O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Mirzo Ulug‘bek o‘z saroyiga bir qator olim va shoirlami jalb qilgan- da, Otoyi ham o‘sha shoirlar qatorida bo‘lgan


Download 2.59 Mb.
bet219/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Mirzo Ulug‘bek o‘z saroyiga bir qator olim va shoirlami jalb qilgan- da, Otoyi ham o‘sha shoirlar qatorida bo‘lgan.
Otoyining bir devoni ma’lum bo‘lib, bu devonda shoirning 260 g‘azali jamlangan.
Otoyi g‘azallarining vazni haqida filologiya fanlari nomzodi Sayhddin Sayfulloh (Rafiddinov) batafsil ma’lumot bergan. Uning ko'rsatishicha, Atoyining 260 g‘azalidan 109 tasi ramali musammani maqsur-foilotun foilotun foilotun foilotun (S. Sayfulloh. Mavlono Atoyi. “Devoni shayxzoda Atoyi” kitobida, Т.: “Fan” nashriyoti, 2008,6-b.). Ma’lumki, bu vazn XV asr Xuroson va Movarounnahr aholisi orasida ko‘p tarqalgan va “turki” deb atalgan xalq qo‘shiqlari vaznidan olingan hamda aruzga kiritilgan. Bu haqda Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon”da qimmatli ma’lumotlarni bergan.
Shuningdek, Sayfiddin Sayfulloh Atoyi devonini to‘liq vamukam- mal holda nashrga tayyorlagan.
Atoy ijodini o‘rganish bo‘yicha A.Samoylovich, H.Zarif, E.Rustamov, S. Sayfulloh, I. Haqqul kabi zabardast olimiar ko'p mehnat qilganlar. Chunonchi, A.Samoylovich ilk bor (1926-yili) Atoyi devonini topib, bir necha g‘azalining facsimile nusxasini nashr qilgan. E.Rustamov Atoyi g'azallarini tahlil qilib, uning XV asr birinchi yarmi o‘zbck adabi- yotidagi o‘mini ko‘rsatib bergan. S. Sayfulloh Atoyi ijodidagi majoziy va ilohiy ishqni chuqur tahlil etdi, I.Haqqul Atoyi g‘azalnavislikda Lut- fiyga ergashganini va Atoyining bu shoirdan ilhomianib, o‘xshatmalar bitganini tadqiq qildi.
Navoiy “Majolis un-nafois”da Otoyi haqida so‘zlab, uning
Ul sanamki su yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozikligidin suv bila yutsa bo‘lur, -
matla’ini keltiradi va “qofiyasida aybg‘inasi bor” deb ko‘rsatadi. Otoyi “o‘lturur”ga ‘‘ho‘lur”ni qofiya qilgan edi. Navoiy shoiming “tur- kona” she’r yozganligi, uning g‘azallari turkiy aholi orasida ko‘proq shuhrat tutgani, lekin qofiya ehtiyojiga rioya qilmaganmi izohlaydi.
Atoyining diniy-tasavvufiy mavzulardagi g‘azallari bor. Ilohiy mar- hamat - Haq oshiqlariga bcriladigan in’om, komil insonlar Haq yo‘liga kirganlardir - Atoyining aytmoqchi bo‘lgan gapi shudir. Quyidagi bayt- lar buning bir namunasidir:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling