O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Sayyid Ahmad o‘zbek va fors tillarida g‘azallar yozgan bo‘lib, ikki- ta devon tuzgani ham Navoiyning ma'lumotlaridan anglashiladi


Download 2.59 Mb.
bet131/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Sayyid Ahmad o‘zbek va fors tillarida g‘azallar yozgan bo‘lib, ikki- ta devon tuzgani ham Navoiyning ma'lumotlaridan anglashiladi.
Majolis un-nafois”da Sayyid Ahmadning “Latofatnoma 'sidan kel- tirilgan bayt “Taashshuqnoma”da yo‘q.
Taashshuqnoma” o‘nta nomadan tashkil topgan bo‘lib, jami 319 baytdan iborat. “Taashshuqnoma”ning o‘ziga xos tomoni shun- da ko‘rinadiki, har bir noma uch qismdan - noma, g‘azal, “So‘zning xulosasi”dan iborat qilib tuzilgan. Sayyid Ahmad bu asarini biron shoir asari ta'sirida yaratilganini qayd etmasa ham, asaming g‘oyaviy yo‘nalishi, tuzilishi, tasviriy vositalarga qaraganda, aytish mumkinki, bu asarga “Muhabbatnoma” va “Latofatnoma”ning ta'siri kuchli boigan. “Taashshuqnoma”ning o‘nta nomadan iborat ekani shunday xulosaga olib keladi. Ammo “Taashshuqnoma”ning o‘ziga xosligini ta'minlovchi omil - uning tuzilishidir.
Taashshuqnoma”da hayotga muhabbat ifodasi. Hayotga mu- habbatni oshiqning ma’shuqaga bo‘lgan muhabbati orqali aks ettirish “Taashshuqnoma”dagi o‘ziga xos usullardan biridir. Bu asar badiiy vo- sitalardan istifoda etishda o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Sayyid Ahmad o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbati nihoyatda yuksak bo‘lgani o‘z nomasidan ayoln bo'lib turadi. U o'zbek tilining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, ikkinchi nomani boshdan oxirigacha tajnisli qofiyada yoz­gan.
Nigoro, oldi ko'nglum yuzung oli (qizil),
Qiladur qasdijon ham ko‘zung oli (hiylagar).
Otib g‘amza o‘qin payvasta qoshing (tutashgan qosh), Yurokim qon qilur payvasta qoshing (tinimsiz qaramoq).
Jamoling sham' inikim yondurursen (yondirmoq),
Qamuq olamni o‘tqa yondurursen (qaytarmoq).
Egningda menglaring mushki Xatodur (Xitoying hush hidli modda- si),
Qaro zulfung sari bormoq xatodur (yanglish, xato).

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling