Otoyi she’lining lutfini bilsa,
«La to fatnomawd an kechgay Xo‘jandiy.
Xo‘jandiyning “Latofatnoma”si XV asr boshlarida (1411-yillarda) yozilgan bo‘lib, Amir Temuming avlodlaridan biri, Xorazmda hukmron- lik qilgan Sulton Mahmudga bag‘ishlangani to‘g‘risida ko‘p adabiyotlar- da aytiladi.
“Latofatnoma”ning “Muhabbatnoma”dan tuzilish jihatidan farqi bor. Farq shundan iboratki, bu nomada har bir nomadan so‘ng g‘azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojot kabi janrlar ham alohida ajrattlmay- di. Ammo Xo‘jandiy bu asarini “Muhabbatnoma”ga javob tariqasida yozganini aytadi:
Muhabbat jomidin ichsang sharobe,
“Muhabbatnoma”ga aytsang javobe.
“Latofatnoma”ning tuzilishi va mazmuni. Asar Yaratganga hamd bilan boshlanadi. Yaratganning cheksiz qudrati, hamma narsani - insonu jonzotlami, to‘qqiz qavat falakni, yetti qavat yemi, osmondagi qushlar- ni, yer yuzidagi boyliklami va jamiki narsalami U bu olamga keltirgan. Yoqubni ham Yusufning firoqiga duchor qilgan, Yusufning dardida Yo- qubning ko‘zlarini ojiz qilgan, Sulaymonga shamolni itoat ettirgan, Do- vudga sovut yasash iqtidorini ato qilgan ham Yaratganning O‘zidir.
Xo‘jandiy asarining hamd bobida o‘z maslagi va e’tiqodini bayon qiladi. Ilohiy ishq - Xo‘jandiyning a’molu e’tiqodi, uning butun vujudi ishq o‘tiga itoat ettirilgan. Yaratuvchi oshiqlarga jafo beradi, bu jafo- kashlaming sarvari Muhammad Mustafodir. Xo‘jandiy Yaratganga iltijo qilib, bu ishqdan meni ayirmagin, deya so‘raydi:
Xudoyo, ko‘nglum ichra ishq o‘ting yoq,
Xo'jandiy xastaga lutfung bila boq.
Muhabbat jomidin sahbo (qizil may) ichirgil,
Xato ishlar telim qildim, kechurgil.
Xo‘jandiy Yaratganga madhdan so‘ng, payg‘ambarga na’t (maq- tov) keltiradi. Muhammad Mustafoni so‘qir ko‘ngillaming tabibi, shariat bog‘ining bulbuli, deb ta’riflaydi. Shuningdek, Muhammad Mustafo payg‘ambarlammg sarvari, avliyolarning rahnamosi ekanini, Xudoning hukrni bilan mojizalar ko‘rsatganini va boshqa ko‘p sifatlarini, fazilat- larini bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |