O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Doston mazmunidan ko‘rinib turibdiki, xalq dostonlaridagi motivlar - farzandslzlik, tush va safar motivlari mazkur dostonning asosiy syuje- tini tashkil qiladi


Download 2.59 Mb.
bet194/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Doston mazmunidan ko‘rinib turibdiki, xalq dostonlaridagi motivlar - farzandslzlik, tush va safar motivlari mazkur dostonning asosiy syuje- tini tashkil qiladi.
XVI1 asrdan keyin yaratilgan romantik dostonlaming deyarli ham- masida “Gul va Navro‘z” dostonidagi motivlar bor. Jumladan, Nishotiy- ning “Husnu Dil” dostonidagi safar motivi bilan “Sanobar” xalq kitobi- dagi va ko‘plab xalq dostonlaridagi safar motivi yoki “Gul va Navro‘z”, Sayqaliyning “Bahrom va Gulandom” dostonidagi farzandsizlik motivi bilan “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonidagi farzandsizlik motivi uyg‘unligini misol qilib keltirish mumkin. Dalil sifatida sharq xalqla- ri dostonlarining ko‘pida uchraydigan farzandsizlik motiviga e’tibor qarataylik: “Qissai Sayfulmuluk’’da shoh Osim farzand ko‘rmay, oxiri Xudodan farzand so‘rab o‘g‘il kcfradi, o‘g‘lining ismini Sayfulmuluk qo‘yadi; “Bahrom va Gulandom” dostonida Rum mamlakati podshohi farzand ko‘rmay, oxiri Xudoning marhamati bilan farzandli bo‘ladi va o‘g‘lining ismini Bahrom qo‘yadi. Bu voqealar har ikkala dostonning boshida bcriladi, har ikkala dostonda safar motiviga zamin tayyorlana- di, Shuningdek, mazkur dostonlar “Gul va Navro‘z” dostoniga bu jihat- dan hamohang. Sayfulmuluk otasi hadya qilgan to'nda qizning suratini ко‘rib, oshiq bo‘lib qoladi. Bahrom ham Gulandomning suratini ko'rib oshiq bo'Iadi va h (Rahmonov N. O'zbek adabiyotini davrlashtirish ma- salalari.., 99-b.). Shubhasiz, bunday uyg‘unliklar romantik dostonlar- ning xalq dostonlari zaminida shakllanganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Sharq adabiyotida, jumladan, turkiy xalqlar dostonlarida bu motivlar asosida shakllangan dostonlar bir-biridan oziqlangan va bir tizimni hosil qilgan. O‘zbek adabiyoti tarixida bu tizim aynan “Gul va Navro‘z” dos- tonidan boshlanganini ham e’tirof etish kerak.
Gul va Navro‘z” dostoni 595 baytdan iborat bo‘lib, Nizomiy Gan- javiyning «Xusrav va Shirin» dostoni vaznida - aruzning hazaji musad- dasi mahbun bahrida (mafiylun mafoiylun faulun) yoziigan.
O‘zbek tilidagi “Gul va Navro‘z” dostoni yozilgunga qadar fors adabiyotida shu nomda ikkita doston yoziigan: birining muallifi Xoja Kirmoniy bo‘lib, u Kirmon shahrida Muzaffariylar sulolasining asoschi- si hukmdor Muboriziddin Muhammad saroyida (713/1313- 760/ 1359) yashab ijod qilgan; ikkinchi dostonning muallifi Jaloliddin Ahmaddir ( u mohir shoir bo‘lish bilan birga, tabib ham bo‘lgan, shuning uchun Jalol Tabib deb ham aytiladi).
Gul va Navro'z” dostonining hozircha ma’lum bodgan qodyozma nusxalari o‘n bitta bodib, ular Budapeshtda, Parijda, Venada, Istambul- da, Londonda, Qozonda saqlanadi. Bu dostonlarning tanqidiy matnini tayyorlash o‘zbek adabiyotshunoslari oldida turgan kelgusidagi vazifa- lardandir. Ana shunda doston yuzasidan bodayotgan munozaralar, bahs- lar nihoyasiga yetadi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling