O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Ey jafo bobinda tasnif etkuchi yuz makru fan


Download 2.59 Mb.
bet120/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Ey jafo bobinda tasnif etkuchi yuz makru fan,
Muttasil husnung so'zidur qayda bo‘lsa anjuman (36-b.).
Sakkokiydan keltirgan quyidagi bayt ham husni ibtidoga misoldir:
Ey soching shaydo ko‘ngullarning savodi a’zami, Halqa-halqa ruhning sarmanzilidur har xami (36-b.).
Husni ibtido yoki husni matla’ bilan boshlangan qasidalar nasibsiz va gurizgohsiz bo‘ladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri madh bilan boshlanadi.
Shayx Ahmad g‘azal haqida. Shayx Ahmad Taroziy g‘azal janriga to'xtalib, bu janrning aksariyati yigirma bayt, kami besh bayt bo‘lishini aytadi. Ammo “magar qofiya tabilmasa, to‘rt bayt qilurlar” (38-b.), deb istisnoli holatni ham ta’kidlaydi va buning qoida tusiga kirmaganini, bal- ki “ul ham zarurat hukmidan joyizdur”, deb izoh beradi. Shayx Ahmad fors-tojik va o‘zbek adabiyotida eng ko‘p tarqalgan g‘azal janrini kuza- tib, shu xulosaga kelgan. Shayx Ahmad g'azal janriga bergan shu tus- huntirish va izohlardan keyin, “Taroziy aytur” deya quyidagi besh baytli g‘azalni keltiradi:
Gar sabo ul oy yu/idm olsa har soat niqob,
Tobi ayb tutqonidin boTg‘ay pushaymon oftob.
Qomatu raftorini ko‘rdi magar sarvu tazarv*, (tazarv - tustovuq, qirg 'ovul.)
Rashk o‘tidin sarv kuydiyu tazarv oTdi kabob.
Ko‘zlarim uzra xayoling bir guzar qilg‘aymu deb,
Har zamon kipriklarim jorub urub, separ gulob.
Furqatingdin yig‘lamoqdin bo‘ldum oningdek zaif,
Kim sinamoqdin adaq qo‘ydim, buzulmodi hubob.
El arosinda Taroziy bo‘lg‘usi Isonafas,
Gar labing yodinda may o‘rnig‘a ichsa zahri nob (38-b.).
Fununu-l-balog‘a”ni nashrga tayyorlagan ustoz Abduqodir Hayit- metov Taroziy taxallusli she’rlar ham, taxallusi kcltirilmagan she’rlar ham asar muallifi Shayx Ahmadga tegishli ekanini yozgan edi. Yuqori- dagi g‘azaldan Shayx Ahmad Taroziy o‘z davrining yetuk shoiri ekanini anglash mumkin.
Shayx Ahmad qit’a haqida. Shayx Ahmad qit’a janri haqida to‘xtalib, uning asosiy belgisi kamida ikki baytdan iborat bo‘lishini, mis- ralar qofiyalanishi shart emasligini aytadi. “Ammo, - deydi shayx Ah­mad, - qofiya topsalar aytaveradilar”. Sbundan keyin Taroziy o‘zining bir qit’asidan va I .utfiyning bir qit’asidan namuna keltiradi. Har ikkala- sining qit’asi ham qofiyasiz. So‘ngra Mavlono Hoji Aqcha Kindiyning quyidagi qit’asini keltiradi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling