Har kujo raft behuzur uftod.
Az kaji shud kamon ba pahluyi shoh,
Tir az rosti ba dur uftod
(Kimiki bu maydonda rost bo‘lsa,
Qayerga borsa ham behalovat bo‘lib tushadi.
Kamon egriligi tufayli shoh yonidan joy oldi,
0‘q esa rostlikdan uzoqlarga borib tushdi)
Agarchi bu so‘znung sohati* vasi’* erdi, shani*’ ko‘rungay, deb so‘z iqtisor* bo‘ldi. Umid ulkim, rost tabiat, mustaqim* zehnlaming ma- hakida* bu naqd tamom iyor* bo‘lg‘ay va bu sahfani mutolia qilib, bu nomaning silasi* o‘mig‘a azizlardin tavaqqu’* ulkim. Nazm:
Yaqiniyning ravoni shod qilg'ay,
Duoyi xayr birlan yod qilg‘av.
Tugandi 0‘q —Yoyning munozarasi. Vallohu a’lam.
(*kaj tab — qing ‘ir fe ’l-atvorli; *sohat — maydon, keng joy; *vasi ’ - keng; *shani ’ yomon, xunuk, yaramas; *iqtisor — qisqariirish. chegaralash; *mustaqim — to ‘g ‘ri, halol, bir joyda turuvchi; *mahak — kumush, oltinlarga surtilib, ularning sifatida ajratadigan tosh; *iyor — oltin, Kumush kabi ashyolarning boshqa moddalardan ajratib saralan- gani; о ‘lchov; *sila — in ’от, baxshish, evaz; *tavaqqu ’ — biron ishning voqye ’ bo ‘lishiga ко ‘z tutish; umid bilan qarash)
Girish barlos urug‘ini ifoda etib, Zihgir turkiy urug‘lardan tarxon urug‘iga ishora qiladi. O‘q ustidan adolatsiz hukm chiqargan yolg‘onchi Zihgir timsoli orqali esa hukmron tabaqaning har qanday adolat va haqi- qatni oyoq osti qila olish qudratiga ega ekanini namoyish qiladi.
Jamiyatning illatlari, turli tabaqalar o‘rtasidagi manfaatparastlik va yolg‘onchilik, munofiqlikni ko‘ra-bila turib himoya qilish va boshqa ya- ramas xulq-atvorlar Yaqiniyni iztirobga soladi. U har bir so‘zni, har bir jumlani hayotiy haqiqatni ro‘y-rost ko‘rsatish uchun xizmat qildiradi.
Savol va topshiriqlar
Yaqiniyning “O‘q va Yoy munozarasi” qaysi manbalarga asos- langan?
Do'stlaringiz bilan baham: |