O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi (to‘liq nomi -Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino; 980 Buxo- ro-1037 Hamadon)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayy bin Yaqzon” qissasining qisqacha mazmuni.
- Hayy bin Yaqzon”ning jahonshumul ahamiyati.
- Qush” va “Salomon va Ibsol” qissalari.
- She’r san’ati” asari.
- (Yuqoridagi asar, 11-b.). Ibn Sino bu asarlarini aruzning rajaz bahrida yozgan. Shuning uchun ham uning she’riy yo‘l bilan yozgan ilmiy asarlari urjuza
Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi (to‘liq nomi -Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino; 980 Buxo- ro-1037 Hamadon). Ibn Sino o‘rta asr Sharq olamida tibbiyot, kimyo, astronomiya, mexanika, falsafa, psixologiya, adabiyot, musiqa kabi qa- tor fanlami puxta egallagan va bu fanlarga doim asarlar yaratgan ulkan olimdir. U fanning 29 sohasiga oid 450 ta asar yozgan bo‘lib, shundan 240 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning asarlari, asosan, arab tilida. U tug‘ilgan paytda Buxoroda Somoniylar hukmronlik qilardi. Qoraxoniylar saltanati Somoniylar sulolasini yiqitgach, ibn Sino Urganchga Xorazm hukmdorlari saroyiga (1002-yili) xizmatga bordi. Bu yerda u “tabiblar begi” degan nomga musharraf bo‘ldi. Mahmud G‘aznaviy saroyida xiz- mat qilishni rad etib, Hamadonga ketdi. 1015-1024-yillari Hamadonda yashadi, amir Shamsiddin ad-Davlani shifolagandan keyin, vazir lavozi- miga ko‘tarildi. Ibn Sinoning atrofida unga nisbatan dushmanlik kayfi- yatida bo‘lganlar bor edi. Ulaming chaquvi bilan Shamsiddin ad-Davla Ibn Sinoni o‘z hukmronligi hududidan chiqarib yubordi. U yana qattiq betob bo‘lib qolgach, ibn Sinoni toptirib keldi va yana vazir lavozimiga
tayinladi. Shamsiddin al-Davla vafot etgach, Isfahonda (1023 - 1037) umrining oxirigacha amir Aloud —Davla saroyida yashadi. Ibn Sino qomusiy olim, noyob xotirasi, fikrining teranligi bilan alo- hida ajralib turardi. U, birinchi navbatda, dunyo tabobat ilmiga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Ibn Sino jahon tabobat ilmiga qanchalik his- sa qo‘shgan bo‘lsa, badiiy ijod sohasida ham o‘z davrida katta meros qoldirdi. U faylasuf olim sifatida tanqidlarga ham uchradi, ayni paytda uning qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi (masalan, Nosiruddin Tusiy) mutafakkirlar ham bo‘ldi. Shuningdek, Umar Xayyom ibn Sinoni falsafa sohasida o‘zining ustozi deb bilgan. Ibn Sinoning butun ilmiy faoliyati quyidagi asarlarda jamlangan: 1. “Al Qonun fi-t-tibb” (Tib qonunlari) - o‘z davridagi tibbiyot ilmining nazariy va amaliy masalalarini bir tizimga solgan tibbiy qomus; 2. “Ki- tob ash-shifo” (Shifolash kitobi) - falsafiy qomus bo‘lib, to‘rt qismdan iborat: mantiq, tabiiy fanlar, matematikaga oid fanlar, metafizika (ya’ni ilohiyot); 3. “Kitob an-najot” (Najot kitobi) - “Kitob ash-shifo”ning qis- qartirilgan shakli; 4. “Donishnoma” (Bilimlar kitobi) - fors tilidagi falsafiy asarlari, asarda nazariy falsafaning, jumladan, mantiqning ko‘plab masalalarini o‘rtaga tashlaydi; 5. “Risola al-iksir” (Eliksir haqida risola) kimyo faniga bag‘ishlangan bo‘lib, metallami o‘zgartirishning amaliy usullarini tadqiq etgan; 6. “Al-adviyat al-qalbiya” (Yurak xastaliklari shifosi) - yurak xastaliklariga shifo berishga oid falsafiy-tibbiy asar, shuningdek, muallif ruh haqidagi qarashlari va mulohazalarini ham bu ki- tobda bayon qiladi; 7 “Solomon va Ibsol”, “Hayy binn Yaqzon” (Uyg'oq o‘g‘li Tirik) - bu ikki asar adabiy-falsafiy qissalardir; 8. Ibn Sino va Beruniyning fizika (ya’ni tabiatshunoslik) va falsafaga oid yozishmalari bu yozishmalami olimlar “asr yozishmalari” deb ataganlar. Yozishma- larda ibn Sino Aristotel (mil.ol.384 - 322 )ning tabiatshunoslikka oid ayrim qarashlarini Beruniy bilan munozara qildi; bu masalalar - tana va moddalaming tabiiy o‘mi, tananing markazdan qochuvchi kuchi, eng mayda qismlaming bo‘linuvchanligi, olamlaming ko‘pligi, moddalar- ning o‘zidan o‘zi o‘zgarishi va boshqalar edi. Ibn Sinoning tibbiyotga oid asari X11 asrda lotin tiliga tarjima qi- lingan va XV asrdan beri 40 marta chop etilgan. XV111 asrgacha Yevro- paning hamma universitetlarida uning “Tib qonunlari” asaridan tibbiyot bo‘yicha darslik sifatida foydalanganlar. Yevropaning buyuk faylasuf va madaniyat arboblari Rodjer Bekon (XI11 asr), Dante (XI11-X1 Vasr), Leonardo da Vinchi (XV -XVI), Mi- kelanjelo (XV-XV1), Vezaliy (XVI), Gyote (XVI11 -XIX) kabilaming falsafiy qarashlariga va nazariyalariga ibn Sinoning ta’siri juda kuchli bo‘ldi. 1bn Sinoning falsafiy qarashlari asosan, uning “Tayr”, “Solmon va 1bsol”, “Hay bin Yaqzon” kabi badiiy asarlarida o‘z ifodasini topgan. 1bn Sino Aristotelning qarashlariga ergashdi. Aristotel “Metafizika” asa- rida yaratilish haqida shunday g‘oyani ilgari suradi: “Shakl buyumga haqiqiy mavjudlikni ato qiladi, materiya esa o‘zida buyumning mavjud- ligi imkoniyatini qamrab oladi. Masalan, haykal haqiqiy buyum, ammo haykal yasalgan materialga shakl berilmasdan oldin, u layoqatga, haykal bo‘lish imkoniyatiga ega edi”. 1bn Sino olamning Yaratuvchi bilan birga abadiyligini tasdiqlaydi. 1bn Sino bu qarashi bilan oliy muhabbat ob’ekti - Yaratuvchi bilan ashyolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazarda tutadi. 1bn Sinoning bu qarashi Aflotunning “Olam sevgi asosida vujudga keladi va shu qonuniyat bilan harakat qiladi” degan nazariyasiga hamohangdir. Xullas, ibn Sino o‘z falsafiy asarlarida qadimgi yunon falsafasini yangi g‘oyalar bilan boyitib, rivojlantirdi. Uning badiiy asarlari ham, shubhasiz, 0‘rta Osiyo falsafiy tafakkurini rivojlantirishga, axloqiy va ta’limiy g‘oyalami yoyishga katta xizmat qildi. Aytish mumkinki, ibn Sinoning barcha badiiy asarlari 0‘rta asr O‘rta Osiyo adabiyotidagi bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi. 1bn Sinoning o‘z davridan beri ko‘pchilikning e’tiborini tortib kel- gan asari “Hayyi bin Yaqzon” qissasidir. Qissa 1bn Sino tilidan hikoya qilinadi. “Hayy bin Yaqzon” qissasining qisqacha mazmuni. Bir kuni bir necha do‘stlar o‘zlari yashayotgan yurtning bir chetiga sayru sayohat qi- ladilar. Ular o‘sha muzofot chetida istarasi issiq bir qariyani uchratadilar. Ko‘p yillik mehnat va keksalik uning yuzlarida o‘z muhrini qoldirga- niga qaramay, qariyaning qiyofasida va vujudida yoshlik kuch-g‘ayrati barq urib turardi: uning ulug‘vor qad-qomatida keksalik alomatlari aslo ko‘rinmas, sochlaridagi oq unga husn bag'ishlab turardi. Sayyoh do‘stlar qariya bilan tanishadilar. Do‘stlaming “Kimsiz, nima bilan mashg‘ulsiz, qanday orzu-niyatlaringiz bor, qayerdansiz?” degan savollariga u shunday javob beradi: “Meni Uyg‘oq o‘g‘li Tirik deb aytadilar, Men asli Quddusdanman. Qiladigan ishim - olam mamlakatlari bo‘ylab kezaman, shu bois hamma mamlakatlar menga ham bo‘yiga, ham eniga tanish. Men otamga yuz burganman, u tirik. Otam meni hamma fanlarning kaliti bilan qurollantirib, qadamlarimni olamning turli burchaklariga olib bora- digan so‘qmoqlarga yo'naltirgan. Men sayohatlarim bilan olam ufqlarini birlashtirmagunimcha yurishda davom etaveraman”. Biz unga fanlar haqida savollar berib, fanlarda yashiringan sirlar ha- qida izoh va tushuntirishlar olishga harakat qilardik. Nihoyat, biz farosat faniga yetib keldik. Bu fan sohasida men unda zakovatni ko‘rdim, men nihoyatda hayratlandim. Biz bu fan haqida endi so‘rashga shaylanib tur- ganimizda, u fikrlarini ayta boshladi: «Farosat - shunday fanlardan bi- ridirki, undan keladigan foyda naqddir. Chunki bu fan inson tabiatining xususiyatlarini senga shunday yorqin qilib ko‘rsatadiki, bu xususiyat- lami har kim boshqalardan sir tutishga harakat qiladi. Shunga muvofiq ravishda sen insonlar bilan уо ochiq yoki pinhon munosabatda bo‘lasan. Farosat ilmi sendagi o‘chib ketay degan qirralami, deyarli yo‘qolib ke- tay degan, sal-palgina sezilib turadigan sifatlami yorqinlashtiradi. Agar senga farosatning tuzatadigan qo‘l tegsa, seni komillikka olib boradi, o‘zingni charxlashni boshlagin, yo‘ldan ozdiruvchi - seni sirpanchiq so‘qmoqqa olib chiqadi. Mana, sen o‘zingdan yuz o‘girib ketmaydigan- lar qurshovidasan. Axir, ular ahmoq hamrohlardir. Sen ulardan qutula olmaysan. Agar seni qandaydir saxiy homiy saqlamasa, ular seni vasva- saga soladilar. Sening oldingda turgan do‘sting yolg‘onchi va mahmadona. U fa- qat safsata sotadi, bo‘hton to‘qiydi. U seni hech qachon yo‘l asbob-an- jomlari bo‘lib xizmat qilmaydigan xabarlar bilan ta’minlaydi, haqiqiy voqea safsata oqibatida loyqalanadi, yolg‘on oqibatida haqiqat panada qoladi. Ammo har qanday holatda ham oldingdagisi senga ayg‘oqchi va nazoratchi bo‘lib xizmat qiladi: senga ko‘rinmaydigan, sen turgan joy- dan yo‘q qilingan narsalar haqidagi ma’lumotlar u orqali senga yetib keladi. Unda haqiqiyni nohaqiqiydan ajrataman, uydirmadan haqiqatni izlayman deysan, ammo senga hech narsa qolmaydi; bir to‘da xatolardan haqiqatni topaman, deysan, ammo baribir, buning evini qilolmaysan. Sening qo‘lingdan omad ushlab, sarsonlikdan olib chiqishi mumkin; saro- simalik seni joyingda qotib turishing uchun majbur qilishi mumkin; eh- timol, haqiqatga o‘xshab ko‘rinadigan qopqon seni uydirmaga qiziqtirib o‘ziga tortishi mumkin. Sening o‘ng tomoningda turgan do‘sting - battol: agar u g‘azabga minsa, uni o‘git-nasihatlar bilan bosa olmaysan, erkalash bilan shaxtidan tushira olmaysan. U quruq o‘tin ustidagi olov, tik jarlik qayrilishidagi suv oqimi, bolalaridan ayrilgan ona sher kabidir. Chap tomoningda tur- gan esa razil ochofat, shahvatparast ayg‘ir ot singaridir: uning qomini chang-to‘zon to'ldiradi; faqat tuproq uning nafsini qondiradi. U yalab ichadigan, chapillatib yalaydigan, jig‘ildoniga uradigan, makkor axta cho‘chqa; uni dorilab o‘ldirganlar va keyin go‘ngtepaga olib chiqib tash- laganlar. Ey baxti qaro, sen ularga tobesan, faqat o‘zing tug‘ilgan o‘lkadan bularga o‘xshaganlarning birontasi qadami yetmagan yerga qochib ketib- gina ulardan qutula olasan. Ammo sen qochib ketishing uchun hali vaqt- soati kelmadi, ulardan qutulishing uchun najot yo‘q. Qo‘llaring ulaming ustidan hukmronlik qilsin, hukmronliging ular ustidan tantana qilsin. Ularga jilovingni berib qo‘yishdan yoki jilovingni bo‘shashtirishdan saqlangin. Yaxshisi, o‘zingni yaxshi xo‘jayin qilib ko‘rsatib, ulardan ko‘ra qo'lingni uzun qilib yurgin. Sening hukming ulaming hukmidan ustun kelsin. Agar sen ularga qattiq tursang, ular seni emas, balki sen ulami itoat ettirasan. Ular seni emas, balki sen ulami bo‘ysundirasan. Bu oshnalarmgga nisbatan qo‘llanadigan ta’sirchan vositalar shun- dan iboratki, o‘sha mechkay esi pastni siltab tashlab, uning hirsini ti- yib qo‘yish uchun, tiyiqsiz bu bevosh vositasida uni yengish uchun, hlyog‘lama, xushomadgo‘y esi pastni tinchitasan, o'sha o‘jar odamni hushini joyiga keltirib qo'yasan. Ana shu yolg‘onchi mahmadonaga kel- sak, u Ollohdan ishonchli kafolatni senga namoyon qilmaguncha, unga moyil bo‘lishga urinma. Ollohdan kafolatni namoyon qilgandan keyin unga ishongin, u, garchi gapidan adashib ketsa ham, senga aytadigan xabarlariga quloq solishdan bo‘yin tovlamagin. Ana shunda tekshirishga loyiq boigan xabarlar orasidan asosli va ishonchlilarini nazardan chetda qoldirmaysan...”. Qissadan olingan mazkur parcha ibn Sinoning falsafiy qarashlari- ai ifoda etadi. Asardagi obrazlar majoziy ma’noga tayanadi. Jumladan, io ‘stlar - insonning ichki va tashqi sezgi a’zolari, о 'zlari yashayotgan mrt - insonning badani, ya’ni tiriklik payti, qariya - Aql, Quddus - >of aql olami, farosat ilmi - mantiq ilmi, ota - komillik ramzi, yo ‘Idan izdiruvchi - hissiyotga berilish, o‘ng tomoningda turgan dotting - j‘azablanish, chap tomoningda turgan do ‘sting- insondagi istakka beri- ish kayfiyati va h.. Bu majoziy ma’nolar ibn Sinoning falsafiy ilmlami chuqur egalla- ganini dalillash bilan birga, inson mantiq ilmini puxta egallashi lozim- ligini va buning natijasida hayotda hech qachon yo‘ldan adashmasligini uqtiradi. Aqlning kamoloti mantiq ilmiga bog‘liq. Zotan, ibn Sino “Hayy bin Yaqzon” qissasi so‘ngida chiqargan quyidagi xulosasi asarning aso- siy maqsadini ifoda etadi: “Seni uyg'otish maqsadida qilgan bu hikoyam meni unga (ya’ni aqlga - N.R.) yaqinlashtirmaganda edi, men bu hiko- ya bilan mashg‘ul bo'lmasdim, senga bu so‘zlami gapirib o‘tirmagan bo‘lardim. Istasang, menga ergash, seni unga olib borayin”. Shu o‘rinda mazkur asaming janr xususiyati haqida ham aytib o‘tish kerak bo‘ladi. Ibn Sino asarining so'ngidagi parchada “hikoya” so‘zini qo'llaydi. Ammo bu adabiy janmi emas, balki “bayon qilish” ma’nosini ifoda etadi. Ibn Sinoning hamma nasriy asarlariga (“Qush”, “Solomon va Ibsol”, “Yusuf’ qissalari) nisbatan “qissa” termini, she’riy asarlariga nisbatan “doston” termini to‘g‘ri keladi. “Hayy bin Yaqzon”ning jahonshumul ahamiyati. Ibn Sinoning “Hayy bin Yaqzon” asari keyingi asrlarda Sharq olamiga keng yoyildi. Jumladan, XI1 asrda yashagan arab olimi ibn Tufayl (1110 -1185)ning ilmiy va adabiy faoliyati bunga misoldir. Ibn Tufayl Almohidlar saroyi- da vazir, ayni paytda tabib lavozimlarida xizmat qilgan edi. Ibn Tufaylning qiziqish doirasida falsafa asosiy o‘rinni egallaydi. U insonning bilish faoliyati masalalariga e’tibor qaratdi. Sharq falsafasini, jumladan, ibn Sinoning falsafiy qarashlarini chuqur o‘rgandi, uning ilmiy va adabiy faoliyati bilan yaxshi tanishdi. Ibn Tufayl o‘zining “Hayy bin Yaqzon” qissasi bilan mashhur bo‘ldi. Ibn Tufayli shu asaming mu- qaddimasida ibn Sinoni alohida hurmat bilan tilga oladi va o‘z asarining quyidagicha nomlanganini bayon qiladi: “Faylasuflar rahnamosi, imom Abu Ali ibn Sinoning va komil faylasuf, bilimdon Abu Bakr ibn Tufaylning so‘zlari mohiyati mag'zidan olingan Sharq donishmandligining sirlariga oid “Hayy bin Yaqzon” risolasi”. Ibn Tufayl mazkur kitobida insonning tabiiy ravishda rivojlanishi va uning tafakkuri haqida hikoya qiladi. Asarda Sharqning buyuk mutasav- vuflari Abdulhamid G‘azzoliy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj, Ibn Rushd kabilaming asarlaridan iqtiboslar keltiradi, Haqqa yetishish va inson kamoloti to‘g‘risidagi qarashlarini ilgari suradi. Ibn Tufayl o‘z asari- da Ibsol va Solomon bilan bog‘liq voqealar haqida ham bayon qiladi va har ikkalasini oliyjanob fazilatlar, ezgu maqsadlar egasi qilib tasvirlaydi. Ammo bu asarda ibn Sinoniki singari Salomon va Ibsolning ertaknamo saarguzashtlari yo‘q, asosan har ikkalasining komillik sari intilishlari fal- safiy yo‘sinda bayon qilingan. “Qush” va “Salomon va Ibsol” qissalari. Har ikkala qissada ham, xuddi “Hayy bin Yaqzon” asaridagi singari, ibn Sinoning falsafiy qa- rashlari majoziy obrazlar orqali tasvirlanganini ko‘ramiz. Xususan, “Salomon va Ibsol” shakliy tomondan qahramonlik va axloqiy ta’limiy maz- mundagi qissa bo‘lib ko'rinadi, qissada o‘zbek xalq ertaklarining bayon usuli yetakchilik qiladi. Aslida esa ibn Sinoning bu qissani yaratishdan maqsadi tamomila boshqa: Salomon - bir inson, Ibsol esa insonning ruhiy-ma’rifiy jihatini ko‘rsatadigan timsol. Salomonning xotini - shah- voniy hirslar timsoli. Bu qissadagi majoziy ma’noni ibn Sino “Yusuf” qissasida davom ettiradi: Ya’qub - Salomon obrazini, Yusuf - Ibsol obrazini, Yusufning xo‘jayini xotini - Salomonning xotini obrazini takomillashtiradi. Har ik- kalasi ham sarguzasht qissa janrida yozilgan. “Solomon va Ibsol” qissasi takrorlanmas asar sifatida mashhurdir. “Yusuf” qissasi esa Musoning “Ibtido” kitobidagi va Qur’oni Karimdagi Yusuf qissalari bilan mazmunan birdir, ya’ni mavzu an’anaviydir. Ibn Sinoning qissasida bir o‘rinda takrorlanmas, awalgi qissalarda yo‘q lav- ha bor: Yusufni akalari quduqqa tashlaganlaridan keyin, Misrga ketayot- gan karvon odamlari suv olgani quduqqa chelak tashlaganlarida, chelak- dan suv o‘miga chiroyli bola chiqadi. “She’r san’ati” asari. Ibn Sinoning adabiyotshunoslik sohasidagi xizmatlari ham diqqatga sazovor. Olim she’riyat haqida umumiy tus- huncha berar ekan, she’r obrazli so‘zlardan tashkil topishi, she’rda vazn, ritm va qofiya haqida ma’lumot beradi. Xususan, she’r tuzilishida teng va vaznli gaplaming vazifasiga izoh berib, she’rdagi har bir gap ritmli qismlardan tuzilgan73, deb tushuntiradi. Ibn Sinoning she’rda qofiya haqidagi qarashlari Sharq mumtoz po- etikasidagi, jumladan, o‘zbek adabiyotshunosligidagi qofiya nazariya- siga mos keladi. Uningcha, har bir qofiyadosh so‘zlaming oxiri bir xil harf, ya’ni bir xil tovushlar bilan tugallanishi kerak. U qofiya elementlari haqida batafsil to‘xtalmaydi, chunki mantiqshunos she’rda diqqat qi- lishi kerak bo'lgan narsa qofiya, aruz yoki boshqa vositalar emas, bal- ki obrazlilikdir. Zotan; “obrazli qilib aytilgan so‘z kishi ruhini o‘ziga bo‘ysundiradigan bir holat kasb etadi”(Yuqoridagi asar, 89-b.). Har qan- day obrazlilik badiiylik va ijodiylik bilan uyg‘unlashgandagina, ijtimoiy burch maqsadlarini o‘zida tashiydi. She’ming bosh maqsadi ham shunda. Ibn Sino she’rdagi taajjub, sun’iylik kabi bir qator usullar she’ming shakliy tomonlari va mazmuni ifodasi uchun qo‘llanishini chuqur tah- lil qiladi, yunon she’r janrlari - tragediya, difiramba, komediya, yamb, drama, diaqrama, efiqiy-ritoriqiy, satira, fiyumuta (poema), efijonasuvus, akustika kabilami alohida-alohida tavsif qiladi, ulaming janriy tabiatini yaqqol ifodalab beradi. Masalan, u yambning xususiyatlari haqida so‘z yuritib: “jamiyatning har bir sohasida mashhur boigan voqealar, elga taniq bo‘lgan masalalar zikr qilinadi. Bu nav she’rlar o‘zida tortishuvli masalalarni ifodalaydi. Unda umsh, janjal, g‘azablanish, g‘ijinish kabi kayfiyatlar tasvirlanadi”, deya ta’rif beradi. Yoki bugungi adabiyotdan mustahkam o‘rin olgan dramani shunday ta’riflaydi: “She’r navlaridan yana biri drama deb ataladi. Bu nav ham xuddi yambning o‘zi. Faqat shunisi borki, bu nav - janr vositasida el aro tanilgan bir shaxs yoki ma’lum kishilar haqida hikoya qiladi”. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ibn Sinoning nazaridagi drama bugungi adabiyotdagi badiha janriga to‘g‘ri keladi. Yana bir diqqatni jalb qiladigan tomoni shuki, ibn Sino dramani adabiy turga emas, balki janrga taaaluqli deb biladi. Umuman, ibn Sino she’riy janrlaming alohida, o‘ziga xos xususi- yatlarini aniqlaganda, janrlaming shakliy tomoniga emas, faqat mazmun tomoniga e’tibor qaratadi. Ibn Sino tibbiyotga oid asarlarini doston janrida yozdi. Bular quyi- dagilardir: “Sog‘liqni saqlash - gigienaga oid urjuza”. “To‘rt fasl haqida urjuza”. “Anatomiyaga oid urjuza”. “Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza”. “Tajribadan o‘tgan tibbiy narsalar haqida urjuza”. “Tibbiy nasihatlar yozilgan urjuza”. “Mantiqqa oid urjuza”. “Aloqa haqida urjuza”. “Tabobat haqida urjuza” (Yuqoridagi asar, 11-b.). Ibn Sino bu asarlarini aruzning rajaz bahrida yozgan. Shuning uchun ham uning she’riy yo‘l bilan yozgan ilmiy asarlari urjuza deb atalgan. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling