O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Aning uchun yaxshi aqiq umrida ko‘rmadi Yaman


Download 2.59 Mb.
bet212/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Aning uchun yaxshi aqiq umrida ko‘rmadi Yaman.
Ko‘nglum tilarjon naqdini sarf etsa yuzung vajhina, Bu vaj “min kullil-vujuh” ko‘rdum erur vajhu hasan.
So‘rdum labingdin, yuz balo jonimg‘a kelgan kim deyu,
Egirdi ollingda qoshing ya’ni ul ish qilg‘uchi man.
G‘amza bila aytur ko‘zung, hyey, egri odEir, so‘zla rost, Mendin adin kimdur o‘shal bilgay bu san’at yo bu fan.
Sakkokiy ko‘ngli orzular zulfung chevorinda o‘run,
Har nccha kim kufr elidur imonidin hubbul-vatan.
Mazkur g‘azallar, shubhasiz, Sakkokiyning boshqa g‘azallari ob- razlar tizimini toildiradi. Ma’shuqaning turli sifatlari - ishq shohining elchisi, kafforko Z, qon to ‘kkuchig'amza, bulbul begi singari o‘xshatish asosidagi timsollar va yorning yuzi ustida yoyiigan sochini xazina ustida yotgan ilonga, dunyodagi jamiki aqllarga ega bo‘lgani holda o‘zini no- donlikka solishi Sakkokiyning o'zigaxos o‘xshatishlaridir.
Avval ko‘rib o‘tganimizdek, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida Sakkokiyni Shohruh davrida yashagan mashhur turkiyzabon sho- irlar qatorida eslaydi.
Yaqiniy ham Sakkokiyning shoirlik iste’dodiga yuqori baho bergan, uni shoirlaming mujtahidi (ya’ni g‘ayratlisi) deb ta’riflab, bir baytini keltiradi: “Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosibi holimg‘a aytur. Nazm:
Jonim fido bo‘lsun sening g‘amzang o‘qina necha kim,
Har necha qoshing egmasi o‘qdek bo‘yimni yo qilur”.
Sakkokiy g‘azallari mazmuni. Sakkokiyning ijodiy merosi hajm tomondan kichik bo‘lsa ham, ammo mohiyati jihatidan buyukdir. U o‘z salaflarining, qolaversa, Navoiyning ta’rifiga sazovor bo‘lganidan ham uning ijod ahli o‘rtasidagi yuksak mavqeini baholash mumkin. Albatta, Sakkokiyning shu qadar e’tiborga sazovor va mashhur shoir bo‘lib ka- mol topishida davming ijtimoiy-siyosiy vaziyati, temuriylaming badiiy ijodga, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori omil bo‘ldi.
Sakkokiy she’rlari o‘z davridagi ijod ahli g‘azal!aridan shunisi bi­lan alohida aajralib turadiki, uning ma’shuqasi dunyoda tengsiz, unga monand bironta zot yo‘q. Buning tasdig'i sifatida Bo yungdek butmadi bo ‘ston aro sarvi ravon, ey jon misrasi bilan boshlanuvchj g‘aza!ini olib ko‘raylik.
G'azalning birinchi baytidanoq bunday sarvqomat go‘zal nafaqat odamzod nasli orasida, hatto tabiatda ham yaratilmagan, uning yuzi sin- gari go‘zallik gullar orasida ham hali bu olamga kelmagan:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling