NozukJuk ichra belicha yo‘q tori gisuyi, O'z haddini bilib, beli din o‘lturur quvi.
Yana biri bukim:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand bo‘ynuma ikki qulochdin.
Va Mavlononing “Zafamoma” tarjimasida o‘n ming baytdin ortuq- roq masnaviysi bor, bayozg‘a yozmog‘on uchun shuhrat tutmadi va lekin forsiyda qasidago‘y ustodlardin ko‘pining mushkul she’rlariga javob ay- tibtur va yaxshi aytibtur. To‘qson to‘qqiz yashadi va oxir umrida radifi “oftob” she’ri ayttikim, zamon shuarosi barcha tatabbu’ qildilar, hech qaysisi matla’ni oncha ayta olmadiiar va ul matla’ budurkim:
Ey zi zulfi shab misolat soyaparvar oftob,
Shomi zulfatro ba jon moh dar bar oftob.
(Tunga o‘xshash zulfingdan quyosh (yuzing) soyaparvardir,
Tun kabi zulfingda oy o‘rniga quyosh chiqqandir).
Va o‘tar vaqtinda bu g‘azal matlainkim, tuganmaydur erdi, vasiyat qildikim, hazrati maxdumi Nuran tugatib, o‘z devonlarida bitisunlar va ui matla’ budurkim:
Gar kori dili oshiq bo kofiri Chin aftad,
Beh z-onki, ba badxo‘i bemehri chunin aftad.
(Agar oshiqlar dilining ishi chin kofirga tushsa, shu singari bemehr, badie’lga tushgandan ko‘ra yaxshidir.)
Mavlono yigitligida ulumi zohiriyni takmil qilg‘ondin so‘ngra, Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy (alayhirrahma) qoshida sufiya tariyqi- da ham suluk qilg‘ondur. Aziz va mutabarrak kishi erdi.
Bu faqir borasida ko‘p fotihalar o‘qubtur. Umed ulkim, chun dar- vesh kishi erdi, ba’zi mustajob bo‘1mish bo‘lg‘ay.
Mavlononing qabri shahr navohisida Dehi Kanordakim, o‘z roaska- ni erdi, andadurur” (Alisher Navoiy. MAT, 13-tom., 616?—!.). Navo- iyning bu e’tirofidan Lutfiyning butun ijodi, shaxsiyati, obro‘-e’tibori, tarjjrnonlik mahorati, e’tiqodi va boshqa qirralari haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Shu o‘rinda aytish kerakki, Lutfiyning ’’oftob” radifii g‘azaliga za- monasining eng kuchli shoirlari tatabbu bog‘lab, birontasi ham Luifiy darajasida ayta olmagan ekanlar, Navoiy ham uning bu radifli g‘azaliga tatabbu yozganmi degan savol tug‘ilishi mumkin. Garchi Navoiy ta- tabbu yozgani haqida biron tarixiy ma’lumot saqlanmagan bo‘lsa ham, Navoiyning ’’quyosh” radifli g‘azali Lutfiyning ’’oftob” radifli g‘azaliga tatabbu deb e’tirof etiladi. Navoiyning ’’quyosh” radifli g‘azali, xuddi Lutfiyning yuqorida keltirilgan ’’oftob” radifli g‘azalining matla’i singari aruzning ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilun) vaznida yozilgan. Navoiyning bu g‘azali 9 baytdan iborat. Namuna sifa- tida g‘azalning matla’ini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |