O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Go‘zallikni, asosan, ma’shuqaning go‘zaIligini tasvirlash uchun “Qissayi Yusuf’da ko‘plab o‘xshatishlar qo‘llanadi. Quyidagi misralar- ga e’tibor beraylik


Download 2.59 Mb.
bet180/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Go‘zallikni, asosan, ma’shuqaning go‘zaIligini tasvirlash uchun “Qissayi Yusuf’da ko‘plab o‘xshatishlar qo‘llanadi. Quyidagi misralar- ga e’tibor beraylik:
Yosh olmadin latifroq iyaklaring...
Yangi bitmish dalchibiqday barmaqlaring...
Kitobxon ko‘z o‘ngida yoming qiyofasi, nozikligi, jismining barcha a’zolari mutanosibligi gavdalanadi. Mazkur misralardagi yosh olmaday, dal chibiqday kabi xalqona o‘xshatishlar ham mazkur dostonning mu- him badiiy xususiyatlarini ifoda etadi.
Yusuf va Zulayho” dostonining yaratilishi, dostonda davr vo- qealari. Endi o‘zbek adabiyotida Durbekka nisbat berilayotgan “Yusuf va Zulayho” dostoni haqida ayrim ma’lumotlarga to‘xtalamiz. Avvalo, mazkur “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi haqida. Uzoq yillar- dan beri “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifini ba’zi olimlar Dur- bek emas, Ulug‘bek deb aytadilar. Ba’zilar esa Homidiy Balxiy degan fikrdadirlar145. О‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan bilimdon olim- lari ye.E.Bertels, H.Zarifov, Oybck, P.Shamsiev, O.Sharafuddinov, A.Qayumov, A.Hayitmetov, N.Mallayev kabilar “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek deb ta’kidlaydilar va doston Durbek mual- lifligida bir necha marta chop etilgan.
Durbekning hayoti, ijodi, shuningdek, mazkur doston haqida faqat- gina “Y usuf va Zulayho” dostonidan ma’lumot topish mumkin. Doston- ning yozilishi haqida shoir quyidagicha ma’lumot beradi:
Zod” cdi ta’rix taqi “hye”yu “dol”,
Muddati hijratdin o‘tub mohu sol.
Arab harflari bilan ifodalangan abjad hisobiga ko‘ra, “zod” harfi - 800, “hye” - 8, “dol” - 4 ga teng keladi. Har uchala sonning yig‘indisi 812 bo‘ladi. Hijriy hisobidagi bu yil raqami milodiy 1409-yilga to‘g‘ri keladi.
Dostonning Balx shahrida yozilganini asarning debochasida shoir kcltirgan ma’lumotlar tasdiqlaydi:
Balx erur dahrda ummul bulod.
Mazhari islomu taqi adlu dod...

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling