Manda dag‘i bor edi ushbu havas, Shukr Xudo, toptim anga dastras...
Shayx Nizomiy damini yod etib,
Xatmi duo birla ruhin shod etib.
(Masnaviylar majmuasi, 15-16-b.)
Sayyid Qosimiy garchi Nizomiy va Haydar Xorazmiyga nazira yozgan bo‘lsa ham, doston tarkibidagi hikoyatlari originalligi bilan ajralib turadi. Nizomiy va Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” dostoni tarkibidagi hikoyatlar biian bir nomda bo‘lgani ho) da, voqea- lar syujeti, bayon uslubi jihati dan katta farqlar bor. Masalan, Nizomiy- da “Iso alayhissalom hikoyati” bor, shuningdek, Sayyid Qosimiynmg mazkur dostonida ham Isoga oid hikoyat bor. Ammo Sayyid Qosimiy bir sharobxo‘r fosiqning jannat umidida Xudodan ta’ma qilishi haqida hikoya qiladi. Bu doston asosan hikoyatlardan iborat bo‘lib, Ibrohim alayhissalom, shayx Junayd Bag'dodiy kabi buyuk mutasavvuflar va boshqa ko‘plab didaktik hikoyatlardan iborat. Har bir hikoyatdan oldin berilgan “Sarsuxan”, xuddi Haydar Xorazmiyning “ma’viza”lari kabi, pand-nasihatlardan iborat.
“Gulshani roz” va “Haqiqatnoma” dostonlari xususida. “Guls- hani roz” (Sirlar gulshani) dostoni ham, yuqoridagi doston singari, hamd, na’t, “Dar sababi nazmi kitob” va Abu Said Mirzo tasarrufidagi bir sha- harning hokimi Jaloliddin Sayyid Mazidgabag‘ishlangan qasidadan iborat. So‘ngra bir necha boblarda va g‘azallarda Sayyid Qosimiy ilohiy ishqni tarannum etadi.
“Haqiqatnoma” dostonining tuzilishi ham yuqoridagi har ikki dos- tonniki singari bo‘lib, kimga bag‘ishlangani noma’lum, ya’ni qasida yo‘q. Faqat munojot qo‘shilgan. Munojotning diqqatga sazovor tomoni shundaki, Sayyid Qosimiy “Muhabbatnoma”ni tilga olib o'tadi:
...Ki turkiy birla nazm etsam kitobc,
Aning har harfi bo‘lsa fathi bobe.
“Haqiqatnoma” qo‘ysam oning otin,
Bayon qilsam burunqilar sifbtin.
Ma’oniy durrini olamg‘a yoysam,
“Muhabbatnoma”ning bahrida aytsam.
(Masnaviylar majmuasi, 130-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |