O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Haqiqatta libosi zohiriyg‘a e’tibor o‘lsa


Download 2.59 Mb.
bet220/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Haqiqatta libosi zohiriyg‘a e’tibor o‘lsa,
Ncga Muxtori Akramning libosin eski shol aylar?
Muhabbat sharbati gar no‘sh birla sozvor ersa, Husayni Karbalog‘a ne uchun qonin zilol aylar?...
Atoyi, sen kimu tavhidi Haq, haddingni bil, hayhot Kim, oning hamdu shukri aqii kulni gungu lol aylar.
Atoyi dunyoviy muhabbat kuycbisi ekani aksariyat g‘azallarida ma’lum bo‘lib turadi. Shuningdek, uning g‘azallarining obrazlari an’anaviy, ayni paytda o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Lutfiy, Ga- doiy,, Sakkokiy g'azallaridagi yorning ta’rifiga monand tashbehiarga qo‘shimcha ravishda Atoyining tashbehlari diqqatni tortadi. Quyidagi baytga e’tibor beraylik:
Chunki topti dardi ishqing lazzatin g'amgin ko‘ngul,
Xotirimni ba’d azin qilg‘umdur g‘am birla shod.
Baytning mazmuni quyidagicha: yorning ishq dardidan oshiqnrng g‘amgin ko‘ngli iazzat tuydi, oshiq esa shundan keyin bu lazzatm xotir- lab, g'amdan shodlik hislarini his qilib yuradi.
Qiziq, g‘amdan shodlik hislarini tuyish aslida mantiqsizlikday tu- yuladi. Ammo chin oshiq ishq dardini bot-bot xotirlasa, ко ngli shod bodadi, ma’shuqaga bodgan muhabbati aslo so‘nmaydi, aksincha, xotir- laganda alangalanaveradi. .
O'xshatish mumtoz adabiyotda poetik obrazlilikni ifodalovchi eng muhim omi!. Aristotel “Poetika” asarida “She’riyat - о xshatish san’atidir” deb ta’rif berganda, faqat badiiy san’atlardan biri bo Igan o‘xshatish san’atini nazarda tutmagan. balki narsalarning, jumladan, ma’shuqaning yoki yorning sochi, yuzi, tishlari, qoshlari va h tashqi go‘za!lik asosi bodgan ob’ektlar ham o'xshatish asosida obrazlilik kasb etishi tushuniladi, bu ob’ektlar g‘azalda obrazlilik hosil qiladi. Atoyi g‘azallaridagi obrazlilik hosil qiluvchi o‘xshatishlar quyidagi baytlarda aniq o‘z ifodasini topgan:
Ey begim, ushbu yuz degul, shams bila qamarmudur?
Ey begim, ushbu so‘z dcgul, shahd bila shakarmudur?

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling