazkur dinning qonun-qoidalariga ko‘ra, odamlarga ozor berish vaulami o‘ldirish, hattoki, hayvonlaming go‘shtini yeyish taqiqlangan. Shu sababli «... ilgari go‘sht bilan ovqatlanadigan xalq endi guruch bilan oziqlanadigan bo'ldi. Ilgari qotillik ko‘p bo‘lgan mamlakatda endi faqat ezgulik hukm suradi. Ko‘rinadiki, moniylik ta'limoti qabilalar, qolaver- sa, mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro ichki ni/olarning oldini olishga, xalq- larni tinch-totuv yashashga undovchi bir chaqiriq edi»153. Moniylik she’rlarida o‘sha davrlarda yashagan turkiylaming dunyo- qarashi, urf-odatiari, olamning tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlari, diniy- axloqiy qarashlari o‘z aksini topgan. Bu tushuncha va tasawurlar Moniy asos solgan dinning qonun-qoidalari, mezonlariga tayanadi. Ayniqsa, Tong tangrisiga bag‘ishlangan madhiyada shunday xususiyat ko‘zga tashlanadi: Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi, Tang tengri o‘zi kelti. Tong tangrisi o‘zi keldi. Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi. Tang tengri o‘zi kelti. Tong tangrisi o‘zi keldi. Turunglar, qamag‘ begier, qadashlar, Tang tengrig o‘gelim. Turinglar barcha beklar, qardoshlar, Tong tangrisini madh etaylik. Ko‘rugme kun tengri, KoTingan kun tangri, Siz bizni kuzeding Siz bizni qo‘riqlang. Ko‘runugme ay tengri, Ko‘ringan oy tangri, Siz bizni qurtg‘aring. Siz bizni qutqaring. Tang tengri! Tong tangrisi! Yidlig‘, yiparlig" Go‘zal hidli, mushk hidli Yaruqlug‘, yashuqlug' Yaltiragan, nur sochib turgan Tang tengri! Tong tangrisi! Tang tengri! Tong tangrisi! Tang tengri! Tong tangrisi! Yidligl yiparlig‘ Go‘zal hidli, mushk hidli Yaruqlug‘, yashuqlug‘ Yaltiragan, nur sochib turgan Tang tengri! Tong tangrisi! Tang tengri!154 Tong tangrisi! She’r 20 misradan tashkil topgan bo‘lib, uning tuzilishida so‘z va misralar takrori asosiy rol o‘ynaydi. Beshinchi va oltinchi misralar xuddi naqorat vazifasini bajarib, aytilayotgan fikrga e’tiborni kuchayti- rishga xizmat qilyapti. She’rdagi bo‘g‘inlar tarkibiga e’tibor qiladigan boTsak, ular o‘rtasida ham farqning mavjudligi ko‘zga tashlanadi va ularning miqdori 3 bo‘g‘indan 50 bo'g‘ingachani tashkil etadi. Shuning- dek, to rtlik va beshlik shakllari she’r bandlarini tashkil etgan hamda bir she’r tarkibida bandlaming xilma-xilligini hosil qilgan. Bunday hoi boshqa ayrim moniylik she’rlarida ham uchraydi. Buning sababini, biz- ningcha, xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan izohlash lozim. Yozma ada- biyotda esa «... she’r qanday band bilan boshlansa, shunday band bilan tugaydi, ya’ni qat’iy qonunlashgan sistemaga rioya qilinadi»^5. Xalq og‘zaki ijodida bir she’r doirasida turli bandlardan foydalanish kuzati- ladi. «Masalan, dostonlardagi bir she’riy boTakda yoki monolog, dia- loglarda ham ikkilik, ham uchlik, ham to‘rtlik yoki bir necha misrani o‘z ichiga olgan bandlami qoTlash mumkin, zero, bunday erkinlik xalq epik she’riyatining asosiy xususiyatidir»’56 Moniylik she’rlaridan ikkitasining muallifi ma’lum bo‘iib, ular - shoir Aprinchur tigin tomonidan yozilgan. Aprinchur tiginning shaxsiya- ti va ijodi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas. Shoir qalamiga mansub she’rlardan biri to‘rtlik, biri esa uchliklar shaklida yaratilgan. To‘rtliklar tarzida yozilgan she’r madhiya boTib, unda Tangrining sifatlari ulug‘la- nadi. Darvoqe, nima uchun uchlik shakli ham, xuddi to‘rtliklar qatori, qa- dimgi turk she’riyatida yetakchi? Bu - erkin she’rga xos xususiyat qa- dimgi turkiy she’riyatda boshlanganidan dalolatdir. Moniylik muhitining mahsuli bo‘lgan she'rlardan yana biri «O‘lim tasviri» deb noralanadi. She’r 7 banddan tarkib topgan bo‘lib, oxirgi bandining so‘nggi misralari nuqsonli. Bu she’rda ham bo‘g‘inlar miqdori orasida tenglik mavjud emas. Uning 6 misrasi 11 bo‘g‘inli, 13 misrasi 10 bo‘g‘inli, 4 misrasi esa 9 bo‘g‘inli bo‘lsa, 7,8,13 bo‘g‘inlilari bir mis- radan iborat. Misralardagi bo‘g‘inlar sonining xilma-xilligi uni yuqori- dagi she’rlarga yaqinlashtiradi. Tong tangrisiga bag‘ishlangan madhiya hamda Aprinchur tigin madhiyalarida asosan so‘z va misralar takrori ohangdoshlikm yuzaga keltirgan bo‘lsa, mazkur she’rda qofiyalaming o‘rni muhimdir: Tuzun bilge kishiler tirilelim, Tengrining bitigin biz ishidelim, To'rt ilig tcngrilerke tapinalim, To‘rtulug‘ emgekde qurtulalim. (yeT§, 24-bet) Asil, bilimli kishilar to‘planaylik, Tangrining kalomini tinglaylik. To'rt hokim tangriga sig‘inaylik, To‘rt og‘ir azobdan qutulaylik. O‘rni kelganda shuni ta’kidlash lozimki, moniylik she’rlaridagi qofiyalanuvchi so‘zlaming ko‘pchiligida raviylar o‘zaro to‘liq mos kel- maydi. Qofiyalanishdagi bunday erkin uslub moniylik she’rlarini xalq og‘zaki ijodiga yaqinlashtiradi. Ohunki folklorda qofiya unsurlari qoi- dalariga qat’iy rioya qilish talab etilmaydi. Bu xususiyat, ya’ni raviylar- ning nomuvofiqligi moniylik she’rlari qofiya tizimi va xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi qofiyalarda o‘xshash tomonlar mavjudligini ko‘rsatadi. Qadimgi turkiy moniylik she’rlari orasida hajm jihatidan eng kat- tasi bo‘igan madhiya - Moniyni ulug‘lashga bag‘ishlangan. Uning 123 to'rtlikdan iborat bo‘lgan 492 misrasi saqlanib qolgan. Mavjud misralar- ning ko‘p qismida o‘chib ketgan so‘zlar anchagina uchraydi. Biroq to‘liq yetib kelgan to‘rtliklarning o‘zi ham she’rning tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari to'g'risida ma’lum bir tasavvur uyg‘ota oladi. Yuqoridagi madhiyalarda asosan so‘zlaming takrorlanib qo‘llanishi ohangdoshlikni yuzaga keltirishini ko‘rib o‘tgan edik. Ulardan farq- 1i ravishda, mazkur she’rdagi ohangdoshlik tovushlar takrori asosiga qurilgan. She’rning har bir to‘rtligida vertikal holdagi tovushlar takro- ri (alliteratsiya) mavjud. Jumladan, dastlabki to‘rtlik «а» tovushi aso- sidagi ohangdoshlikdan tarkib topgan bo‘lsa, bunday xususiyat keyin- gi to‘rtlikda ham davom etadi, ya'ni uning misralari ham «а» tovushi i so‘zlar bilan boshlangan: Anuntumuz sizinge, Asra ko'ngulin yukungeli. Aling amti umug‘ inag‘, Alqunung barcha yukunchin. (yeT§, 36-bet) Olchoq ko‘ngul ila topinaylik deb so‘ng ko‘ngildan egilgani. Har kishining butun bu ta’zimlarini endi qabul cting, ey umid, ishonchimiz She’r davomida to‘rtliklaming o‘zaro qofiyalangan o‘rinlari ham ko‘zga tashlanadi, lekin ularning qofiyalanish tizimi birday shaklga ega emas. Nima uchun qadimgi turkiy moniylik she’rlarining qofiyalanis- hida ma’lum bir qoida yo‘q, degan savol tug‘iladi. Moniylik she’rlari qofiyalanish tizimining birday shaklga ega emasligi, bizningcha, ularda alliteratsiyaning yetakchiiik qilishi bilan izohlanadi. Aytish mumkinki, alliteratsiya moniylik she’rlarining asosiy xususiyatidir. Zero, bo‘g‘inlar miqdorining erkinligi, misralaming birday tovushlar bilan boshlanishi, tovushlar takrorining she’r ritmini hosil qilishdagi yetakchiligi kabilar ayni alliteratsion she’rning belgilari hisoblanadi. Alliteratsion she’rga xos bo‘lgan bu kabi xususiyatlar turkiy she’riyat taraqqiyotining keying] davrlarida ham davom etgan. Garchi «Hibat ul-haqoyiq»dagi to‘rtliklarning asosiy she’r unsuri qofiya hisoblansa-da, biroq ulardagi ohangdoshlikni hosil qilishda alliteratsiyaning ham o‘z o‘mi bor155 156; Biliklik bilikni adragan boiur, Bilik tatg‘in, ey do‘st, biliklik bilur. Bilik bildurur erga bilik qadrini, Bilikni biliksiz udun ne qilur15*. Xulosa tariqasida yuqoridagi fikrlami umumlashtirib, moniylik she’rlariga xos xususiyatlar sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin: 1 1) tovush, so‘z va misralar takrori yetakchi; 2) bo‘g‘inlar miqdori xilma-xil; 3) bir she’r tarkibida turli she’riy shakllar mavjud; 4) bir she’r doirasida har xil qofiya ko‘rinishlari uchraydi. Moniylik she’rlarining shakliy-poetik xususiyatlari uzluksiz ravish- da ilk klassik davrda, xususan «Devonu lug‘otit turk»da ham davom etgan. Qadimgi turkiy she’riyat yuzasidan fikr bildirgan ba’zi Ovrupo olimlarining qarashlari turli-tumandir. Jumladan, P.Peloning fikricha, qadimgi turkiy she’rlar (moniylik she’rlari nazarda tutiladi - M.M.) qofiyalangan emas, balki she’r misralari boshidagi alliteratsiyaga asos- langan. «Devon»dagi she’rlar esa fors she’riyatining ta’siridan guvohlik beradi'i’. To‘rtliklarning qadimgi turkiy adabiyotdagi namunalarini Budda- ga topingan turkiylaming she’riyatida ham kuzatish mumkin. «Budda dini YI-YIII asrlar davomida O‘rta Osiyoda tarqala boshlagan cdi. Biroq Ко ‘ k-turk hukmdori Bilge Xon va uning vaziri T o‘nyuquq bu dinni yums- hoqlik va miskinlikni targ‘ib etgani, jangu jadalni va hayvon so‘yishni man qilgani, xullas, turklarning hayot tarzlariga nouyg‘un kelgani uc- hun rad etdilar. Chunki Budda dini millatning harb qudratini buzib, Chin xavfiga yo‘l ochishi mumkin edi»157. Professor Nasimxon Rahmonov- ning ta’kidlashicha, buddizmning qabul qilinishiga bo‘lgan qarshilik Turk xoqonligining sharqiy qismiga aloqador. Shu sababli Urxun va Enasoy yodnomalarida buddizmning ta’siri sezilmaydi158. Shomonlik xoqonlikdagi asosiy din boTsa-da, bu davrlarda turkiylaming muqim bir dinga sig‘inganliklari kuzatilmaydi. Chunki turli turkiy urug‘ va qabila- lar shomonlik bilan birga, moniylik va buddizmga aralash holda e’tiqod qo‘yganlar. Har bir din vakillari o‘z dinining g‘oyalarini yoyish ham- da targ‘ib etishda adabiyotning kishilarga bo‘ladigan ta’siridan unumli foydalanishga harakat qildilar va natijada mazkur dinlar ta’siridagi ba- diiy ijod shakllana boshladi. Shu tariqa qadimgi turkiy budda she’riyati maydonga keldi. L.Yu.Tugushevaning qayd etishicha, budda muhitida yaratilgan turkiycha she’rlar 1500 misradan ortadi159 . Mazkur she’rlaming hajmi turlicha bo‘lib, uiar dinning qonun-qo- idalari, shuningdek, buddaviylik g‘oyalarining targ‘ibiga bag‘ishlangan. She’rlardan ayrimlarining muallifi ma’lum. Umuman, buddizmning ta’sirida yashagan va ijod qilgan hamda nomlari bizgacha yetib kelgan shoirlar anchagina uchraydi. Ki-ki, Pratyaya-Shiri, Asig Tutung, Kul Tarqon, Chisuya Tutung, Qalim Keysi, Singku Seli Tutung kabilami shular jumlasiga kiritish mumkin. «Sergaplik rangi» she>ri 60 misradan tarkib topgan to‘rtliklar tizimi- dagi 65 banddan iborat boTib, quyidagi misralar bilan boshlanadi: O‘ng bashlap adqang‘ularqa biliglcr qachar, O‘kush qara ayig‘ yo‘llug‘ urug‘ug‘ sachar. O‘glug kishi istim tutchi yasmaqsiz bachar, O‘seliksiz yig nirvanning qapig‘in achar. (yeT$, 120-bet) Band misralari «qacbar», «sachar», «bachar» va «achar» so‘zlari orqali o‘zaro uyg‘unlashgan holda qofiya tarkibidagi undosh hamda unli tovushlar takrori she’rdagi jarangdorlikni yuzaga keltirib, «а-а-а-а» ko‘rinishdagi qofiya shaklini hosil qilgan. Har bir misradagi bo‘g‘inlar soni 63 ga teng. Barcha misralar qadimgi turkiy she’riyatga xos xusu- siyat - bir xil tovushli so‘zlar bilan boshlanayapti. She’rning qolgan bandlaridan 7 tasi (2,3,6,8,12,14,15-bandlar) ham xuddi «а-а-а-а» tar- zida qofiyalangan bo‘lsa-da, lekin ayrim to‘rtlik misralaridagi bo‘g‘inlar miqdori xilma-xildir. Xususan, 3,8,14-bandlar misralari xuddi birinchi banddagidek 13 bo‘g‘inli bo'Isa, 6-band misralari 14 bo‘g‘indan tuzil- gan. Qolgan 2,12,15-lo‘rtlikIar misralaridagi bo‘g‘inlar miqdori ham bir xil emas: 13 yoki 15 bo‘g‘inlidir. She’rdagi ikkinchi qofiya ko'rinishi «a-b-a-b» shaklga ega bo‘lib, u to‘rtlikning toq va juft misralarida vujudga kelgan: Aqashtaqi ay tengrini atqanmish bo Tup, Ayataqi crdinini ichg'inip salma. Alqi o‘dte tashtin singar tilemish bo‘iup, Anuq buzni suv timetin arsiqip qalma. (yeT$, 120-bet) To‘rtlikning to‘rtala misrasi ham 13 bo‘g‘mdan tuzilgan va «а» to- vushli so‘zlar bilan boshlangan. Bandga xos bo'lgan jihatlardan yana bin unda radifning ishtirok etishidir. Biroq u barcha misralarda ham mavjud bo‘1may, balki faqat birinchi va uchinchi misralardagina qo‘llangan, xo- los. Ikkinchi va to‘rtinchi misralar esa qofiyaga ega bo‘lgan holda radif- sizdir. Bo‘g‘inlar miqdorining teng emasligini hisobga olmaganda, bunday xususiyat she’ming keyingi beshinchi bandiga ham xosdir. Uchinchi guruh to‘rtliklari yanada o‘zgacha bo‘lib, «h-a-v-a» shakl- da qofiyalanganligi bilan ajralib turadi. Ularda toq misralar ochiq qolgan va juft misralarning oxiridagi so‘zlar ohangdoshlik kasb etgan. Mazkur guruhga oid uch to‘rtlikdan ikkitasida (o‘ninchi va o‘n birinchi bandlar- da) alohida xususiyat kuzatiladi, ya’ni ulaming birinchi va uchinchi mis- ralarida to‘liq qofiya mavjud bo'lmay, faqat radif qo‘llangandir. Ikkinchi va to‘rtinchi misralar esa o‘zaro qofiyalanib kelgan: Yarup yashup qatchig‘lartabo‘ldachi erip, Yaba yirtinchug bir yintem ider tuymayur. Yasimuqcha bo‘di intin anta yo’q erip, Yamaracha ko‘rugin busdachi erur. (yeT§, 122-bet) Dastlabki misradagi «erip» so'zi uchinchi misrada yana qaytarilib, qofiya vazifasini bajarib kelyapti. Radifning qofiya o'rnida qo‘llanishi - qofiyasiz misralar oxiridagi takror so‘nggi guruhga kiruvchi to‘rtlikning asosiy belgisi hisoblanadi. Chunki uning har bir misrasida ohangdosh so‘zlar o'miga bir so‘z takrorlanib qo‘llanadi: Yayqi suvni qishqi o'dtc buz tivurler. Yana yayin qishqi buzni suv tip tivurler. Yangilduqta chin burqanni ko'ngul tivurler, Yangilmaduqta ko‘ngulni o‘k burqan tivurler. (yeT§, 120-bet) Takror so‘zning qofiya vazifasini bajarishi isiom muhitining mahsu- Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling