O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Bu nasriy parchadan keyin she’riy yo‘l bilan muqaddima boshlanadi. “Sozlar munozarasi” asari masnaviyda
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuql* g‘amu boda yurak qonidin, (*nuql — may ichgandayeyiladi- gan shirinlik, meva vayemak.) Ul xijil nolishim afg‘onidin.
- (*padidor - paydo bo‘lgan, Ko ‘ringgin ) Tundin uza partavi anvor* yo‘q. ( *partavi anvor- nur shu’lasi, yo - rug‘ligi.)
- Ahmadiy - tasavvuf ilmining bilimdoni. Mana shu manzaradan keyin Ahmadiyning so‘fiyona talqini, tasavvuf ilmining katta bilimdoni ekani malum bo‘ladi. U “xarobot suvi’ga (ya’ni mayxona sharobigs)
- (KomilovN. Tasavvuf.., 141, 142b.). Piri xarobotiyning sarxushligi ana shundan.
Bu nasriy parchadan keyin she’riy yo‘l bilan muqaddima boshlanadi. “Sozlar munozarasi” asari masnaviyda ramali musaddasi maxzuf (foilotun foilotun foilun) vaznida yozilgan.
Asarning muqaddimasida qo‘yilgan maqsad. Ahmadiy muqad- dimada o‘zining ichki kcchinmalarini, ruhiy dardu azoblarini, xursand- chilik o‘miga zamonning g‘am-tashvishiarini tasviriaydi. Shoir xoru zorlikda yashayotgani, uning nolalariga faqat xayollarigina hamdard bo‘layotganini ichki bir ruhiy azob bilan qalamga oladi: Nuql* g‘amu boda yurak qonidin, (*nuql — may ichgandayeyiladi- gan shirinlik, meva vayemak.) Ul xijil nolishim afg‘onidin. Hardam oqib ko‘z yoshidin seli xun, Jonda alam, boshta havoyi junun. Shoir dardu g‘amlami bir oz bo‘lsa-da unutish uchun tashqariga chiqadi. Shu o‘rinda shoir tunni o‘zining ichki kechinmalariga monand tarzda tasvirlaydi: Yulduzu oy ko‘kda padidor* yo‘q, (*padidor - paydo bo‘lgan, Ko ‘ringgin ) Tundin uza partavi anvor* yo‘q. (*partavi anvor- nur shu’lasi, yo- rug‘ligi.) Baytda tasvirlanganiday, shoir g‘amgin, ko‘ngli vayron holatda ekan, uning bu holatidan o‘zining aqlu idroki va xushi hayron. Mana shu o‘rinda shoiming asar muqaddimasidan maqsadi oydinlashadi: u ko‘ngli vayron holatda xarobotga - mayxonaga keladi: Keldim o‘shal holda jondin batang, Chig‘di xarobotta g‘avg‘oyi jang. Xarobotga hech kirn xush kayfiyat, xursandlik bilan kirmaydi, balki ko'ngli vajTon holda kiradi, u yerda ko‘ngliga taskin izlaydi. Xarobot - mhiy kayfiyat, g‘am-anduh ifodasi. Ahmadiyning bu so‘fiyona misralari kitobxonni “Piri xarobot” huzuriga olib keladi. “Piri xarobot” - maz- kur munozaraning asosiy qahramoni. Munozarada yuz beradigan voqe- alar -- musiqiy asboblarning hammasi ana shu “Piri xarobotiy”ga kelib bogManadi. Ahmadiy aytadi: “Men xarobot suviga tezroq yetishgani os- hiqdim. Xarobotga kirib borganimda, esa Piri xarobotiy mast ahvolda yotar, u jomu qadahlarini uloqtirgan, u zotning yonida har tomonda soc- hilib yotardi”. Ahmadiy - tasavvuf ilmining bilimdoni. Mana shu manzaradan keyin Ahmadiyning so‘fiyona talqini, tasavvuf ilmining katta bilimdoni ekani ma'lum bo‘ladi. U “xarobot suvi’ga (ya’ni mayxona sharobigs) oshiqadi, bu degani - u muhabbat shavqidan tatib ko‘rish ishtiyoqida, xuddi Piri xarobotiy suigari, muhabbat shavqidan bahramand bo‘lib, mast bo‘lish niyatida oshiqadi deganidir. Shoir, o‘sha Piri xarobot xuddi o‘lik kabi tuproqqa belanib yotar ekan, tanasida pok ruhi bor edi, dcya kitobxonni xabardor qiladi. Bugungi kitobxonga Piri xarobotiyning ah- voli g‘ayritabiiy, g‘ayriodatiy bo‘lib tuyulishi mumkin, Pok ruh - qadrli va arzirli narsaga tayanadi, Piri xarobotiydagi ilohiy ruh ham, shoirning nazarida, pok ruhning samarasidir. Ahmadiy so‘fiylik ilmini puxta egal- lagani ana shu o‘rinlarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ahmadiy Piri xarobotiyning holatini tasvirlab boTgach, asar voqe- asiga zamin bo‘lgan sozlar tasviriga o‘tadi. Sozlar va Piri xarobotiyning bir-binga bog‘liq timsollar ekanini Ahmadiy hech qanday ishoralarsiz, talqinlarsiz va tahlillarsiz ko‘rsatib beradi. Zotan, Piri xarobotiy bosh bo'lgan majlisda hamma sozlar jam’ bo‘lgan. Ular go‘yo bitta parda- da chalishga tayyor, hammalari yakdil. Ammo Piri xarobotiy muhabbat shavqidan mast bo‘lgani bois, hamma sozlar maqtanib, o‘zlari chaladi- gan kuylami namoyish qilish bilan band edilar. Piri xarobotiy obrazi va sozlar timsoli o‘rtasidagi munosabat. Piri xarobotiy va sozlardan chiqadigan kuylar o‘rtasida xuddi griyritabiiylik borday. Aslida esa Ahmadiy tasavvuf ilmidagi shoir qalbi bilan so‘fiy qalbining bir-biriga hamrohligini ko‘rsatraoqchi, har ikkala toifaning qalbida va hayotida she’r hamda musiqaning o‘zaro bog‘liqligini ayt- moqehi. Tasavvuf badiiy ijod bilan uyg‘unlashgani - tabiiy jarayon. “Tasavvuf o‘z musiqasini, tasviriy san’atini, raqs san’atini ham yaratdi va hatto so‘riyona teatrlar paydo bo‘ldi. Birgina samo’ning o‘zida ham she’riyat, ham raqs, ham qo‘shiq, musiqa ishtirok etadi...So‘fiylaming (bu munozaradagi Piri xarobotiy - N.R.) tabiati, botiniy dunyosi shc’ru nag‘ma, musiqaga tashna” bo‘lgan edi (KomilovN. Tasavvuf.., 141, 142b.). Piri xarobotiyning sarxushligi ana shundan. Sozlar o‘rtasidagi bahslarning mazmuni. “Sozlar munozarasi” muqaddimasidan keyin “Mubhas ibtidosi. Avval tanbura so‘zi” hikoya- si bayon qilinadi. Tanbura o‘zaro paydo bo‘lgan bahsu janjalga barham bermoqchi bo‘lib, hammalariga-Ud, Chang, Qo‘buz, Yotug‘on, Rubob, G'ij jak, Kungura kabi musiqa asboblariaa navbatma-navbat tanbeh beradi. Tanbura hamma musiqa aboblaridan ustun ekanini ko‘rsatmoqchi boTib, har biri bilan bahsiashadi. Munozara boshida Tanbura hammadan ustun ekaniga da’vo qilar ekan, mcndan chiqadigan kuy toshni ham eritadi, sayroqi qushnikiga o‘xshagan ovoz mendan chiqadi, turli usuldagi kuylaming sohibi men- man, deb o‘ziga ta’rif beradi va hamma musiqa asboblariga javob berish- ga tayyorligini e’lon qiladi. Udning o‘ziga bergan ta’rifi. Birinchi bo‘lib Ud o‘ziga ta’rif be- rib, Tanburaga kinoya bilan javob beradi. Ud Tanburaga, men hamman- gizning ustingizdan shohman, hamma maqomlami bilaman, mendan chiqadigan kuy nihoyatda dardli, hamma sozlar orasida mening nomim ulug‘, hamma mening sifatlarimni maqtaydi, shu bois xalq orasida otim mashhur bo‘ldi, shohlardagi xosiyatlar menda bor, deb nokamtarlik bilan o‘zini madh qiladi. Tanbura o‘z navbatida Udni bo‘yni uzun, aqli qisqalikda, boshdan-oyoq egri boTgani uchun usuli yo‘q musiqa asbobi ekanlikda ayblab, uning nuqsonlarini yuziga soladi. Qo‘buzning o‘ziga bergan ta’rifi. Ikkinchi bo Tib Qo‘buz o‘zini ta’rif qilib, Tanburani masxara qiladi. Qo‘buz, ishq gulistonidagi bulbul menman, bironta sayroqi qushning ovozi mening ovozimga yetolmay- di, jamiki kuy usullari mendadir, hamma ertayu kech meni eshitishga mushtoq, xushta’b odamlar meni chetlab o‘tolmaydi, deya o‘ziga baho beradi. Tanbura esa Qo‘buzni behayolikda ayblab, uning qomatini tobut- ga o‘xshatadi. Yotug‘onning o‘ziga bergan ta’rifi. Uchinchi boTib Yotug‘on o‘ziga hamdu sano o‘qiydi va Tanburamng ustidan kuladi. U, mening martabam hammanikidan ortiq, men singari hunar egasi dunyoda yo‘q, deydi. Tanbur esa uning maqtanchoqligiga javoban, senda aslo uyat yo‘q, xarraging boTmagani uchun sen doim yotasan, deb bir qancha nuqsonlarini uning yuziga soladi. Rubobning o‘ziga bergan ta’rifi. To‘rtinchi bo‘lib Rubob o‘zini ta’riflaydi va Tanburaga ta’nayu dashnomlar beradi. Rubob, men oliy- janobligim bilan ajralib turaman, ozodalikda tanhoman, hunar bobida istc’dodliman, dcydi va Tanbura aslo odamlarga hamroh bo‘la olmagani, u hiylakor, iblisning onasi ekanini arzi hoi qiladi. Tanbura esa Rubobga, sen bir lalaygan bandasan, takabbursan, deya uning bir qator ayblarini yuziga soladi. G‘ijjakning o‘ziga bergan ta’rifi. Beshinchi bo‘lib G‘ijjak o‘ziga ta’rif berib, Tanburaning kamchiliklarini, nuqsonlarini yuziga soladi. G‘ijjak o‘zi haqida, men sozlar orasida kamondor botirman, mening nolalarim odamlaming yurak-bag‘rini ezib yuboradi, degan ta’riflar bilan o‘zini madh qilar ekan, Tanburani, sen nokassan, rasvosan, har xil bo‘lmag‘ur savdolami boshlab yurasan, deya tanqid qiladi. Tanbura o‘z navbatida G‘ijjakning xasisligini, devu parilar G‘ijjakning ovoziga yig‘ilib kelishlarini, u rasvo G‘ijjakning ovozini faqirlar eshitganlarida, hammalari o‘rtanishlarini bayon qiladi. Kunguraning o‘ziga bergan ta’rifi. Oltinchi bo‘lib Kungura maq- tanib, men ham oxirzamonning g‘avg‘olaridanman, sozlar orasida nuq- sonlisi, o‘jari bo'lsam ham, Tanburaga o‘xshaganlar bilan qarindoshman, uning gaplari bema’nilikdir, deb javob beradi. Tanbura esa Kunguraga, sening boshing bilan oyog‘ing ikkita qovoq, xolos, senga o‘xshagan ras- volar menga qarindosh emas, dushmandir, seni bu olamdan nomingni o‘ehirib yuboraman, axir, sening hamma shayxlaringni men murid qilib oldim-ku, deb undan ustunligini namoyish qiladi. Shunday qilib, Tanbura bilan olti musiqa asbobi o'rtasidagi bahs va dahanaki jang tugaydi. Ammo “Sozlar munozarasi” shu bilan nihoyasi- ga yetmaydi. Bu musiqa asboblarining o‘zaro bahslari orqali Ahmadiy- ning aytmoqchi bo‘lgan boshqa gapi va ilgari surmoqchi bo‘lgan boshqa g‘oyalari bor. U barcha sozlar timsoli orqali insoniyat jamiyatidagi axlo- qiy munosabatlami, inson kundalik hayotda amal qilishi lozim bo‘lgan yaxshi so‘z, yaxshi xulq, yaxshi fe’l-atvorni o‘rtaga chiqaradi. Kamtar- lik, odamiylik, o‘zaro hurmat, halimlik kabi fazilatlar inson axloqining asosiy bezaklaridir. Shu bilan birga, Ahmadiy Rubob tilidan aytgan qu- yidagi baytlar diqqatni jalb qiladi: Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling