O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Alonquvodan kelib chiqqan nasllar.Turk-mo‘g‘ulxalqlarining af- sonaviy onasi Alonquvaning ta’rif-tavsifi va “To‘rt ulus tarixi”ning alo- hida voqeasi -


Download 2.59 Mb.
bet113/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Alonquvodan kelib chiqqan nasllar.Turk-mo‘g‘ulxalqlarining af- sonaviy onasi Alonquvaning ta’rif-tavsifi va “To‘rt ulus tarixi”ning alo- hida voqeasi - ikkinchi bob bo‘lib, Alonquvaning kelib chiqishi va un­dan tarqalgan avlodlar tarixi hikoya qilinadi. Alonquvadan kelib chiqqan nasllar Buzunjor xon, Buqo xon, Dutumin xon, Qobulxon, Boysung‘ur xon, Yasugay bahodir va boshqalardir. Bu nasllaming har biri podshoh- ligi zikriga Mirzo Ulug‘bek alohida-alohida to‘xtalgan.
Mirzo Ulug‘bek turk lashkarlarining tuzilishi haqida. Jahongir Chingizxon tarixi bu asarda uchinchi bobni tashkil qiladi. Bu bobda eng diqqatga sazovor o‘rinlar - Chingizxonning bir qator xonlami mag‘lub qilgani, uning nasl-nasabi, farzandlari, el-ulusga joriy qilgan yasoqla- ri (qonunlari) zikri va u o‘matgan qonunlar tufayli o‘g‘irlikka barham berilgani, lashkar tuzilishiga oid voqealar bayonidir. Jumladan, lashkar tuzilishi to‘g‘risida Mirzo Ulug‘bek quyidagicha yozadi: “Lashkar tar- tibi shunday tuzilganki, Odam ato zamonidan bugungi kungacha biror podshohning sipohi turknikidek muyassar bo‘lmagan. Sabru bardosh shiddatida va ma’lum muddatgacha shokirlikda yashirin va oshkora o‘z hokimlariga jonu dildan mahkumlik va mute’lik qilurlar” (113-b.). Sul- ton Muhammad Xorazmshoh va uning o‘g‘li Jaloliddin bilan olib borgan jangu jadallari ham shu bobda qiziqarli tarzda bayon etiladi.
Chingizxon o‘z farzandlariga va Qorachor no‘yonga davlat ish- lari borasida vasiyat etishi voqealari bilan to 'rtinchi bob boshlana- di. O‘ktoyning taxtga o‘tirgani va uning Ulug‘ yurtdagi podshohligi, 0‘ktoy, Chig‘atoy va Tulixonning Xitoyga lashkar tortgani, u mamla- katni egallab qaytayotganlarida Tulixonning vafot etgani, O‘ktoyxondan keyin taxtga o‘tirgan Kuyukxon hukmronligi davridagi voqealar, niho- yat, 0‘rdoyxon ibn Arig‘ Temurxon hukmronligigicha bo‘lgan hodisa- lar ham shu bobda hikoya qilinadi. 0‘ktoydan boshlab 0‘rdoyxongacha yigirma bir hukmdor tarixi qisqa bayon qilingan.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling