O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu ko‘zluk, sho‘xshang, Kabki dariy tovusda yo‘q albatta bu raftoru rang. Qabri ham ul sari -oqdur”
Sakkokiy g‘azallari mazmuni.
Sakkokiy qasidalari. Tayanch so‘z va iboralar: tarjimai hoi, taxallus, turkiyshunos olim, “Badoyi ’ ul-bidoya” devoni, obrazlar tizimi, debocha, “Mu.hoka- mat ul-lug ‘atayn ” asari, turk shoirlarining mujtahidi, ijod ahli, g ‘azal, qasida, m.unojot, na’t. Sakkokiy haqida Navoiy. Sakkokiy XV asming birinchi yarmida yashab ijod etgan. Uning tarjimai holi haqida yetarli ma’lumot yo‘q. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida bunday yozadi: “Mavlono Sakkokiy - Movarounnahrdindur. Samarqand ahli anga ko‘p mu’taqid (e’tiqod qiluvchijdurlar va bag‘oyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Sa- marqandda crkanda muarriflaridin (ta’rif qiluvchi) har necha tafahhus (surishtiruv) qildimkim, aning natoiji ta’bidin biror nima anglayin, ta’rif qilg‘onlaricha nima zohir bo‘lmadi. Barchadin qolsalar so‘zlari budur- kim, Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi shc’rlari aningdurkim, zo‘rlab o‘z otig‘a qilibtur. Ul yerlarda bu nav o‘xshashi yo‘q, mazasiz muqo- baralar (qarshi chiqish) gohi voqye’ bo‘lur. Bori ba’zisi ta’rif qilibkim o‘qurlar, bu matla’ni anga isnod (nisbat berish) qilurkim: Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu ko‘zluk, sho‘xshang, Kabki dariy tovusda yo‘q albatta bu raftoru rang. Qabri ham ul sari -o'qdur” (AlisherNavoiy. MAT. 13-tom. 64-b.). Navoiy bergan bu ma’lumot Sakkokiyning tarjimai holiga ma’lum darajada aniqlik kiritadi: Sakkokiy asli Mavoraunnahrdan, Samarqandda shuhrat topgan, Samarqand ahlining katta hurmatini qozongan. Navoiy Samarqandda bo‘lgan paytda Sakkokiyning o‘zi va she’rlari to‘g‘risida biron ma’lumotga ega bo‘la olmagan, Lutfiyning yaxshi shc’rlarini Sakkokiy o‘ziniki qilib olgan, degan ba’zi mish-mishlaru bo‘htonlar asossiz va h. “Sakkokiy” shoirning taxallusi bo‘lib, tug‘ilgan yeri, yili ham noma’lum* Venger turkiyshunos olimi Yanos Ekmanning qayd etishic- ha, Sakkokiy XI Vasming ikkinchi yarmida tug‘ilgan va XV asming bi- rinchi yarmida vafot etgan. U ilk she’rlarini Amir Temur davrida yoza boshlagan bo‘lsa, ijodiy kamoloti Ulug‘bek saltanati yillariga to‘g‘ri ke- ladi. Sakkokiyning adabiy merosi. Sakkokiy devonining ikki nusxasi bor. Ammo ikkala nusxa ham nomukammal, g‘azallar qismi to‘liq emas. Bu nusxalaming biri Britaniya muzeyidagi 2079 raqamli nusxa bo‘lib, unda 13 qasida va 57 g‘azal jamlangan. Ikkinchisi Toshkent qoTyozmasi bo‘lib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 7685 raqami ostida saqlanadi. Bu nusxada 13 qasida va 52 g‘azal bor. Ma’lumki, Navoiy Samarqandda ikki marta boTgan. Ammo Sak- kokiyni ko‘ra olmaganidan (1467-1469) shunday fikrga kelish mumkin- ki, Sakkokiy oldinroq vafot etgan. Shuni ham aytish kerakki, Sakkokiy yashagan joy haqida ikki xil ma’lumot bor: ba’zilar Ulug‘bek saroyida yashab ijod qilgan deb aytsalar, ayrimlar Sakkokiy Sabron shahrida Mir- zo Ulug‘bekning noibi Arslon Xoja himoyasida yashagan deb taxmin qiladilar. Navoiy “Badoyi’ ul-bidoya”da Sakkokiyga bergan ta’rif. Yana Navoiy “Badoyi’ ul-bidoya” devonining debochasida Lutfiy va Sakkokiyga quyidagicha ta’rif berib, har ikkalasining bir-biridan qolishmaydi - gan mashhur shoirligini e’tirof etadi: “Va uyg'ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag‘osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy ra- himahumollohkim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroqu Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo‘lg‘ay” (Alisher Navoiy. MAT. l-tom, Т.: 1987, I4~b.). Mazkur ta’rifdan ko‘rinadiki, Sakkokiy Lutfiy bilan bir qatorga qo‘yishga loyiq shoir bo‘lgan. O‘sha uch g‘azal ayni bir vazn va qofiya bilan nazira holida Lutfiy devonida bor. Shayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan uyg‘ur va arab xatidagi o‘sha uchta g‘azal Tur- kiyadagi Sulaymoniya kutubxonasidagi 4757 raqamli bayozda uchray- di. Bu g‘azallami turkiyalik olim Usmon Fikri Sartqoya chop ettirgan. Kamol Eroslan “Mavlono Sakkokiy” (Anqara, 1999) kitobiga kiritgan. Mana, o'sha uchala g'azal: (Rajaz: musta ’filun musta ’filun musta ’filun musta filun) Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling