O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Bilki, bu yo‘l ustida o‘tguchimiz


Download 2.59 Mb.
bet192/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Bilki, bu yo‘l ustida o‘tguchimiz,
Ayla kelduk, yana ketguchibiz, -
deya javob berib, shohga ta’nalar qildi: “Yaratgan meni hech nar- saga muhtoj qilmadi. Sen esa muhtojlikda yashaysan, men l'aqru fano davlatida boyman, agar sendan biron narsa ta’ma qilsam, sendan battar bo‘laman, undan ko‘ra, rizq ilinjida darbadar kezganim yaxshi. Qani ayt- chi, mabodo ajal kelib qolsa, davlatingni qaytara olasanmi yoki ajalni- mi?” Shoh pirning bu gapidan qattiq xafa bo‘lib, unga, agar sening bos- hingga ajal kelib qolsa-chi, sen nima qilasan, deb savol berganda
Pir tabassum qilibon urdi jo‘sh,
To‘tisi uchtiyu qafas qoldi bo‘sh.
Bu hikoyatdan keyin keitirilgan ma’vizada pirning zohiriy olami emas, balki botiniy olami boy ekanini ko‘rsatishni maqsad qilib, “surati vayronayu ma’nisi ganj” deya ta’riflaydi. Pir singari ishqqa doimiy ham- roh bo‘lgan zotlaming hamdamiyu hamnafasi ham, otasiyu onasi va yori ham ishq ekanini ta’kidlaydi.
Haydar Xorazmiy “Maxzan ul-asror” asarini yozishda xalq tili boy- liklaridan, xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalandi. Go‘zal o‘xshatishlar topdi. Masalan, “Musannifning vasfi holi” bobida shoir o‘z yuragini yonib turgan sha’mga, turli o‘y-xayollarini sham’ tutuniga, xayolga cho‘mib qimirlamay o‘tirgan holatini shamdon ostiga qo‘yilgan laganga o‘xshatadi. Bu holat esa shoirning xayoloti boy ekaniga bir dalildir. Shu bilan birga, sha’m va tutun timsollari orqali o‘zining axloqiy va falsafiy qarashlarining samarasiga ishora qiladi.
Obrazlar tizimining tazod asosiga qurilgani ham Haydar Xoraz­miy hikoyatlarining muhim qirralaridan biridir. Har bir hikoyatda ta­zod san’ati bor. Yuqoridagi hikoyatlarda bazzoz bilan kampir, befarosat odam bilan Xotam Toy, Mahmud G‘aznaviy bilan pir kabi obrazlar ta- zodning bir namunasidir.
Maxzan ul-asror” dostoni aruzning sari’ bahrida “musaddasi mat- viyi makshuf” vaznida (muftailun muftailun foilun) yozilgan.
Haydar Horazmiy “Maxzan ul-asror” asarini yaratish bilan o‘zbek adabiyotida she’riy hikoyatning rivojiga munosib hissa qo‘shdi. “Max­zan ul-asror”dagi hikoyatlarda u falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy- ta’limiy masalalarni ilgari surgan. Uning mazkur hikoyatlari komil in- sonni tarbiyalashga xizmat qiladi. Umuman, Haydar Xorazmiy bu asari bilan uzoq tarixga ega bo‘lgan falsafiy-didaktik dostonchilikning yangi davrini boshlab berdi.
Gul va Navro‘z” dostoni haqida. O‘zbek mumtoz adabiyotida “Gul va Navro‘z” dostoni Lutfiyniki degan qarashlar uzoq yillar davo- mida hukmron bo‘lib kelgan edi. Keyingi yillarda topilgan manbalar va tadqiqotlar natijasida bu doston Haydar Xorazmiy asari ekani ma’lum bo‘ldi.
Shayx Ahmad Xudoydod Taroziy “Funun ul-balog‘a” asarida bir necha bor “Mavlono Haydar” taxallusini keltiradi. U bir o‘rinda tashbeh (at-tashbeh-ul-kinoyat) san’atiga Mavlono Haydardan quyidagi parchani keltiradi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling