Sar dar payi har kas, ki niham, to baqiyomat,
Bigurizadu yak chashm zadan nazarad az pas*
(Men kimning oyog‘iga bosh qo‘ysam, qiyomatgacha mendan qoc- hadiyu bir ko‘z ochib yumguncha ham qayrilib boqmaydi).
Base, otim kayburdur*, andoqki shoir aytur.
Nazm:
Dog‘yeki, hast bar dili dushman kunad du nim,
On tiri tez parri tukash nom kayburast
(Kaybur ataluvchi и o‘tkir o‘q dushman dilidagi qora dog'ni ikkiga bo‘lib tashlaydi).
(Yazdonbaxsh- Xudo gunohni kechiruvchi; *ud - olovga solgan- da xush is beradigan yog ’och; *to ‘s — qayin daraxtl; *kaybur — kamon о ‘qining eni enlik turi)
Munozarada 0‘q haybatli qiyofa bilan o'zini majoziy ma’noda “qa- notini qoqib uchib borayotgan qush” sifatida tasvirlar ekan, hammani vahimaga soladigan kuch ekanini uqtiradi. Shu bilan bir qatorda, 0‘q uchib borib oshiqlarning qalbiga kirganda, ulaming joni chiqmaydi, ularga aslo zarar yetmaydi. Zotan, 0‘q - oshiqlar muntazir bo‘lib kutadigan qush.
Qush timsoli - o‘zbek adabiyoti tarixida ilohiy ma’noda ko‘p uch- raydi. Munozaradagi “ko‘ngil qushi”, “jon qushi”, “yurak qushi” kabi timsollar aynan ilohiy ma’noda. Yaqiniyning e’tiqodi va maslagi mana shu timsolda ham ochiqroq namoyon bo‘ladi. U tasavvuf axloqi va mas- lagiga e’tiqod qilgan shoir sifatida 0‘q bilan qushni doim yonma-yon qo‘yadi. Ko‘ngil qushi - samoviy Ishq ramzi. Yaqiniy O‘qni “qush” tim- soliga mengzaganda, oshiqlar bu “qush”ni havodan - samodan topadilar. Shoir o‘z nuqtai nazarini “mualllf’, ya’ni o‘zining baytlari orqali ifoda- laydi.
Base, har qayda sevirtek qanotimni yoysam, mening sahmimdin* qochaming arvohi uchar va agar tug‘doriga* tuzlarda yo‘luqsam, mening vahmimdin yozilarni bulg‘ar va agar tog‘lar orasida jayron ko‘zluk mo‘g‘ulchinu xitoylarning novakidek irg‘olining qo‘lig‘a tikilsam qonig‘a kirarman. Andoqki, muallif aytur. Bayt:
Novaking kirsa kiyikning qonig‘a,
Do'stlaringiz bilan baham: |