She’ring sha’ri, Lutfiy, Xitou Xo‘tanda.
Lutfiy o‘z davrida ham, keyingi davrlarda ham zamonaning mash- liur ijodkorlari tomonidan Navoiydan keyingi o‘rinda turadigan shoir sifatida c’tirof etilgan. Navoiy Lutfiy g‘azaliga bog‘lab yaratgan uchta muxammasim. mazkur devoniga kiritgan.
Pahlavon Muhammad Kushtigir Navoiy bilan boMgan suhbatida Lutfiy va uning zamondoshlari Atoyi, Sakkokiy, Gadoiy kabi shoirlar haqida to‘xtalib, “Ulardan qaysi biri yaxshi yozadi?” deb so‘raganda, Navoiy “Borcha yaxshi aytibdurlar”, deya javob beradi. Pahlavon Muhammad takroran shu savolni berganda, Navoiy “Lutfiy” deb javob ber- gan ekan (E.Rustamov. Ко ‘rsatilgan asar, 100-b.).
Lutfiy ijodining janrlar tasnifi, g‘azallari mazmuni. Bugungi kunda mavjud ma’iumotlar shuni tasdiqlaydiki, Lutfiyning ijodiy me- rosi janrlar bo‘yicha quyidagi miqdomi tashkil etadi: g‘azallar - 372 ta bo‘lib, 4712 misra; qasidalaa- 3 ta bo‘lib, 214 misra; to‘rtlik (tuyuqlar) 115 ta bo‘lib, 460 misra; fardlar 60 ta bo‘lib, 120 misra; ayrim baytlar 22 ta bo‘lib, 44 misra.
Ma’shuqaning tashqi go‘zalligiyu ichki olami, vafosiyu jafosi butun boshli bir g‘azalning boshidan-oxirigacha davom etadi. Bu tarifu tavsif- lar orqali shoir ma’shuqani go'zallikning mukammal timsoli qilib yara- ladi. Shuning uchun ma’shuqaning visoli - rohat, hajri balo, ammo yor hajr azobida oshiqqa keltirgan baloning evazi bor. Bu evaz - sevikli yor- ning dudog‘i, hajrdan to‘kilgan qonlar evaziga oshiq yommg dudog‘idan xun bahosini olsa, bas. Shu istak bilan qilgan duolari oxiri ijobat bo‘ldi yor tashrif buyurdi:
Bihamdillohki keldi dilraboyim,
Azizon, ko‘zi cho‘lpon, to‘lun ovim,
Sevar jonim, pari paykar, habibim,
Visoli - rohatim, hajri - baloyim.
Yuzi gul, sochi sunbul, bag‘ri toshim,
Muhiblami unutqan bevafoyim.
Murodim davlati, baxtim latifi,
So‘zi shirin nigori jonfizoyim.
Yana tan sori borgon ruh yondi,
Do'stlaringiz bilan baham: |