Boshqa nomalarda hikoyat berilmaganini, faqat “Dahnoma”da bor- ligini hamda bu nomaning o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan dalillardan biri ekanini shu o‘rinda eslatib o‘tish kerak.
“Dahnoma”da ilohiy ishq tavsifi. Shu hikoyatdan keyin kitobning yozilish sababi bayon qilinadi. Shoir bu bobni, bir do‘stim meni uyiga taklif qildi va may ichib, vaqtni xush o‘tkazamiz, degan baytlar bilan boshlaydi. Shoir va’daga ko‘ra uning uyiga borganda, bir talay Iso nafas ulfatlar to‘p!anganim hikoya qiladi: surohiy (may idishi)dan ko‘ngillari shod bo‘lgan, bir-birlariga gap bermay, hikoyalar so‘zlaydi. Shoir ham
Ayog' ichib, o‘pub otlandim ondin,
Bag‘oyat xurramu forig’ jahondin.
Boshimdin cltibon may nash’asi xush,
Berib yuz shc’r bahri tundu* purjush*. (*tund - achchiq, g azabli; usov, sarkash, sho‘x;*purjush — maj. zavqli, shod, hayajonli.)
Mubarro* bo‘lubon dinu dunyo g'amidin, (*mubarro - xoli, ozod, hiron narsaga yo ‘liqmagan)
Chiqib ya’ni takaHuf* olamidin. (*takalluf-qiynalish, kulfatga vo jiqish; hashamat, bezak)
Ko‘ngulda jilva berib xo‘blarni,
Sog‘inib ertagi mahbublarni.
Demak, may (ilohiy fayz)dan sarxushlik, paymona (ishqjga in — tiqlik kitobning yozilishiga sabab bo‘lgan.
Yo‘lda bir sohibajolga ro‘baro‘ bo‘lgani bobida bir mahbubaga yo‘liqib, uning go‘zalligiga mahliyo bo‘lgani, u bilan qilgan mubohasa- lari hikoya qilingan.
Munosabatning boshlanishi va mahbubaning noma yozgani bobida mahbubaning ishqida goh xud, goh bexud bo‘lgani, ba’zan o‘zi bilan o‘zi so'zlashadigan bo‘lib qolgani, uning firoqidan o‘ziga o‘zi shikoyat qilgani, oxiri, mahbubaning ishqida kuyib-yongan oshiq saboga: “Men - oshiqning tilidan noma yetkazsang, o‘sha oyning manzilidan meni xa- bardor qilsang”, deb iltimos qiladi. Sabo uning iltimosiga bajonidil rozi bo‘ladi. Shundan keyin oshiqning sabo orqali ma’shuqaga yozgan bi- rinchi maktubi keladi.
Asar o'nta nomadan iborat bo‘lib, Xorazmiyning “Muhab- batnoma”siga hamohang usulda yaratilgan. Ammo asaming o‘ziga xosli- gini ko‘rsatadigan dalillar borki, bular “Dahnoma”ning o‘zbek adabiyoti tarixidagi o‘mini belgilaydi. Jumladan, “Muhabbatnoma”da asaming oxirida fard bcrilgani holda, “Dahnoma”dagi har bir nomada oshiq yoki ma’shuqaning nomasidan so‘ng g‘azal, so‘ngra fard berilgan. Birinchi nomadan keyin keltirilgan g‘azal va fardga e'tibor beraylik:
G ‘azal
Do'stlaringiz bilan baham: |