O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Xayoling xayli*, ey jonim charog‘i


Download 2.59 Mb.
bet137/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Xayoling xayli*, ey jonim charog‘i, (*xayl - guruh; to ‘da; ot-ulov jamt)
Turur ko‘zumda u ko'nglumda dog‘i.
Yuzung ko'rar ko‘zumdur, gar raqibing
Ko‘ra olmas oni chiqtek qarog'ing.
Qachon zulfung ko‘ngul birlan tuzalgay,
Kim egridur oning boshtin ayog‘i.
Fig‘onimni rubob ollig‘a, ey do‘st,
Nc aytoyin, chu eshitmas qulog‘i.
Ko‘zung ko‘nglungda ekmas mehr tuxmin,
Ajab yo‘q tushmadi ekin yarog'i.
Y uzung gulzoridin yo‘qtur mango rang,
Ochilg‘il gah-gahye, ey husn bog‘i.
Amiriy, ollidin to o‘tti ul zulf,
Nasimidin mushavvashdur* dumog‘i. (*mushavvash — tashvishli, besaranjomlik, ко ‘ngli parishon.)
Fard
Dumog‘ingning ilojin qilg‘il, ey oy,
Ki Majnuntck bo‘lubtur besaru poy.
Dahnoma”ning har bir nomasida oshiqning maktubidan so‘ng, ma’shuqaning maktubi keltiriladi. Bunday usul har bir nomani mustaqil asar sifatida talqin qilishga imkon beradi. Qolaversa, muallif ham shu maqsadni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Shu tariqa “Dahnoma”ning tuzi- lishida o‘ziga xoslik yuzaga kelgan.
Dahnoma”ning o‘ziga xosligi faqat shu bilan belgilanmaydi. Bi- rinchi noma sabo mahbubaga yetkazgan noma voqealariga bog‘langan va qolgan nomalar ham o‘zaro bog‘liq, voqealar rivojidagi uzluksizlik “Dahnoma”ni, xuddi doston singari, yaxlit tasavvur qilishga imkon bera­di. Shu bois bu nomada epik syujet bor deb aytish mumkin.
Savol va topshiriqlar

  1. Latofatnoma” haqida qaysi shoir o‘z g‘azalida so‘z yuritadi?

  2. Latofatnoma”ning “Muhabbatnoma”dan tuzilish jihatidan farqi nimada?

  3. Xojandiy asarining hamd bobida nima haqda so‘z yuritadi?

  4. Latofatnoma”da qofiyaning qanday turi bor? Misol keltiring.


  5. Download 2.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling