O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet44/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

(G ‘afur G ‘ulom tarjimasi) Rudakiyning she’rlari hatto hukmdorlarga ham katta ta’sir o'tkaza olgani to ‘ g'risida rivoyatlar bor. Amir Nasr Hirotga borib, ancha vaqt qo- lib ketadi. Saroy ahllari, shoh a’yonlari Buxoroga - o‘z oilalari bag'riga qaytishni istaydilaru lekin hech kim shohga bu haqda aytishga botina olmaydilar. Ular bu qiyin ishni yetkazishni Rudakiydan iltimos qiladilar. Zotan, Rudakiyning o‘zi ham ona shahri Buxoroni sog‘ingandi. Bir kun amir ertalab ziyofatda o‘tirgan paytda Rudakiy o‘z o‘miga o‘tiradi-da, qo'liga sozini olib, quyidagi g'azalni kuylay boshlaydi:
Muliyonning hidi bu yon keladir,
Mehribon yor yodi shu on keladir.
Amuning qum toshi oyoq ostida
Par misoli rohatijon keladir.
Qanchalik toshsa-da Amu suvlari
Otimiz qomidan tubon keladir.
Ey Buxoro, shod bo‘l, ham shod kul,
Sen taraf shoh shodu shodmon keladir.
Shoh oydir ham Buxoro osmon,
Osmonga oy nurafshon keladir.
Shoh sarvdir ham Buxoro bo‘ston,
Bo‘stonga sarvi ravon keladir.
Ona yurt manzarasiga, vatan sog‘inchiga yo‘g‘rilgan bu g‘azalni eshitgan amir Nasr irg‘ib o‘midan turadi-da, etik kiyiishni ham unutib, uyda yuradigan kafshi bilan otga minganicha, Buxoroga yo‘l oladi.
Sharq adabiyotida Umar Xayyom, Nizomiy, Firdavsiy, Jomiy va Rumiy kabi buyuk ijodkorlar Rudakiyni she’riyatdagi ustozlari deb bi- ladilar.
Firdavsiyning adabiyotga qo‘shgan hissasi (to‘liq ismi Hakim Abulqosim Mansur Hasan Firdavsiy- Tusiy 935, Tus (Eron) - 1020) mashhur fors shoiri, “Shohnoma” dostonining muallifi. «Yusuf va Zu- layho» dostonini yozgan. Firdavsiy shoiming taxallusi bo‘lib, «jannat» demakdir. “Hakim” unvoni bilim doirasi nihoyatda kengligi uchun beril- gan bo‘lib, «donishmand», «olim» ma’nosini bildiradi.
Firdavsiy taxminan 932-936-yillar oralig‘ida Xurosonning Tus shahrida shia mazhabining Ismoiliylar oqimiga mansub oilada tug'ilgan.
Firdavsiyning yoshligi haqida deyarli ma’lumot yo‘q. U o‘z davrida Eronning asosiy adabiy tillarim - arab va fors tillarini puxta o‘rgangan. Eronda fors tiligacha asosiy til bo‘lgan pahlaviy tilini ham juda yaxshi o‘zlashtirgan degan ma’lumotlar bor. U uzoq vaqt G‘azna shahrida ya- shadi, Mahmud G‘aznaviy xizmatida bo‘ldi («Shohnoma»ni ham Mah­mud G'aznaviyga bag‘ishlagan). Ammo dostonda ilgari surilgan «Shoh- ning merosxo‘r avlodlarigina hukmronlikka da>vo qilish huquqiga ega» degan g‘oya Mahmud G'aznaviyga ma’qul kelmadi. Afsonalarga ko‘ra, sulton Mahmud mazkur doston uchun Firdavsiyga va’da qilingan muko- fot to‘lashni rad qilgan. Shoir bundan qattiq ranjidi va bir satira yozib, sulton Mahmudning qul naslidan ekaniga ta’na qildi. Oqibatda sulton Mahmud g‘azablanib, shoimi fiLning oyog‘i ostiga tashlashga amr berdi. Firdavsiy esa mamlakatdan qochib chiqib ketdi va umrining oxirigacha kambag‘allikda darbadar kezib yurishga majbur bo‘ldi. Mana, o‘sha haj- viyadan bir necha misra:
Kishvarlar fotihi Mahmud podisho,
Mendan qo‘rqmas ersang, Xudo bor, Xudo. 0‘ttiz yil mehnatu zahmatda qoldim, Forsiyda Ajamni tiriltiroldim...
Nomamga biror bor tashlamay nigoh, Ig‘vogarga quloq soldingmi, gumroh?... Shundaymidi va’da,shundaymidi did, Shundaymidi jahon shohidan umid? Mamlakat boshiga xasis chiqmasin, Mardlarga xasislik aslo yuqmasin... Ajdodlari tojdor bo‘lmagan podsho Tojdorlar ishini qilolmas aslo... Shohlardan bo'lsaydi bu shohga padar, Kiygizgan bo‘lardi menga toju zar...

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling