O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet134/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Jamoling chun jahonoroy boMdi,
Yuzung olinda moh garroy boMdi.
Sayyid Ahmadning ta’biricha, yorning go‘zalligi butun olamni be- zadi, uning yuzi oidida oy sartarosh, ya’ni xizmatkor bo‘lib qoldi.
Taashshuqnoma” asari XV asming birinchi yarmi o‘zbek adabiyo- lida diqqatga sazovor asar sifatida ahamiyatlidir. Bu noma o‘z davri xalq lilining boyligini ko‘rsatadigan manba sifatida ham o‘rganishga loyiq.
Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari. Yusuf Amiriyning de-
voni, “Dahnoma” va “Bang va chog‘ir” munozarasi bizga yetib kelgan. lining “Dahnoma” asari hijriy 833 (milodiy 1429-30) yili yozilgan. Bu shoir io‘g‘risida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafbis” tazkirasida qu­yidagi ma’iumotlar bor: “Mavlono Amiriy - turk erdi va turkcha she’ri Yaxshi voqye’ bo‘lubtur, ammo shuhrat tutmabtur. Va bu bayt aning “I)ahnoma”sidindur:
Na yemakdin, na uyqudin solib so‘z,
Yemakdin to‘yub, uyqudin yumub ko‘z.
Va forsiyda shayx Kamol tatabbu’i qilibtur. Bu matla aningdurkim:
Ro‘zi qismat har kase az aysh baxshi xud sitond,
G‘ayri zohid k-o‘ riyozatho kashidu xushk mond.
[Qismat kuni (nasiba taqsim etiladigan kun) zohiddan boshqa har kim o‘ziga baxshida qilingan ayshni oldi. U esa ne chog‘liq mashaqqat chekmasin, quruq qoldi.]
Aning qabri Badaxshon sari Arhang Saroydadur” (Navoiy. MAT. 13-tom, 23-24-b.).
Amiriy to‘g‘risida Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro” asarida shunday eslaydi: “Mavlono Yusuf Amiriy sulton Shohruh Mirzo zamonida katta shuhratga erishgan shoirlardan biridir. U oddiy hayot kec- hirgan, aytishlaricha, amirlar va mashhur amaldorlar unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlar. Buyuk hoqon Shohruh sulton va uning ulug‘ avlodlari, amaldorlari sharafiga Amiriy ko‘p qasidalar bitgan. Sulton Boysung‘ur Mirzo sharafiga bitilgan quyidagi qasida ham unikidir:
Dclam bedard giriftor gasht dar hame u,
Magar kunad shohi olam bclutf dar monash...”
Navoiyning Yusuf Amiriy to‘g‘risida bergan ma’lumotidan ma’lum bo‘ladiki, u yashagan davr Navoiyning yoshlik paytlariga to‘g‘ri keladi. Atoqli adabiyotshunos Abduqodir Haytimetovr.ing aytishieha, Navoiy Yusuf Amiriy bilan ko‘rishmagan. Qolaversa, Navoiy Yusuf Amiriy- ning devonidan yaxshi xabardor bo‘lgan. Navoiy yana”Muhokamat ul- lug‘atayn” asarida ham, Gadoiy, Haydar Xorazmiy va boshqa bir nec- ha shoirlar qatori, Yusuf Amiriyni o‘z davrining ulug‘ shoiri sifatida ta’riflaydi.
Dahnoma”dan ma’lum bo‘Iishicha, Yusuf Amiriy Sharq tarixi va mifologiyasidan, diniy va dunyoviy bilimlardan yaxshi xabardor bodgan edi.
Dahnoma”ning tuzilishi. Amiriyning “Dahnoma” asari nomachi- lik an’analariga rioya qilingan holda yozilgan. Bu noma ham Tangri- ga hamd, Payg‘ambarga na’t, Boysung‘ur Mirzoga qasida, so‘ngra bir shc’riy hikoyat, kitobning yozilish sababi, yo‘lda bir sohibajolga ro‘baro‘ bo‘lgani, munosabatning boshlanishi va mahbubning noma yozgani va nihoyat, oshiq va ma’shuqaning o'nta nomasidan iborat.
Tangriga hamd bobida Tangn insonni tuproqdan yaratib, olti kunda olamni yaratgani, Nahid (Zubro) yulduzini - cholg‘uchi, Bahrom (Mars) sayyorasini - botir qilganini, Mushtariy (Yupiter) sayyorasim - ilm is- higa yuborganini, Tir (Merkuriy) sayyorasini - kotib qilganini aytadi.
Payg‘ambarga na’t bobida esa Muhammad a.s.ni elchilik taxtining egasi, mamlakatlarning to‘lin oyi, Haq taolo uni ulug‘lik martabasi uc- hun yaratganini va boshqa ko‘p sifatlarini aytadi. Bu bobda diqqatni jalb qiladigan yana bir hodisa — xolasi Umuxonning bashoratiga ko'ra, oti Buroqqa minib, to‘qqiz qavat osmondan oshib o‘tadi va farishtalar bilan uchrashadi, Aqso masjidiga yuz buradi, to‘qqiz qavat osmondan oshib. Tangrining ovozini eshitadi va h.
Asarda Boysung‘ur Mirzo madhi. Boysung‘ur Mirzoga bag‘ishlangan qasidada uning himmatli, xuddi yulduzlar o‘rdani hosil qilganu Boysung‘ur Mirzo esa ularning o‘rtasidagi oy, Zuhro yulduzi - cholg‘uchi; Boysung‘ur Mirzo esa majlisni qizituvchi, ko‘p fanlarni biluvchi olim. ekanini madh qiladi.
Yusuf Amiriy Boysung‘ur Mirzo himoyasida yashaganligini ta’kidlaydi. Ayni paytda Boysung‘ur Mirzo odamlarga nisbatan himmat­li hukmdorbo‘lganini, insonlarni g‘oyat qadrlaganini ham “Dahnoma”da aytib o‘tadi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling