O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Qayumars afsonasi va uning variantlari


Download 2.59 Mb.
bet49/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Qayumars afsonasi va uning variantlari. Bemniy arab, eron, xo- razm va boshqa sharq xalqlarining yil hisobini tadqiq etadi. U eronliklar- ning yil hisobi qanchalik aniqligini dalillash uchun ilk insonning paydo bo‘lishiga oid afsonalami keltiradi. Jumladan, Qayumars haqidagi afso- na bunga misoldir.
Beruniyning yozishicha, eronliklaming yil hisoblari Qayumarsdan boshlab uch qismga bo'linadi. Qayumarsdan to Iskandar Doroni o‘ldirib, Eron podshohligini egallashi va ulaming ilm-fan xazinalarini o‘z mamla- katiga olib ketgungacha bo‘lgan davr birinchi qismga kiradi (qolgan ikki qismning Qayumars afsonasiga aloqasi yo ‘qligi uchun to ‘xtalmaymiz). Garchi Bemniy Qayumars haqidagi afsonani eronliklarga nisbat bersa ham, 0‘rta Osiyo xalqlarining hammasiga, jumladan, turkiy qavmlarga ham tegishlidir. Zotan, Qayurmas haqidagi afsona “Avesto”ga borib ta- qaladi.
Beruniy Qayumars afsonasining mazmunini bayon qilganda, uning vazifasi Qayumarsdan boshlab islom dini paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan yil hisobini aniqlashdan iborat edi (Bu afsona “Firdavsiyning adabiyotga qo‘shgan hissasi” mavzuida berilgan).
Beruniy afsonani bayon qilib bo‘lgach, geometriya olimi Abul Ha­san Ozarxurdan eshitganini aytadi va qiyosiy usuldem foydalanadi. Be­runiy Qayumars afsonasining boshqa variantlarini ham keltiradi. Be­mniy shoir Muhammad al-Balxiyning “Shohnoma” asariga to‘xtalib, bu asarda Qayumars afsonasining bir qancha variantlari solishtirilgani to‘g‘risida xabar beradi. Muhammad al-Balxiy keltirgan Qayumars af­sonasi yuqoridagi variantdan kengroq bayon qilingan. Uning hikoya qi-
lishicha, Qayumars jannatda uch ming yil turgan. Keyin yerga tushib, Axraman tufayli yomonliklar yuz berguncha, uch ming yil omon va tinch turgan...Qayumarsining Girshoh deb atalishiga sabab shuki, “gir” pahla- viycha “tog‘” demakdir. Qayumars tog‘larda istiqomat qilgan va ko‘zi tushgan hayvonlar hayron qolib, o‘zidan ketar darajada husnli bo‘lgan. Axramanning Hazura ismli o‘g‘li bor edi. U Qayumarsga yomon qasd qilganda, Qayumars uni o‘ldirgan. Bu vaqtda Axraman Xudoga Qayu- marsdan shikoyat qilgan va Xudo o‘zi bilan Axraman o‘rtasidagi ahdlar- ni saqlash maqsadida Qayumarsdan qasos olib bermoqchi bo‘lgan. Xudo Qayumarsga avvalo bu dunyo hamda qiyomat oqibatlarini ko‘rsatgan Nihoyat, u o‘limni orzu qilgan, so‘ng Xudo uni o‘ldirgan. Bu vaqtda uning pushtidan Istaxrdagi Domdod tog‘iga ikki tomchi urug‘ tomgan va ulardan ikkita rovoch daraxti ko‘karib chiqqan. To‘qqizinchi oyning av- valida ikkovida a’zolar ko'ringanda, oyning oxirida tugal bo‘lib, ikkovi insonga aylangan, ular Misha va Mishonadirlar. Ular yeb-ichishmagan va hech narsadan aziyat tortmay, farovonchilikda ellik yil yashaganlar. Nihoyat ularga Axraman keksa kishi suratida ko‘rinib, daraxtlardan me- valar yeyishni taklif etgan va [o‘zi] yeyishni boshlab bergan, Axramanga yoshligi qaytib kelgan. Shunda ular ham mevalardan yeyishgan va o‘sha zohoti ikkovi yomon holatga tushib qolgan. Ularda shahvat uyg‘ongan va bir-biri bilan qo‘shilgan, ulardan bola tug‘ilgan, qo‘rqib bolani yeb qo‘yishgan. So‘ngra Xudo ulaming dillariga mehribonlik solgan. Shun- dan keyin ulardan olti [marta] bola tug‘ilgan, ulaming ismlari “Avisto” kitobida ko‘rsatilgan. yettinchisida Siyomaka va Farovak tug‘ilib, bir- biri bilan qo‘shilishgan va ulardan Ushanj tug‘ilgan (Beruniy. Yuqorida- gi asar, 129-b.).
Mazkur afsona yuqoridagisidan ayrim jihatlari bilan farq qiladi: birinchidan, diniy aqidalar singdirilgan, jumladan, Musoning “Ibtido” kitobidagi Odam Ato va Momo Havoning gunoh qilishi haqidagi rivoyat bu afsonaga ham o‘tgan; ikkinchidan, ishqiy-romantik dostonlar xusu- siyatlari singdirilgan (Musoning “Ibtido” kitobidagi “Yusuf” va Sharq adabiyotidagi boshqa “Yusuf” yoki “Yusuf va Zulayho” qissalaridagi go‘zal Yusuf obrazi singari), uchinchidan, tarixiylik tamoyili mavjud (qadimiy Istaxr shahri), to ‘rtinchidan totemistik mif hususiyatlari saq- langan (ikkita rovoch daraxti ko‘karib chiqqan va ulardan Mesha i Mes- hona), beshinchidan, adabiy manbalardan foydalanilgan («Avesto»dan foydalanilgan, Axrimanning tug‘ilishi shundan dalolat beradi) va h.
Umuman, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya” asarlarida keltirilgan afsonalar, rivoyat- lar, hikoyatlar XI asrdagi adabiy janrlar va adabiyotshunoslik haqida to‘laqonli tasawur beradi.
Savol va topshiriqlar

  1. Beruniy qaysi sulola hukmronligi davrida yashadi?

  2. В eruniyning qaysi asari yer о ‘ lchash haqidagi fanga oid?

  3. “Mineralogiya” asari fanning qaysi sohasiga tegishli?

  4. Xorun ar-Rashid haqida hikoyatlar Beruniyning qaysi asarida bor?

  5. Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida rivo- yat va afsonalami nima maqsadda keltirgan?

  6. Beruniyning afsonalami saralab olish tamoyillari haqida so‘zlang.

  7. Bemniy rivoyatga qanday ta’rif beradi?

  8. Bemniy eng ishonchli manbalar sifatida qaysi yozma yodgorlik- larga tayanadi?


Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling