O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Qul Ali “Qissayi Yusuf’ asarini ruboiy janrida yozgan. Bu haqda shoir quyidagicha ma’lumot beradi


Download 2.59 Mb.
bet177/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Qul Ali “Qissayi Yusuf’ asarini ruboiy janrida yozgan. Bu haqda shoir quyidagicha ma’lumot beradi:
Yo darig‘o, tekma kimsa do‘zumadi,
Fahmi eksuk kimisalar yazumadi.
Bu zaifing ushbu nazmi azumadi,
Ruboiyg'a vazn ichra dutsun emdi.
Qul Ali o‘z hikmatlarida “Yusuf savchi”, “Yusuf nabi” kabi ism- lami bir necha marta qoMl^^di. Bu bilan “Qissayi Yusuf’ dostoni uning ijodida muhim o‘rin tutganiga ishora qiladi.
Qissayi YusuF’ning mazmuni. Qul Alining “Qissayi Yusuf’ dos­toni mazmuni quyidagicha:
Yoqubning o‘n ikki farzandidan o‘n birinchisi Yusuf tush ko‘radi. Tushida quyosh, oy va o‘n bir yulduz unga sajda qilib, bosh egib turgan ekanlar. Yoqub kelajakda bu o‘g‘li akalariga bosh bo‘lishidan alomat ekanini biladi. Yoqubning qizi bu tush voqeasini akalariga yetkazadi. Mojarolar shundan boshlanadi. Yoqub Yusufni boshqa o‘g‘illariga qara- ganda ko‘p erkalar, bu ham akalarini g‘aazablantirardi. Akalari Yusufni o‘ldirish niyatida sahroga olib chiqadilar. Yahudo ukalariga qarshi chi- qib, uni o‘ldirmaylik, deya ukalarini ko'ndiradi. Yusufni quduqqa tash- laydilar. Akalar uyga- Yoqubningoldigakelib, Yusufni bo‘ri yedi, mana alomati, deb Yusufning echki qoniga bo‘yalgan kiyimini ko‘rsatadilar.
Savdo safaridan qaytayotgan karvon boshlig‘i Malik Tojir Yusufni quduqdan chiqarib, uni Misrga olib ketadi. (J Yusufni Misrda qul qilib sotadi. Yusufko‘p mashaqqatlar chekadi, ammo sabr qiladi, aqli, farosati orqali Misr mamlakati boshliqlaridan biri bo‘ladi. Bu - dostonning bir syujet chizig‘i. Ikkinchi syujet chizig‘i Zulayho bilan bog‘liq voqe'alar- dir.
Zulayho - Mag‘rib (Afrika) podshosi Taymusning qizi. Zulayho tush ko‘rib, tushida Yusufga oshiq bo‘lib qoladi. Yusuf ham tushida uni yaxshi ko‘rganini bildiraroq, o‘zining Misr azizi bo‘lishini ayon qiladi va Zulayhoning taklifini qabul qilarkan, bir oz sabr qilib turishini so‘raydi. Tayrnus shoh Misr aziziga yakkayu yagona qizini berishga rozi bo‘ladi.
Misrdan qudalar kelgach. Taymus shoh qizi Zulayhoni ko‘p mol-mulk bilan Misr aziziga uzatadi. Zulayho podshoh saroyiga kirganda, tushida ko‘rgan go‘zal Yusufni emas, balki Misr azizi o‘mida bir qari cholni ko‘radi. Zulayho juda qayg‘uradi. Hamroh boMib kelganlar unga, sabr qilgin, deb tasalli beradilar.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling