Bo'yungdek butmadi bo‘ston aro sarvi ravon, ey jon,
Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon.
Oshiq ma’shuqaga yetishish uchun har qanday jabru jafolarga, hatto ma’shuqaning “o‘qi”ga - kipriklariga mushtoq, o‘q inson tanasiga zarar yetkazganiday, ma’shuqaning kiprik qoqishi oshiqning qalbini o‘qning yarasidan ham og‘ir ahvolga soladi. Oshiq, yorim qachon menga o‘qini otarkin deya ko‘zi to‘rt bo‘lib kutadi:
O‘qunguzning bashoqinga ko‘ngul mushtoqu ko‘z oshiq,
Bular taloshmoqin bo‘ldi ul ikki ora qon, ey jon.
Ma’shuqaning tashqi qiyofasi tasvirida Sakkokiy go’zal mubolag‘a yaratadi - yoming sochlari nafaqat oshiqqa, balki butun Rum ahliga xud- di Habash lashkarining kuch-qudrati barobarida g’orat yetkazishi mum- kin. Agar shunday hodisa sodir bo‘Isa, “ko‘ngul mulkida” - oshiqning qalbida aslo omonlik bo’lmaydi, uning qalbi vayron bo’ladi:
Agar Rum ahlina zulfung Habashning lashkarin solsa, Ko‘nguJ muikinda ul soat topilmas hcch amon, ey jon.
Sakkoiy ma’shuqaning qoshu ko’zlari, kipriklarini, ayni paytda noz- karashmalarini tasvirlar ekan, oshiq uchun nihoyatda totli azob damlari keladi. Ma’shuqadanjabrtortish oshiq uchun lazzatli damlardir. Shuning uchun shoir:
Mening bu xasta jonimga sening darding erur marham,
Qiyomatqa teki hargiz bu dardinig’a davo qilma, -
deya iltijo qiladi. Zotan, ishq oshiq uchun tuganmas dat'd, ammo oshiq bu dardning tuganmasligini istaydi. Darvoqe, agar ishq dardi tu- gansa, oshiq ruhsiz, o‘lik bir narsa bo’lib qoladi.
Sakkokiy temuriy hukmdorlardaii Xalil Sulton (1405-1409), Mirzo Ulug‘bek, amir Xoja Arslon Tarxonga qasidalar bitgan. Yuqorida aytil- ganiday, Sakkokiy yashagan joy haqida ikki xil ma’Iumot bor: ba’zilar Ulug‘bek saroyida yashab ijod qilgan deb aytsalar, aynmlar Sakkokiy Sabron shahrida Arslon Xoja himoyasida yashagan deb taxmin qiladilar. Navoiy Samarqandda Sakkokiyni surishtirib topa olmaganidan Sabron shahrida yashagani to‘g‘risidagi taxminlar haqiqatga yaqin bo‘lib chiqa- di. Sakkokiy Arslon Xoja yoki Ulug'bekning himoyasida yashaganidan shuni anglash mumkinki, u she’riyatni juda yaxshi tushunadigan, qadr- laydigan hukmdorlar homiyligida yashagan ekan, u xalq orasida mash- hur, iqtidorli shoir bodganiga bu ham bir dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |