Abu Rayhon Beruniy va uning ilmiy, adabiy faoliyati
Reja:
Beruniy ijodiga umumiy tavsif.
Beruniyning hikoyatlari.
Beruniyning afsona va rivoyatlari.
Beruniy foydalangan tamoyillar va manbalar.
Qayumars afsonasi va uning variantlari.
Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy va madaniy muhit, badiiy asar, hikoyat, rivoyat, afsona, G ‘aznaviylar davri adabiyoti, an ’anaviy mada- niyat, etnograf tarixchi, adabiyotshunos olim, ishonchli manba, tari- xiylik tamoyili.
Beruniy ijodiga umumiy tavsif. G‘aznaviylar davlatining olib borgan siyosati ilmiy va madaniy muhitga keskin ta’sir o‘tkazdi. G‘aznaviy‘ar davlatining ilmiy, madaniy va adabiy muhiti XI asming buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Bemniy merosida namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, G‘aznaviylar davlatining butun yutuqlari, ilmdagi, adabiyotdagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi omil - Beruniyning asarla- ridir. G‘aznaviylar sulolasida yaratilgan adabiyot alohida adabiy davmi hosil qilgani biz uchun muhim.
Abu Rayhon Bemniy, garchi biron badiiy asar yozmagan bo‘lsa ham, u ko‘plab tabiiy fanlar qatori, ijtimoiy-gumnitar fanlar, hususan, tarix, etnografiya, falsafa va filologiya sohalarini chuqur egalladi. Uning “Mineralogiya” kitobidagi ko‘plab hikoyatlar, “Geodeziya” asarida kel- tirgan she’rlari bu davr adabiy jarayonining xususiyatlarini belgilash bilan birga, Beruniyning shoirlik iqtidorim, adabiyotni nozik did bilan tushunganini ham ko‘rsatadi.
Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Osor ul- boqiya”) asari G‘aznaviylar davri adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Mazkur asar tarixiy-etnografik asar bo‘lgani holda, qadimgi rivoyatlar, afsonalardan ham Bemniy mahorat bilan foydalandi. Asaming yana bir qimmatli tomoni shuki, O‘rta Osiyoning arablar istilosidan keyin- gi madaniy muhiti, ilmiy tafakkuri, ijtimoiy, siyosiy tarixi haqida ham malum darajada ma’lumot beradi. Jumladan, Bemniy arablar kelgunga qadar Xorazmning o‘ziga xos ilmiy maktabi, yuksak madaniyati borligi- ni ta’kidlaydi, Arablar istilosi esa Xorazmning an’anaviy madaniyatmi yo‘q qildi. Beruniy bu asarida mazkur voqeaga quyidagicha sharh be- radi: “Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorazmliklaming kotiblarini ha- lok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quwatiga suyanadigan bo‘ldilar” (Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, 84-b.).
Umuman, tarixiy asarlar tarkibiga adabiy parchalami kiritish bilan Beruniy o‘zining adabiyotga munosabatini ko'rsatib qolmadi, balki XI asrgacha Movarounnahrdagi adabiy muhitning uzluksizligini dalilladi, o‘z she’rlari bilan Movarounnahr adabiyotiga katta hissa qo'shdi. Be- runiyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari yevropada “Xronologiya” degan nom bilan ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |