O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Bulut ichra yoshundi oy yuzungdin


Download 2.59 Mb.
bet127/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Bulut ichra yoshundi oy yuzungdin,
Shakar sizdi qamish ichra so‘zungdin.
Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi,
Adog‘ing tufi^oog‘ini surma qildi.
Falak boshi birla evrulsa ming yil,
Seningtek qilmag‘ay dunyoda hosil.
Xirad shatranjini uttung jahondin,
Sening lutfung bila to‘ldi jahondin.
Maoni ichra, shohim, qil yorarsen,
Ajunda hyer ne qilsang, qil, yararsen...
Xo‘jandiy mazkur baytlarida Sulton Mahmudni har xil mubolag‘ali tisvirlar bilan ko‘klarga ko‘taradi. Sulton Mahmudni tengi yo‘q bahodir, insoniy fazilatlari cheksiz, Yusufmisol husnga ega, nihoyatda nozikfahm qilib tasvirlaydi. Tabiiyki, unga bo'lgan hurmati, ayni paytda Sulton Mahmud ham Xo‘jandiyni e’tiborda tutgani, unga ehtirom ko‘rsatgani sabab bo‘lgan edi.
Asarda Xo‘jandiy taxallusi olti o‘rinda uchraydi. Asarda Xo‘jandiy haqiqiy ishqni majoziy ishqdan ustun qo‘ysa ham, hayot go‘zalligini, ma’shuqaga bo'lgan samimiy sevgini kuylashni inkor etmaydi. Uning bu maqsadi “Latofatnoma”ning aksariyat baytlaridan anglashilib tura- di. Bu mavzu yorning jafokashligiyu oshiqning dardi orqali ko‘rsatiladi. Yorning jamolini ko‘rgan gul uyalganidan g‘unchaga aylanadi, qish fas- lida yor kulganda, yoz bo‘ladi, uning karashmasi jonu dilni g‘orat qila- di, ko‘zlari yag‘moyu chigilni talon-taroj qiladi. Hayotdan zavqlanishni, dunyo go‘zalligidan huzur topishni iiohiy ishq aslo inkor etmaganini yana nomadagi aksariyat baytlarda ko‘rish mumkin.
Ma’shuqaning quyidagi ta’rif-tavsifi orqali shoir ana shunday dun- yoviy sevgini ulug‘laydi, dunyoviy sevgidan qudratliroq kuch yo‘qligiga ishora qiladi:
Ayo sardaftari xuboni olam,
Qamug‘ mulki jahon sizga musallam.
Parilar shohisan, husnung ziyoda,
Ruhung ko‘rsa shohlar bo‘lur piyoda.
Qaro zulfung ajab hinduyi tasvir,
Erur fatton ko‘zung joduyi Kashmir.
Yuzung kunduz bikin, zulfung shabi tor, Soching chininda pinhon mushki totor.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling