O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet176/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Y assaviyda:
Kel cy xayif, bu ishlardin xabar olg'il, Tavba qilib doyim OUoh sari borg‘il.
Qul Xoja Ahmad, dunyolikdin o‘tib yong‘il,
Shoyad qilg‘ay pirn mug‘on nazar emdi (Yassaviy. Hikmatlar. 1990, 187-b.). 1
Qul Aiida:
Men zaifi hikmat taba sen yondirg‘il,
Pand va hikmat ayitmag‘a sen qondirg‘il,
Sadrim ichra madad shamin sen yondirg‘il,
Xatarimni sen munavvar qilg‘il emdi (Tatar adabiyoti tarixi, J986, 124-b.).
Har ikkala to’rtlikdagi ohang, hijolar tengligi, g‘oyaviy o‘xshashlikdan shuni anglash mumkinki, Qul Ali Yassaviyning izdoshi bo'lgani aniq.
Qul Alining tarjimai holi, ijodi haqida biron manbada ma’lumot saq- lanib qolmagan. Qul Ali “Qissayi Yusuf’ oxirida quyidagi misralami bitadi:
Buni tuzan zaif banda adi Ali,
Yigirma to'rt raqam ichra soldi yo‘li.
Bu bayt asaming yozilgan yilidan darak beradi. Asar milodiy 1212- yili, ya’ni mo‘g‘ullar istilosigacha yozilgani bir qancha munozaralar na- tijasida to‘g‘ri deb topilgan.
Qul Alining “Qissayi Yusuf’ asari yozilgan joy haqida ko'pchilik olimlar to‘xtalganlar. Ular, Qul Ali “Qissayi Yusuf’ asarini O‘rta Osiyo- da yaratgan, degan fikmi aytadilar. Jumladan, turkolog A. Krimskiy XX asr boshlarida “Qissayi Yusuf’ning vatani Buxoro yoki O‘rta Osiyoning biron o‘lkasi bo‘lgani ehtimoldan xoli emas, degan fikmi ilgari surgan edi. Tatar olimlari G. Rahim va G.Gaziz bu asaming vatani Movaroun- nahrdan boshqa biron turkiy tilli mamlakat degan fikrda bo‘lganlar. Turk olimi M.F. Ko‘purilizoda “Qissayi Yusuf’ning vatani “dindor va zohid Xorazm” deb hisoblaydi. A.K.Borovkov ham bu asar O‘rta Osiyoda ya- ratilganini ta'kidlaydi.
Umuman, yuqoridagi olimlaming fikr-qarashlarini va “Qissa­yi Yusuf’ning til xususiyatlarini inobatga olgan holda (o‘g‘uz dialekti kuchli ta’sir etgan, so ‘ylaylum, delayalum, о 'ylayalum kabi fe’l shakllari va t o‘miga d tovushining ko‘p qoTlangani shuningdek, -sarsan, -sar- man grammatik shakllarining uchrashi), bu asar ko‘hna Turkiston za- minida yaratilgan deb aytish mumkin. Qolaversa, Yassaviy hikmatlari bilan Qul Alining “Qissayi Yusuf’idan keltirilgan parchalarning mavzu, g‘oya, timsollar o‘xshashligi ham bu fikrlarimizga qo‘shimcha daliJdir.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling