O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Labing la’li Badaxshon, tishlaring dur


Download 2.59 Mb.
bet128/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Labing la’li Badaxshon, tishlaring dur,
Sadaf og‘zin qurutqon tishlaringdur.
Yorning an’anaviy ta’rif-tavsifi bilan birga, Xo‘jandiyga xos tasvir uchraydiki, bu baytlar “Latofatnoma”ning boshqa nomalar bilan bellas- ha oladigan asar ekanini ta’minlagan. Shoirning
Xo‘jandiy so‘zlarin Xorazmiy miskin,
Eshitsa yo‘lli deb qilg‘aydi tahsin
deb aytgan so‘zlari haqiqat ekanini mazkur baytlar ham tasdiqlab turibdi. Zotan, Xo‘jandiy Xorazmiyning tahsiniga loyiq noma janrida asar yarata oldi.
Latofatnoma”da har bir nomaning oxiridagi bir bayt soqiyga muro- jaatdir. Bu baytlar soqiynoma janriga mansub:
Kel ey soqiy, bu kun majlis quroli,
Zamoni aysh etib, xush o‘lturoli.
Muhabbatnoma”da ham Xorazmiy har bir nomadan so‘ng soqiy- ga murojaat etib. 3-4 baytdan iborat masnaviy keltirgan. Xo‘jandiy ham Xorazmiyga ergashib, har bir nomaning so‘ngida soqiyga qilgan muro- jaatini yuqoridagiday bir baytda keltiradi. Jumladan, ikkinchi baytdan so‘ng
Kel, ey soqiy, sharobi nob keltur,
Faqirilar ko‘nglini dar’yob* keltur (*daryob - daryo suvi)
deya murojaat qilsa, uchinchi nomadan so‘ng
Kel, ey soqiy, keturgil jomi Jamni,
Kechar dunyo, g‘animat tut bu damn!
baytini keltiradi va shu tariqa har bir nomadan so‘ng turli shaklda soqiyga murojaat takrorlanaveradi.
Xo‘jandlyning badiiy mahorati. “Latofatnoma”da muallif e’tibor qaratgan yana bir jihat o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalanga- nidir. Tajnisli qofiya Xo‘jandiymng xalq tilidan mahorat bilan foydalan- ganiga muhim dalildir:
Isirg'ang donasi chin Mushtariydur,
Soching nofayi Chin mushtariydur.
Qaro zulfung ichinda chin ко ‘rarmen,
Xato yo‘qdur bu so‘zda, chin ко ‘rarmen..
Yoki quyidagi baytlarda ham tajnisli qofiya bor:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling