O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Yoy bu yo‘lo‘ki so‘zlami eshitgach, bag‘ri qotg‘uncha kuldi. Ammo bir zarra yumshamadi. Qattiq so‘z boshlab ayitti: “Andoqkim, jununiy shoir aytibtur. Bayt


Download 2.59 Mb.
bet166/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Yoy bu yo‘lo‘ki so‘zlami eshitgach, bag‘ri qotg‘uncha kuldi. Ammo bir zarra yumshamadi. Qattiq so‘z boshlab ayitti: “Andoqkim, jununiy shoir aytibtur. Bayt:
Man on nayamki, zi tiri malomat andesham,
G‘ulomi ro‘yi kamon abro‘voni badkesham
(Men malomat o‘qidan qo‘rqadiganlardan emasman, lekin fe’li yo- mon kamon qoshli yuzlarning quliman).
Yana seni o‘qchilar band-band qilib, o‘rtangdin yormog'uncha mening birla qovusha olmading. Base, o‘g‘rilar birlan hamsuhbatliq qilg‘on(ing) uchun bargi nay to'nungni so‘yub, ichingni yordilar.
Ey xokiyi xoksor, necha o‘zungni ranj tutarsen, cy g‘ayratsiz, bir boshoq uchun har butaning tubinda xo‘shachinlartek* tufroqqa botib, xirmoningni yelga berursen. Base, pahlavonlar qoshida mening evim- din qochib, yoziyobonda boshingga tufroq sovurursen. Emdi sanga bu jur’at qaydin paydo bo‘ldikim, mening olimda tuz turub, o‘q uchidin so‘zlashursen va meni payvasta sohib husnlar qoshina mengzatib aytur- lar. Nazm:
On du abro‘yi muqavvas du kamonand baland,
Ki ba sad qam chunin turfa kamon notavon soxt
(U egma qoshlar ikki yuksak kamondir. Bu xildagi ajoyib kamonni yuz asrda ham yasab bo‘lmaydi)
Yana oshiqlar ma’shuqa qoshina payvasta tashbih uchun o‘qurlar.
Bayt:
Har kujo murg‘i dile bol kushoyad, filhol,
Ba kamon gushai abru z havosh andozad
(Yurak qushi har qayerda qanot qoqsa ham, darhol qoshning kamon go‘shasiga kelib yiqiladi).
(*xo ‘shachin — boshoqchi, mashoq teruvchi.)
Yoyning ta’na-dashnomlarini, haqoratomuz gaplarini eshitgan 0‘q uni nodonlikda ayblaydi. Shu o‘rinda Yoyning yuqoridagi nutqi bilan 0‘qning quyidagi nutqini soiishtirish ham har ikkalasining aql-farosatini, didini ko‘rsatib turadi. Yaqiniy Yoyning ham, O‘qning ham da’volarini keltirar ekan, har ikkalasining dalil-isbotlarini kitobxon sharhlashiga o‘rin qoldirmaydi. Har ikkalasining nutqidan ulaming qiyofasini chizib beradi. Yuqorida Yoy tilidan keltirilgan baytlarda shu ma’no anglashi- ladiki, u o‘z manfaatini o‘ta jo‘nlik bilan himoya qiladi, yoming kamon qoshlarini Yoy oldi-qochdi so‘zlar bilan tenglashtiradi. O‘q o‘z qarash- larini buyuk shoiriar Hofiz Sheroziy, Kamol Xo‘jandiy, Xoja Salmon Sovajiy, Sakkokiy, Lutfiy va Yaqiniy kabi qator shoirlaming baytlari orqali dalillaydi. Bu shoiriar baytlarida O‘q timsoli goh yorning sarv qo- matini, goh ma’naviy qiyofasini, goh yoming o‘tli, g‘amzali nigohini, goh oshiqni o‘tli azoblarga solgan ma’shuqaning kiborligini ta’rifu tavsif qiladi.
Base, O‘q bu so‘zlami eshitgach, ayittikim: “Zihi*, nodonki, sen­sen! Magar qarigan jihattin harif* bo‘lubsenki, o'zungni tiya tutmay- sen!” Base, shayxi fasohatki* gulistonda bulbultek hazor dostoni bordur, meni guluzor qomatina tashbih qilib aytur. Nazm:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling