O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet133/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

0‘lodur Saydi Ahmad, qil yarog‘in (iloj),
Aning bori bir ishig‘a yarog‘in (yaramoqyordam bermoq).
Eshitkil bu g‘azalni chun iroqi (yiroq),
Ajam sozin tuzub aytar Iroqi (musiqa nomi).
Awal ko‘rib o‘tilgan ikki noma - “Muhabbatnoma” va “Latofat- noma” bilan “Taashshuqnoma” tuzilishidagi umumiy xususiyat shuki, hammasida soqiynoma janri bor. “Taashshuqnoma”da ham har bir no- madan so‘ng soqiynoma berilgan. Sayyid Ahmadning soqiynomalari 3-5 baytdan iborat bo‘lib, hammasida “So‘zning xulosasi” degan sarlavha ostida beriladi. Mana, ikkinchi nomada berilgan soqiynoma:
So‘znung xulosasi
Kel, ey soqiy, keturgil bodau jom,
Icholi may ba yodi Ahmadi jom.
Mayikim ruh andin mast bo‘lg‘ay,
Muhabbat kuyida sarmast bo‘lg‘ay.
Xumorimizni ul maydin yozoli,
Mudom ichmaganni ne deb yozoli.
Bilursenkim jahonning yo‘q bahosi,
Bahosi yo‘qjahong‘a ne baqosi.
Tahammul yaxshi ishdur pesha qilmoq, Tahayyul birla ham andesha qilmoq.
Taashshuqnoma”ning har bir nomasida va nomalardan keyin kel- tirilgan g‘aza!larda dunyoviy ishqning go‘zal tasvirini ko‘ramiz. Misol lariqasida uchinchi nomani olib ko‘raylik. Ma’shuqaning hajrida firoq chekayotgan oshiq har bir baytda yoming go‘zalligini turli iboralar orqa- li ta’riflaydi: sochi vallayuyuzi vazzuho (sochlari tunga o'xshash qora va yuzlar go‘zal), rahmsiz dilbari nomehribon, yuzi ruhi mimwar (zehnda tasvirlangan, ko‘z o‘ngida muhrlanib qolgan), dudog'i mushki anbar, yuzi xurshidi ofoq (yuzi olam quyoshi), parivashlar ichinda barchadin toq, malohat mulkida shoh, latofat ichra zebo kabi.
Bu singari tashbehlaming yangi-yangi ko'rinishlari qolgan nomalar- da ham davom etadi. Yoki quyidagi bayt ham yoming go‘zailigi tasviri- da original tashbehga misol bo‘la oladi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling