O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


RudakiyningOTta Osiyo adabiy muhitidagi o‘ rni


Download 2.59 Mb.
bet42/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

RudakiyningOTta Osiyo adabiy muhitidagi o‘ rni (to‘ liq ismi Abu Abdulloh Ja’far Ibn Muhammad) - fors-tojik she’riyatming,umuman, fors-tojik adabiyotining asoschisidir. U fors she’riyatining she’riy shakl- larini, janrlarini, she’r o‘lchovlarini yaratdi. 858-860-yiliar oralig'ida Panjrud qishlog'ida tug‘ildi. Yoshligidanoq she’riy iste’dodi, rud nomli musiqa asbobini mahorat bilan chalish, qo'shiq aytish orqali dong tarat- di. Uni Somoniylar hukmdorlari saroyga taklif qildilar. Shoiming qirq yil umri saroyda o‘tdi va katta hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ldi. Uning ham shoirlik, ham xonanda va cholg‘uchi sifatida iqtidori “Xuroson bul- buli” deb nom taratishiga sabab bo‘ldi.
Rudakiyning tug'ma ko'zi ojiz ekani to‘g‘risida bahslar bor. Rivo- yatlarga ko‘ra, Rudakiy ismoiliylar (ya’ni fotimiylar) mazhabiga mansub edi. Ayrim o‘rinlarda Rudakiy fotimiylar (bu xalifalik 909-1171-yillarda hukmronlik qilgan bo‘lib, Muhammad a.s.ning qizi Fotimaning ismidan olingan) tarafdori bo'lgan deb aytiladi. Fotimiylar ham aslida Ismoiliylar mazhabiga e’tiqod qilganlar, ulaming qarashlari, diniy-fasafiy aqidalari deyarli bir bo'lgan. Shu bois Rudakiy bir she’rida fotimiylar (ya’ni is­moiliylar) bilan hammaslak ekanini, ulami qo'llab-quwatlagani haqida aytar ekan, xalqni ham Fotimiylar aqidalariga qo'shilishga da’vat qiladi: Faqat Fotimiylaming bo'l tarafdori,
Chunki agar qo‘zg‘alsa sichqon chiyillab,
Ilon qo'rqar, mushukning tugar madori
(M.Muinzoda tarjimasi)
Bu paytda Rudakiy Amir Nasr saroyida malik ush-shuaro bo'lib xiz- mat qilardi. 940-yili ismoiliylarga qarshi qo'zg'olon bo'ldi. Rudakiyga hasad qilib yurgan vaziming qutqusi bilan Amir Nasr shoiming ko'zini o'yib olishga va mol-mulkini musodara qilishga buyruq berdi. Shu voqe- adan keyin Rudakiy tug'ilgan qishlog‘iga qaytib keldi va 941-yili vafot etdi.
Shu o'rinda Ismoiliylar mazhabi haqida qisqacha ma’lumot berishni o'rinli deb bilamiz.
Ismoiliylar mazhabi 765-yili shiachilik mazhabida bo'linish na- tijasida yuz berdi. 760-yili shiachilikda oltinchi imom Jafar as-Sodiq to'ng'ich o'g'li Ismoilni imomatning qonuniy merosxo'rligidan mahrum qildi va kichik o'g'lini valiahd deb e’lon qildi. Buning sababi shu edi- ki, Ismoil sunniylarga ashaddiy dushmanlik kayfiyatida edi. Ismoilning hokimiyat tepasiga kelishidan aholining o'rta va quyi qatlami shialar ja- moatining ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zgarish bo‘lishiga umid qilardi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ismoil vafot etdi. Ismoil vafot etgan bo‘lsa ham, uning tarafdorlari harakati yoyilib boraverdi. Avvaliga u, Ismoil o‘ldirilmagan, balki dushmanlardan yashirinib yuribdi, ya’ni 01- lohning xohishi bilan “g‘oyib” bo‘ldi, deb gap tarqatdilar. Ma’lum vaqt o‘tgach, Ismoilni yettinchi, “yashiringan imom”, u kerak paytda payt- da Yog‘ surtilgan-mahdi sifatida paydo bo‘ladi, shuning uchun yangi imomlaming kelishiga hojat yo‘q, deb e’lon qildilar. Ismoiliylar asta- sekin kuchayib, X asrda Shimoliy Afrikada Fotimiylar xalifaligiga asos soldilar. Aynan Fotimiylar xalifaligi davrida Ismoiliylar Yaqin va 0‘rta Sharqda keng tarqaldilar. Fotimiylar xalifaligining markazi Qohira bo ‘ lib qoldi. Musulmon olamining boshqa o‘lkalarida, shuningdek, ortodoksal shialar yashaydigan o‘lkalarda ham Ismoiliylami ashaddiy mazhab deb hisobladilar va ulami shafqatsiz ta’qib qildilar.
Ismoiliylaming falsafiy-diniy aqidalaridan biri shu ediki, Olloh vaqti-vaqti bilan yer yuziga yuborilgan payg‘ambarlar Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad a.s.laming tanalariga o‘zining ilo- hiy mohiyatini joylashtirgan. Ismoiliylar ulami “notiqlar”, ya’ni voizlar deb atagan edilar. Har bir yuborilgan payg'ambar voizlarga hamroh qi- lib “somitlar”, ya’ni sukut saqlovchilami ham yuboradi. Somitlar hech qachon o'zlaridan gapirmaydilar, balki payg'ambar voizning va’zlarini talqin qiladilar. Muso davrida Horan, Iso davrida Butrus, Muhammad a.s. davrida Ali bin Abu Tolib somit edilar. Olloh har bir payg'ambar voizni yuborganda, ular odamlar oldida fazoviy idrokni va ilohiy haqi- qatni ochib berardilar. Ismoiliylaming yana bir aqidasiga ko‘ra, olamga yettita payg'ambar voiz kelishi kerak. Ulaming biridan keyin ikkinchisi paydo bo'lishi oralig‘ida olamni yetti imom izchil ravishda boshqaradi- lar, Olloh ular orqali payg'ambarlaming ta’limotini talqin qilib beradilar. Oxirgi - yettinchi payg‘ambar voiz Ismoil o‘g‘li Muhammad qaytib kel- ganda, u so'nggi ilohiy timsolni o'zida zohir etadi. Shundan keyin olam- da ilohiy idrok hukmron bo'ladi. Ilohiy idrok e’tiqodli musulmonlarga adolatni va rohat-farog‘atni olib keladi.
Rudakiyning hayoti va ijodi haqida ishonchli ma’lumotlar as- Somoniyning “Kitob ul-ansob” (Nasabnoma kitobi), Muhammad Av- fiyning “Lubob ul-albob” (Mag'izlaming mag'izi, 1222-yil) va Davlat- shoh Samarqandiyning “Tazkiratush-shuaro” tazkiralarida bor. Hamma tazkiralarda Rudakiy haqidagi ma’lumotlar bir-birini to‘ldiradi: arab va Ajamda unga teng keladigan shoir yo‘qligi, xalq uni doimo tantana bi­lan kutib olgani, Amir Nasr davrida benihoya boyigani, uning she’rlari yuz jilddan (daftardan) iborat bo‘lgani haqida mazkur tazkiranavislar yozib qoldirganlar. Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, “ustod Rudakiy advor (musiqa sohasining bir turi - N.R.) va musiqiy fani- da tamom quwatga ega edi... uning ilmlar va ko‘p fanlardan voqifli- gi bordir. She’riyat turlaridan qasida va masnaviyni (ham) yaxshi ay- tar erdi. Ustod Rudakiy xosu avom oidida baland martabaga erishgan”. 0‘rta asr adabiyotida Firdavsiy va Hofiz ijodida, bayozlarda, lug‘atlarda Rudakiy nomi tez-tez eslanadi.
Rudakiyning ijodiy merosi 130 ming baytdan iborat. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, bir million uch yuz ming baytdan ham ko‘p ekan.
Jumladan, XI asrda yashagan shoir Rashidiy Samarqandiy Ruda­kiyning adabiy merosi haqida quyidagicha ma’lumot beradi:
Jahon she’riyatiga boshliq kerak bo‘lsa gar, Shoirlarga bosh bo‘lmoq Rudakiyga yarashar. She’rini sanab chiqdim o‘n uch martaba yuz ming, Yaxshiroq sanaganda, ehtimol, ko‘proq chiqar.
(M.Muinzoda tarjimasi)
Bizgacha uning ming baytdan ortiqroq ijodiy merosi yetib kelgan. Bu meros turli lug‘atlardan, bayozlardan va tazkiralardan yig‘ib jamlan- gan.
Rudakiy fors-tojik adabiyotida birinchi bo‘lib devon qoldirgan sho- irdir. Uning devoni qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy va boshqa janrlardan iborat bo'lgan. Rudakiyning bizgacha yetib kelgan adabiy merosi ora- sida “May onasi” ( 933-yil). “Qarilikdan shikoyat” avtobiografik qasida- si va 40 ta ruboiysi to‘liq saqlangan. Qolgan ijodiy merosi - madhiya, ishqiy, falsafiy didaktik mazmundagi asarlar parchalaridan iborat. Ruda­kiy hind xalqining mashhur dostoni “Kalila va Dimna”ning arab tilidagi nasriy nusxasidan fors- tojik tiliga masnaviyda tarjima qilgan (932-yili).
Shoiming bizga yetib kelgan she’rlaridan ma’lum boiladiki, u ha- yotdan zavq olishni, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo^ishni kuy- laydi, yaratilgan jamiki narsalar, jumladan, tabiatning go‘zalligi ham, insoniyat uchun ekanini alohida ta’kidlaydi. Shoir qo‘llagan tashbehlar, tasvir usuli takrorlanmasdir. Bu vositalar faqat tabiat manzarasi ifodasi bo‘lib qolmay, balki inson qalbi, ruhiy kechinmalarining ifodasi hamdir: Bahor oyi yetib kelib qish oyini etdi yag‘mo,
Fazo yuzini qopladi chang, qonga to‘ldi dashtu sahro. Ilk bahoming ko‘z yoshidan shoxlar oldi yuziga rang, Hamal oyin xush hididan bo‘ldi tuproq anbaroso.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling