O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so£z va iboralar
- Qoraxoniylar sulolasining paydo bo‘lishi. Bu davlatda madaniy muhit.
- Tabg‘ach Bug‘ro Qora xoqon Abu Ali Hasan ibn Sulaymon Arslon Qora xoqon).
QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI
Reja: Qoraxoniylar sulolasining paydo bo‘lishi. Bu davlatdagi mada- niy muhit. “Qutadg‘u bilig” yaratilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. “Qutadg‘u bilig”ning manbalari. Asaming tarqalishi. Asaming nusxalari, o‘rganilishi. “Qutadg‘u bilig”rnng tuzilishi, janr xususiyatlari. Asarda 0‘zg‘urmish obrazi. Tayanch so£z va iboralar: Qoraxoniylar sulolasi, elikxon, ram- ziy obazlar, adolat, davlat, aql, qanoat, nizomnoma, hikmat, qasida, qo ‘lyozma, uyg ‘ur-turk yozuvi, arab yozuvi, Qohira nusxasi, Vena nusxasi, Namangan nusxasi, janr, nasriy muqaddima, she ’riy muqaddima, hamd, sano, na ’t, qo ‘shiq, kantilen. Qoraxoniylar sulolasining paydo bo‘lishi. Bu davlatda madaniy muhit. Qoraxoniylar sulolasining nomi haqida XX asr tarixchilari keng tarqalgan ikki unvon - qora xoqon va elik xon unvonlaridan deb biladi- lar. Sulolaning paydo bo‘lish tarixi bor. Milodiy 840-yili Uyg‘ur xoqon- ligi (davlatning etnik tarkibi chigil qabilasidan edi) qorluqlar yabg'usi, Isfjob hukmdori Bilga kul tomonidan tor mor etilgandan keyin, o‘zini hukmdor deb e’lon qildi va xoqon unvonini oldi. Bilga Kulning Qora degan laqabi bor edi. Qoraxoniylar degan sulola nomi shu odamning la- qabi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yusuf xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ni yozib tugatgandan keyin, uni Koshg‘ar hukmdori Bug‘roxonga olib boradi (Bug‘roxonning to‘liq ismi Tabg‘ach Bug‘ro Qora xoqon Abu Ali Hasan ibn Sulaymon Arslon Qora xoqon). Shunday qilib, Qoraxoniylvr sulolasining birinchi hukmdori Bilga Kuldir. Qoraxoniylar sulolasini boshlab bergan va to sulola tarqalib ketgun- ga qadar boshqargan hukmdorlar va ulaming nasl-nasabi quyidagicha: 840-893 - Bilga Kul “Qora” xon, uning o‘g‘illari Qodir Arslon xon (Arslon - chigil qabilasining totemi); 893-920 - Bazir Arslon xon; 893-940 - 0‘g‘ulcha Arslon xon; u hukmronlik qilgan davrda Mo- varounnahrga bosqinchilikni yana avj oldiradi. Bu davrda Movaroun- nahrda Somoniylar sulolasi mustahkamlana boshlaydi. 892-907 - Amir Ismoil ibn Ahmad Somoniy amirlikni mustahkam- lashga kirishadi. Shu munosabat bilan yettisuvga yurish boshlaydi va Isfijob hamda Taroz shaharlarini bosib oladi. Har ikkala shahar uzoq qa- maldan so‘ng, taslim bo‘ladi va aholi majburiy ravishda islomni qabul qiladi. Chigillar shimolga - Issiq ko‘lga tomon, xoqonning poytaxti esa Bolasog‘un shahriga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Shu paytda yana qor- luqlar qabilasining birlashmasi - yag‘mo qabilasi shu hududda joylashib oladi. Yag‘mo qabilasini tibetlar o‘z hududidan siqib chiqargan edi. Shu paytdan boshlab har ikkala qabilaning o‘zaro yaqinlashuvi boshlanadi. Bu birlashuv natijasida har ikki qabila Qoraxoniylar sulolasining asosi bo‘lib qoldi. Qoraxoniylaming to‘liq hukmronligi X asming 40-yillarida qaror topdi. 920-955 - Qoraxoniylar sulolasida islomning qabul qilinishida So- tuq Bug‘roxonning (Bug‘ro - tuya degan ma’noni bildirib, yag‘mo qabilasining totemi edi) xizmati katta. U yag‘mo qabilasining yabg‘usi edi. 932-yili u islomni qabul qiladi va ismini musulmoncha Abdulkarim deb o'zgartiradi. Usmonli muarrixlaridan Munajjim boshining xabar beris- hicha, Sotuq islomni qabul qilgan birinchi turkiy edi. (940- yildan so‘ng Sotuq o‘z otasini o‘ldirish uchun fatvo oladi. Chamasi, otasi islomni qabul qilishni istamagan.) Otasi o‘limidan so‘ng Sotuq Koshg‘arda taxtga o'tiradi va “xoqon” unvonini oladi, hukmdor sifatida o‘z huquqlarini omrnaga e’lon qiladi. 956-958 - Sotuq (Abdulkarim) Bug‘ro xonning o‘g‘li hamda vo- risi Muso ibn Abdulkarim Bug‘roxon hukmronligi davrida hoqonlikda islomlashtirish boshlandi. Hukmdorga sulton ul-salotin unvoni berildi. Ammo bu unvon bilan birga elik va tigin unvonlari ham ishlatilaverdi. 958-970 - Musodan keyin ukasi Sulaymon ibn Abdulkarim taxt- »a o‘tirdi. U Arslonxon unvonini oldi. Sulaymon hukmronligi davri- ia xoqonlikdagi hamma xalq islomga yuz burdi. Arab tarixchilari ibn Vlikavayxu va ibn al-Asiming bergan maTumotlariga ko‘ra, 960-yili ‘200.000 majusiy islomni qabul qildi”. Bu muarrixlar ishlatgan majusiy urklar so‘zi ostida Qoraxoniylar tushunilgan bo'lishi mumkin. 970-998 va 970-992 - Sulaymonning o‘g‘illar Ali va Hasan hukm- onligi davrida sulolada ikki hokimiyatchilik hukm surdi. Ali ibn Su- aymon “Arslon xon” unvoni bilan Koshg‘arda, uning ukasi Hasan ibn Salaymon “Bug‘roxon” unvoni bilan Bolasog‘unda hukmronlik qilardi. 992-yili aka-ukalar qo‘shni viloyatlarni, jumladan, Movarounnahmi qo‘shib olishga qaror qildilar. Bu davrda Somoniylar hukmdori Abul Qosim Nuh II ibn Mansur (976-977) edi. Somoniylar sulolasi nihoyat- da zaiflashgan, tashqaridan bo‘l Nuh II Buxoroga qaytib keldi. U endi o‘zining kuchiga ishonmas edi. Shu bois G‘azna hukmdori, kelib chiqishi turk bo‘lgan Sabuk tegin- ga yordam so‘rab murojaat qildi. Sabuk tegin Nuh II ning iltimosini qa- bul qilib, yigirma ming askarini boshlab Movarounnahrga tomon yolga chiqdi. U Amudaryoni kechib o‘tdi va avval Keshga, so‘n Naxshobga hujum qildi. U yerdan esa Nuh bilan birga Abu Aliga va Foiqqa qarshi otlandilar. Bir necha hujumlardan so‘ng isyonchilar qo'shini tor-mor qi- lindi, Abu Ali va Foiq Jurjonga qochdilar. 997-yili Nuh II va Sabuk tegin vafot etdilar. Nuh II ning o‘g‘li amir Mansur II (997-999 ) G‘aznaviylar hukmdori Abul Qosim Mahmud ibn Sabuk teginning kuchli ta’siri ostida qoldi. (Bu shaxs tarixda Mahmud G‘aznaviy nomi bilan mashhurdir.) Ali bilan Hasan Nishopur hukmdori Bektuzun va ilgari Qoraxoniylarga qo'shilgan Foiq Mansur II ga yaqin- lashishga qo‘rqdilar. Fitna bilan Mansur II ning ko‘zlarini ko‘r qildirdi- lar. Tez orada (999-yili) Mansur II ham olamdan o‘tdi. Xullas, 999-yili Qoraxoniylar lashkari Somoniylami yiqitdi. A‘i Arslon hayotligida kichik o‘g‘li Nasmi taxt vorisi qilib e’lon qilgan edi. Nasr ibn Ali Arslon xoqon (998-1017) Buxoroni egalladi. U Somoniylar sulolasining oxirgi hukmdori Abdulmalik II ni oilasi bilan zindonband qildi. Shunday qilib, Qoraxoniylar sulolasi tarkibiga Sharqiy Turkiston, Janubiy Qozog‘iston, shuningdek, 0‘rta Osiyoning Amudaryo sharqiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan hamma yerlari kirdi. Qoraxoniylar sulolasida boshlangan siyosiy tarqoqlik o‘z oqibatlari- ni ko‘rsata boshladi. Amakivachchalar - Musoning o‘g‘li Ali Arslon xon bilan Sulaymonning o‘g‘li Hasan ibn Bug‘roxon o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchli xonliklarning Qoraxoniylarga ta’sir o‘tkazishiga yo‘l ochib berdi. Shu paytda Markaziy Osiyoni asosan qitaniylar (turk-mo‘g‘ul urug‘la- ridan bo‘lib, 907 - 1125-yillarda Qitaniy davlati hukm surdi) egallab olgan edi. 1017-yili qitaniylar yettisuvga bostirib kirib, Bolasog‘ungacha yetib bordi. Ammo Qoraxoniylar hukmdori Tug‘on xon lashkari qitaniylar qo'shinini tor-mor qildi, qitaniylar sharqqa chekinishga majbur bo‘ldilar. 1040-yilga kelganda, Qoraxoniylar sulolasi ikkiga - g‘arbiy va shar- qiy xonliklarga bolinib ketdi. Oradan bir yil o‘tiboq sharqiy xonlik qo- raxitoylarga qaram bo‘lib qoldi. Har ikkala xonlik o'rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar oxir-oqibat taxminan qirq yillardan keyin g‘arbiy Qoraxoniylami ichdan yemirdi va ular Saljuqiylarga qaram bo‘lib qoldi. 1210-yilda esa g‘arbiy Qoraxoniylar Muhammad Xorazmshoh II ning vassaliga aylandi. Nihoyat, oradan ikki yil o‘tgach - 1212-yili Nayman xoni Kuchluk xon 0‘zgan va Koshg'arda sharqiy Qoraxoniylami yo‘q qildi. 0‘sha yiliyoq Samarqandda G‘arbiy xoqonlikka ham barham be- rildi. Qoraxoniylar davridan madaniy yodgorliklar kam saqlanib qolgan. Yozma adabiy yodgorliklar “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘atit-turk”, “Hibatul -haqoyiq”dan tashqari, arxitektura va amaliy san’at namunala- ri - Buxorodagi Minorai Kalon, Navoiy shahri yaqinidagi Raboti Malik karvonsaroyi, 0‘zgan shahridagi ayrim maqbaralar Qoraxoniylar davridan yetib kelgan. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling